Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 1,43 Mb.
bet93/235
Sana16.01.2022
Hajmi1,43 Mb.
#373308
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   235
Bog'liq
Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar.org

Lyan Sichao (1873-1929) dunyoqarashi: «Eskini, an'anani yangilash va uni butunlay yangi unsurlar bilan to‘ldirish»236 edi. uning fikricha, Xitoy uchun ikki yo‘l mavjud: birinchisi – xitoyliklarning o‘zlarini tashabbusi bilan bo‘ladigan islohotlar, ikkinchisi - chet ellilar tashabbusi bilan bo‘ladigan islohotlardir. Bunda uning nazaricha, ularning vatanlari mustamlakaga aylanadi. Faylasuf «Xitoy maorifi usullarini saqlab qolgan holda yevropacha qoidalarga asoslangan» maktablarni tashkil qilish taklifi bilan chiqdi. Uning fikriga ko‘ra, har bir kishining siyosiy huquqlarining holati xalqning o‘qimishliligi darajasiga bog‘liq. Agar o‘tmishda bilimlarni zo‘rlik bilan egallab olish (uzurpatsiya) xalq huquqlarini kamsitilishiga olib kelgan bo‘lsa, bilimlarni yoyish va kengaytirish endilikda uning siyosiy huquqlarini kengaytirishga olib keladi. Xitoyning qoloqligi sababini mutafakkir jamiyatni eskilikka yopishib olishida, boshqaruvning mutlaqligida, insonda «o‘z-o‘zidan rozilik», «zaiflik», «taqdirga tan berish» ruhini keltirib chiqargan eski falsafa va axloqda ko‘rdi. Uning fikricha, «konfutsiychilikning mafkuradagi zo‘ravonligi xitoy ilmi va fani uchun baxtsizlikdir». Biroq keyinchalik u o‘z nuqtai nazarini o‘zgartirib, shunday yozadi: «Bizning mamlakatimiz o‘z butunligini saqlab, ikki ming yillik davomida o‘z mavjudligini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Buning uchun biz jamiyatimizning ko‘zga ko‘rinmas asosi bo‘lib xizmat qilgan konfutsiychilik ta'limotiga burchlimiz. Shuning uchun ham konfutsiychilikdan kelajakda ham ijtimoiy tarbiyaning mag‘zi sifatida foydalanish zarur»237.

Lyan Sichao Xitoyda inqilob yuz berishiga qarshi chiqdi, chunki, uning aqidasicha, u buzg‘unlik va ishsizlikni chuqurlashtiradi. «Oshqovoqni urug‘idan faqat oshqovoq, lo‘ya urug‘idan-faqat lo‘yalar o‘sib chiqqanidek, inqilob ham faqat yangi inqilobni vujudga keltirishi mumkin, ammo hyech qanday siyosiy o‘zgarishlarga olib kelmaydi». 1902 yilda u Xitoyda xitoyliklarda «jamoaviy» his-tuyg‘uni yoki «jipslashish»ni tarbiyalash vositasida «Yangi xalq»ni vujudga keltirishga chaqirdi. U, Kann Yuvey kabi orzudagi butun jahon «Buyuk birligi» jamiyati tuzishni targ‘ib qildiki, unda xususiy mulkchilik yo‘q bo‘lib, kishilar bir-birlariga nisbatan birodarlik munosabatida bo‘ladilar. Konfutsiychilikdagi «insonparvarlik» («jen») uning tomonidan umumiy «tenglik va birodarlik» sifatida qabul qilindi, Buyuk Birlashish esa, yevropacha sotsializm g‘oyalari bilan tenglashtirildi.



Yan Fu (1853-1921) qishloq shifokori oilasida dunyoga keldi. 1876 yili uni Angliyadagi harbiy-dengiz institutiga o‘qishga yubordilar. Ammo uni dengiz ofitseri bo‘lish martabasi kiziqtirmas edi. Angliya va Fransiyada u qunt bilan Smit, Rikkardo, Monteske, Russo, Kant, Bekon, Lokk, Gobbs asarlarini o‘rgandi, Kopernik, Nyuton, Darvin asarlari bilan tanishib chiqdi. Yan Fu xitoy tiliga T.Geksli, D.Mill, G.Spenser, A.Smit va boshqalarning asarlarini tarjima qildi. Ammo birinchi jahon urushidan keyin G‘arb ijtimoiy fikridagi qadriyatlar haqidagi o‘z fikrini o‘zgartirdi: «G‘arb madaniyati ushbu yevropa urushidan so‘ng butunlash buzildi. Ilgarilari, men bizning eski maktabga mansub olimlarimizning shunday kun keladiki, o‘shanda Konfutsiy ta'limotini butun bashariyat o‘qib o‘rganadi, deganlarini eshitganimda, men ularni be'mani gap, deb o‘ylagan edim. Ammo, hozirgi vaqtda men shuni tushuna boshladimki, yevropa va Amerikadagi ma'rifatli odamlarning ko‘pchiligi asta-sekin shunday fikrga kelayotganga o‘xshaydi… Mening fikrimcha, G‘arb xalqlari o‘zlarining uch yuz yillik taraqqiyotlari davomida to‘rt asosiy qoidaga erishdilar: xudbin bulishlikka; boshqalarni o‘ldirishga; kam miqdorda to‘g‘ri bo‘lishlikka, uyatni kamroq his qilishga. Konfutsiy va Men-szыning asosiy qoidalari ulardan qanday darajada farqli bo‘lsalar, Osmon va yer ham xuddi shunday keng va chuqurdirlarki, ular barchaga va hamma yerda ezgulik qilish uchun tarkib topgandirlar»238. Yan Fu fikricha, davlatning qudrati yoki zaifligi xalqning jismoniy, aqliy va axloqiy rivoji bilan belgilanadi. Shu munosabat bilan Yan Fu Xitoy jamiyatini rivojlantirish uchun ushbu uch omilni yaxshilash tadbirlarini tavsiya etadi. «Jismoniy rivojlanish»ni yaxshilash uchun taryoopiy (qora dori) chekishni, hamda oyoqni bint bilan bog‘lashni ham eski jamiyatning «sarqiti» sifatida man etish lozim. «Aqliy rivojlanish» uchun davlat imtihonlarini eski tizimini bekor qilib, o‘quv muassasalariga «G‘arb fanlari»ni kiritish lozim. «Axloqiy yangilanish» borasida olim fikricha, har bir xitoylikda vatanga nisbatan muhabbat his-tuyg‘ularini uyg‘otish muhimdir. Bu xulqni mustaqillikka erishish va Xitoyning farovonligi uchun bo‘layotgan barcha umumiy intilishlarini birlashtirishga olib keladi. Fuqarolarning ozodligi va ularning qonun oldidagi tengligini ta'minlashning asosi sifatida parlamentarizmni targ‘ib qilib, Yan Fu Men-szыning quyidagi ta'kidiga tayangan holda saltanatni rad etadi: «eng qimmatli narsa-xalqdir, ikkinchi o‘rinda-davlat turadi, hukmdor esa – oxirgi o‘rinda turadi».


Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish