5.3-jadval OSI pog‘onalari va ulardagi protokollar
OSI pog‘onalari
|
Protokollar
|
Amaliy
|
HTTP, SMTP, POP3, IMAP4, Telnet, FTP, NTP, SSL, DNS, DHCP
|
Taqdimot
|
Seans
|
|
|
transport
|
TCP, UDP
|
|
Tarmoq
|
IP, ICMP, IGMP, IPX
|
|
Kanal
|
PPP, PPPoE
|
Ethernet,
Bluetooth,
Max
|
Wi-Fi, Wi-
|
Fizik
|
100BASE-T, DSL
|
5.3. TCP/IP modeli
Hozirda kompyuter tarmoqlarini tashkil etishda amalda asosan TCP/IP modeli keng qo‘llaniladi. Ushbu model 4 pog‘onadan iborat:
amaliy pog‘ona (yoki dasturlar pog‘onasi);
transport pog‘onasi;
tarmoq pog‘onasi;
kanal (yoki tarmoq interfeysi) pog‘onasi;
5.3-rasmda TCP/IP modeli va OSI modeli orasidagi bog‘liqlik keltirilgan.
TCP/IP modeli Protokllar va xizmatlar OSI modeli
Amaliy
|
HTTP, FTP,
Telnet, NTP,
DHCP, PING
|
Amaliy
|
Taqdimot
|
Seans
|
Transport
|
TCP, UDP
|
Transport
|
Tarmoq
|
IP, ARP, ICMP, IGMP
|
Tarmoq
|
Kanal
|
Ethernet
|
Kanal
|
Fizik
|
5.3-rasm. TCP/IP modeli va OSI modeli o‘rtasidagi bog‘liqlik
IP (Internet Protocol) – tarmoq bosqich protokoli, turli tarmoqdan iborat bo‘lgan tarmoqlarda axborotlarni yetkazish uchun transport protokollarining biridan foydalanadi, masalan, TCP yoki UDP.
TCP/IP stekning quyi bosqichi axborot uzatishning standart protokollaridan foydalangani uchun uni har qanday tarmoq texnologiyasi qullanganda va har qanday operatsion tizimli komp’yuterlarda ishlatish mumkin bo‘ladi. Azaldan TCP/IP protokoli global tarmoqlarda foydalanish uchun loyihalashtirilgan, aynan shuning uchun u maksimal ravishda moslashuvchandir. Xususan paketlarni qism-
larga ajratish imkoni bo‘lgani uchun ham aloqa kanalining sifati e’tiborga olinmasa ham, axborot albatta o‘z manziliga yetkaziladi. IP – protokolining mavjudligi uchun ham turli segmentli tarmoqlar o‘rtasida ham axborot uzatish mumkin bo‘ladi.TCP/IP – protokolining kamchiligi shundan iboratki, tarmoqda ma’murlashtirish murakkablashadi.
Bundan tashqari bizda port tushunchasi mavjud bo'lib, Port bu – mantiqiy bog'lanish tuguni hisoblanib, bu portlar yordamida mantiqiy kerakli protokolga bog'lanish hosil qilinadi. Ixtiyoriy so'rov biron manzildagi aynan kerakli portga murojaat qilinadi va javob qaytarishda esa so'rov kelgan portga qayta jo'natiladi. TCP/IP da har bir protokol uchun port mavjud. Ularning umumiy soni 65535 ta. Portlar quyidagicha bo'ladi:
IPX/SPS
IPX/SPS (Internetwork Packet Exchange/Seguenced Packet Exchange) protokollar steki Novell kompaniyasining loyihasi va mulkidir. U Novell Net Ware operatsion tizimi uchun mo‘ljallab yaratilgan, u tizim yaqin kungacha server operatsion tizimlari o‘rtasida etakchi o‘rinlardan birida edi.IPX/SPS protokollari ISO/OSI modelining tarmoq va transport bosqichlarida ishlaydilar, shuning uchun a’lo darajada bir-birini kamchiligini to‘ldiradi. Afsuski IPX/SPS protokoli steklari azaldan uncha kata bo‘lmagan tarmoqlarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan, shu tufayli uni katta tarmoqlarda ishlatish kam samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |