Bog'liq Axmedova Saodat monopoliya Yakuniy nazorat ishi
v) savdolar, iqtisodiy konsentratsiya va davlat ko‘magini monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasida; tanlov (tender) va birja savdolarini o‘tkazishda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;
shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qo‘shib olinishi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oldindan rozilik berish orqali bozor konsentratsiyasi ustidan nazoratni amalga oshirish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish borasida davlat ko‘magi ko‘rsatilishi masalalarini ko‘rib chiqadi;
tovar-xomashyo birjalarini litsenziyalaydi hamda ular tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
tovar-xomashyo birjalarining litsenziyalari reyestrini yuritadi;
maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda tovar-xomashyo birjalari a’zolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda monitoring olib boradi va ushbu qoidalarga tovar-xomashyo birjalari tomonidan rioya etilishini nazorat qiladi;
o‘z vakolatlari doirasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;
g) bozor ishtirokchilariga yuqori likvidli, shu jumladan tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlardan (ishlar, xizmatlardan) foydalanishda teng shart-sharoitlarni ta’minlash sohasida: yuqori likvidli monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish to‘g‘risida belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi;
yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar birja savdolariga qo‘yilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;
tabiiy monopoliya subyektlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtiradi;
tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilinishi tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi va majburiy tarzda xizmat ko‘rsatiladigan iste’molchilar ro‘yxatini belgilash bo‘yicha takliflar kiritadi;
raqobatga qarshi harakatlarni va tartibga solinadigan narxlarning (tariflarning), shuningdek, Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar davlat reyestriga kiritilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (ko‘rsatiladigan) tovarlarga (xizmatlarga) monopol yuqori va monopol past narxlarning asossiz o‘sishini aniqlaydi va ularga chek qo‘yadi;
tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) tartibga solinadigan narxlari (tariflari) va ustama narxlariga rioya etilishini tahlil va nazorat qiladi;
d) qonun hujjatlarining raqobatga ta’sirini baholash, davlat organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yo‘l qo‘ymaslik sohasida: davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan kiritiladigan va qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, boshqa hujjatlarni ularning raqobat muhitiga ta’siri yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish hamda ularni qabul qilish maqsadga muvofiq emasligi bo‘yicha takliflar kiritadi;
raqobat muhitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan qonun hujjatlari va davlat organlari qarorlarini bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritadi.