Aholini ijtimoiy himoya qilish – bu davlatning bevosita aniq maqsadli, aholining normal yashash sharoitlarini ta'minlovchi kafolatlar tizimidir. Aholini ijtimoiy himoya qilish keksalikni, mehnatga layoqatliligini yoki boquvchisini yo’qotishni sug’urtalash moddiy ta’minlanganligi va xizmatlarini hisobga olgan holda aholining ayrim toifalari uchun imtiyoz va qulayliklar tizimi orqali ta'minlanadi.
Davlat qonunlar va qonunosti hujjatlar tizimi orqali aholini ijtimoiy himoya qilish darajasini tartibga soladi, eng kam yashash minimumini aniqlaydi va undan kelib chiqqan holda, eng kam oylik ish haqi, ijtimoiy to’lovlar, sug'urta mukofotlari va ijtimoiy yordam turlarini belgilaydi, ijtimoiy himoya qilishda ishtirok etuvchi xizmat larning faoliyatini muvofiqlashtiradi. Shu bilan birga, aholini ijtimoiy himoya qilish darajasini tartibga solish bo'yicha davlatning eng samarali roli aholini kasbiy tayyorgarlikka, qayta tayyorlash va malaka darajasini oshirishga ko’maklashish uchun aholiga, shu jumladan nogironligi bo’lgan shaxslarga qo'shimcha ish o’rinlari yaratishni rag’batlantirishdan iborat.
Aholini ijtimoiy ximoya qilish zarurligi shunda korinadiki davlat bu bilan axolini band emas qatlamini ish bilan taminlaydi. Bundan tashqari axolini turmush darajasini yaxshilashga va axoli ortasidagi tabaqalanishni yumshatishga xizmat qilganligi uchun ham davlat tomonidan korsatilagidan ijtimoiy ximoya davlatimiz uchun zarur yonalishlardan biri hisoblanadi.
Axolini ijtimoiy qollab quvvatlashning bir necha usullari bor bular:
- pensiyalar;
- ijtimoiy nafaqalar;
- imtiyozlar, afzalliklar va xizmatlar;
- bir martalik moliyaviy yordamlar;
Ijtimoiy himoyaning asosiy tamoyili – har bir shaxs yoki oilaga faqat ularning daromadlari, turmush darajasi, jamoaviy foydali mehnat davomiyligi va sifatini baholashdan kelib chiqqan holda yordam berishdan iborat. Tizim kam ta’minlangan oilalarga yordam berish va qo'llab-quvvatlash, shu bilan bir vaqtda fuqarolarning keksalik va mehnatga layoqatlilik qobiliyatini yo’qotganda o’zining ijtimoiy himoyasini ta'minlashga bo'lgan intilishlarini rag'batlantirishi zarur. O'zbekistonda ijtimoiy himoyaga olinganlar asosan mehnatga layoqatsiz fuqarolar, ya’ni ikki asosiy guruh: jamoaviy foydali mehnatga layoqatlilik qobiliyatini yo'qotganlar va mehnatga layoqatli yoshga etmaganlardan iborat. Shundan kelib chiqadigan ikkita asosiy ijtimoiy yordam turi mavjud: - pensiyalar shaklida yordam ko'rsatish; - ijtimoiy nafaqalar shaklida yordam.
Pensiya ta’minoti bu keksalar, nogironligi bo’lgan shaxslar yoki boquvchisini yo’qotgan oilalarni ijtimoiy himoyalash tizimining asosiy elementidir. U bir nechta funktsiyalarni bajaradi, shundan eng muhimi, mehnat qobiliyatini yuqotganlik bo’yicha kompensatsiyadir.
Pensiya oluvchilar – bu pensiya yoshiga yetgan yoki nogironlik sababli mehnatga layoqatini yo'qotgan shaxslar, shuningdek, boquvchisini yo’qotgan oilalar farzandlari
Fuqarolarning keksayganda, mehnat qobiliyatini to‘la yoki qisman yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganda ijtimoiy ta’minlanish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasining «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinib, unda davlat pensiyalarining yagona tizimi, ularni tayinlash, hisoblab chiqish, qayta hisoblash va to‘lash tartibi belgilandi.
Qonunga muvofiq pensiyalar 3 turga bo‘linadi:
1) qarilik pensiyasi;
2) nogironlik pensiyasi;
3) boquvchisini yo‘qotganlik pepsiyasi.
Qonun pensiya ta’minoti uchun ikkita asosiy talabni belgilaydi: 1) pensiya ta’minoti uchun huquq beruvchi shartlarning mavjudligi (pensiya yoshiga etish, nogiron bo‘lib qolish, boquvchisini yo‘qotish); 2) keltirilgan shartlarga muvofiq talab etiladigan ish stajining mavjudligi. Ushbu talablardan birortasi bo‘lmagan taqdirda pensiya ta’minoti huquqi yo‘qotiladi.
Kam ta'minlangan oilalar farzandlari – bu jami daromadlari har bir oila a’zosiga taqsimlanganda rasmiy belgilangan eng kam miqdorga etmaydigan oilalardagi mehnatga layoqatli yoshga yetmagan bolalardir. Ushbu turdagi shaxslarning ijtimoiy himoyasi bolalarga beriladigan nafaqalar tizimi orqali amalga oshiriladi
Aholini ijtimoiy himoyalashni bir vaqtning o‘zida amal qiladigan va bir-birini to‘ldiruvchi quyidagi to‘rtta tizimga ajratish mumkin: davlat ijtimoiy ta’minoti, davlat ijtimoiy sug‘urtasi, jamoa ijtimoiy sug‘urtasi va shaxsiy sug‘urta.
Davlat ijtimoiy ta’minoti aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga pulli nafaqalar vositasida ko‘rsatiladigan yordamdir. Soliqlar va boshqa byudjet tushumlari hisobiga moliyalanadigan bu yordam ularga belgilangan minimal turmush darajasini kafolatlaydi.
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi zarur turmush darajasini kafolatlaydi. U majburiy bo‘lib, ish beruvchilar va mehnatkashlarning sug‘urta badallari, davlat tomonidan ajratiladigan dotatsiyalar hisobiga moliyalanadi.
Jamoa sug‘urtasi etarli turmush darajasini kafolatlaydi. U majburiy yoki ixtiyoriy ravishda amalga oshirilishi mumkin. Bunda ish beruvchilar va yollanganning sug‘urta badallari to‘lov manbalari bo‘lib xizmat qiladi.
Shaxsiy sug‘urta farovonlikning yuqori darajasini kafolatlaydi, u ixtiyoriy ravishda, fuqarolarning sug‘urta badallari hisobiga amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |