TARMOQ KOMPONENTALARI
1. Qurilma:
a) Oxirgi qurilmalar (kompyuter, telefon, printer, faks va h.k);
b) Oraliq qurilmalari (router, switch, hub va h.k);
2. Vosita (ulanish usuli):
a) mis (med) kabel:
1) simmetrik - parali kabellar;
2) koaksial;
b) Optik kabel:
1)bir modali – magistralda ishlatiladi;
2)ko'p modali – lokal tarmoqda ishlatiladi;
c) Simsiz aloqa (wi-fi, bluetooth va h.k);
3. Xizmat - Tarmoq taqdim etadigan xizmatlar (audio/video qo'ng'iroq, ma'lumot uzatish va h.k)
TARMOQ TURLARI
PAN (Personal Area Network) – ko'pi bilan 8ta qatnashchilar mavjud bo'lishi mumkin va radius qamrovi 30 metrgacha.
LAN (Local Area Network) – 10 tadan 100 gacha foydalanuvchilar mavjud bo'lishi mumkin va radius qamrovi 100 metrgacha.
CAN (Campus Area Network) – o'ziga bir necha LAN tarmoqlarini birlashtiradi. Katta va ko'p segmentli LAN hosil qilinadi.
MAN (Metropolitan Area Network) – shahar qamrovidagi tarmoq. 1000 metr masofani o'zida qamrab oladi va o'zida 1000 ta foydalanuvchilarni o'ziga birlashtiradi.
WAN (Wide Area Network) – global kompyuter tarmog'i hisoblanadi. Million abonentlarni o'zida birlashtiradi (Internet).
V BOB. ISO/OSI modeli
Ochiq tizim – bu ochiq spetsifikatsiyalarga muvofiq ravishda yaratilgan har qanday tizim (kompyuter, kompyuter tarmog‘i, OT, dasturiy taʼminot, apparat va dasturiy mahsulotlar).
Ochiq spetsifikatsiya – bu apparat yoki dasturiy taʼminot tarkibiy qismlarining rasmiylashtirilgan tavsifi, ularning ishlashi, boshqa tarkibiy qismlar bilan o‘zaro aloqasi, ekspluatatsiya shartlari, cheklovlari va maxsus xususiyatlari.
5.1. ISO/OSI modeli standarti
Kompyuter tarmoqlarini qurishda asosiy vazifalardan biri – bu qurilmalarni elektrik va mexanik xarakteristikalari mosligini, kodlashtirish tizimlari va maʼlumotlar formatlari mosligini taʼminlash. Bu masalani yеchish standartlashtirish sohasiga tegishli. Kompyuter tarmoqlarida asosiy metodik standartlash – tarmoqlararo vositalarni ishlab chiqarishda ko‘p pog‘onali usulda yondashish. Bunday yondashuvlar va Xalqaro standartlashtirish instituti ISO (International
Standarts Organization) -ning texnik takliflari asosida 1980-yillarning boshida “Ochiq tizimlarning o‘zaro aloqasi” (OSI , Open Systems Interconnection) ishlab chiqildi. ISO/OSI modeli kompyuter tarmoqlari rivojida asosiy rol o‘ynadi.
OSI modeli tarmoq uzellarining o‘zaro aloqasi sxemasini tavsiflaydi, vazifalar ro‘yxatini va maʼlumotlarni uzatish qoidalarini belgilaydi.
ISO/OSI modeli tizimlar o‘zaro aloqasining 7 pog‘onasini aniqlaydi va har bir pog‘ona qaysi funksiyani amalga oshirishi kerakligini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |