Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 1,43 Mb.
bet44/235
Sana16.01.2022
Hajmi1,43 Mb.
#373308
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   235
Bog'liq
Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar.org

«Keyingi kalom» deb nom olgan «kalom» taraqqiyotidagi yangi bosqich Baydaviy (1390 yil vafot etgan), Isfahoniy (1348 yil vafot etgan), Ijiy (1355 yil vafot etgan), Taftazoniy (1390 yil vafot etgan) va Jurjoniy (1413 yil vafot etgan)larning asarlarida bayon qilingan.

Ashariylik asosan o‘z tarafdorlarini Iroq, Suriya va Misrda topdi. Mavoraunnahrda X asrdan keyin, Samarqand yaqinidagi Moturid qishlog‘ida tavallud topib, Mutakallim as-Samarqandiy nomi bilan mashhur bo‘lgan Abu Mansur al-Moturidiy (944 yil vafot etgan)ning izdoshlari bo‘lgan moturidiya oqimining juda ko‘p maktablari mavjud edi. Moturidiy o‘zining kalom tizimini Ashariydan mustaqil ravishda ishlab chiqqan edi. Umuman, ularning qarashlari va tizimlari bir-biriga o‘xshaydi.

Mutakallimlar o‘rta asrlar falsafasiga xos bo‘lgan bir qator asosiy muammolarni, jumladan, din bilan aqlning aloqalari masalasini hal etishda o‘z hissalarini qo‘shdilar. Bu muammolarga xudo va dunyo, tabiatdagi jismlarning tuzilishi, «bo‘linmas» zarrachalar (cheksiz kichik), kontinuum (uzliksizlik) va boshqa masalalar kirar edi. Mu'taziliylar va mutakallimlar o‘rta asrlardagi ziyolilarning eng ma'lumotli qismini tashkil etardilar. Ular orasida ko‘plab ensiklopedik olimlar, faylasuflar (An-Nazzom, Johiz) bor edi. Ular ichidan Al-Kindiy, Zamaxshariy kabi zabardast faylasuflar va boshqalar chiqdilar.

Tasavvuf – Sharq xalqlari ma'naviy hayoti tarixida eng muhim hodisalardan biridir. Unga xos xususiyat tarki dunyochilikka chaqirish, boylik va dunyoviy ne'matlardan voz kechishni targ‘ib qilish edi. Birinchi muhaddislar (Muhammad payg‘ambarning ishlari va hayot tarzlarini rivoyat qiluvchilar) katta obruga ega edilar. Ular faqih (huquq bilimdonlari) ham edilar. Ularning o‘zlari odatda Qur'onni bilar va sharxlar edilar. Shunday qilib, ular o‘zlarida zamonlarining ilohiyotiga va huquqshunosligiga doir barcha bilimlarini mujassamlashtirgan edilar. Ammo vaqtiyki kelib, Ummaviy xalifalarning hatti-harakatidan omma noroziligi natijasida bir qator inqiloblar kelib chiqqach, shu narsa ma'lum bo‘ldiki, ba'zi muhaddislar ochiqdan-ochiq hokimiyat tomoniga o‘ta boshladilar. Bulardan norozi bo‘lgan boshqa turdagi muhaddislar ham kelib chiqdilar. Ana shu yangi muhaddislar quyidagi qoidani oldinga surdilar: muhaddisga ishonch shundagina mumkin bo‘ladiki, agar u hodisalarni rivoyat qilibgina qolmasdan, balki ularga o‘zi rioya qilsa. Va uning hayoti zohidona bo‘lib, Xudo oldida doimo titrab tursa va man qilingan narsalarning hammasi uning uchun qabul qilinadigan holatdan tashqarida bo‘lsa, ya'ni u ulardan to‘la-to‘kis parhiz qilsa. Ana shunday ruhdagi muhaddislar ichidan tarki dunyochilik harakati boshlanib, rivojlanib bordiki, uni tasavvufning birinchi kurtak otishi deb qarash mumkin. Bu vaqtda hali «sufiy» atamasi yo‘q edi. Bu xildagi odamlarning oddiy alomati – zohid (tarki dunyo qilgan) yoki obid (Xudoning xizmatkori) edi.

Hozirgi vaqtda tasavvufning (sufizm) tizim sifatidagi aynan o‘xshash ta'rifini berish mumkin emas. Negaki, hali hozir fanda Ispaniya, Sitsiliyani qamrab olib, Bolqon yarim oroligacha kirgan, ushbu juda murakkab, ko‘p qamrovli, qadama (mozaik) diniy dunyoqarashga nisbatan yagona hukm chiqarilgan emas. Tasavvufning ilk rivoji VIII-X asrlarga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda u tarki dunyochilikdan ajrab chiqib, mustaqil diniy-falsafiy-axloqiy ta'limot sifatida shakllandi. Ammo u vaqtda ham, keyingi davrlardagi o‘z rivoji bosqichlarida ham (X-XII asr oxiri, XIII-XV; XVI-XVII asrlar), tasavvuf aniq ifodalangan, tartibga solingan va muayyan qarashlar tizimini beruvchi ta'limotga aylanmadi. Bu narsa ayniqsa o‘zining yaqqol ifodasini tasavufning gullagan davri bo‘lgan X asrdan keyin topdi. Bu davrda u o‘ziga qadimgi davrning mistik-idealistik falsafasi va xristianlik nazariyasining g‘oyalarini olib va ularni soddalashtirib, mahalliy diniy-an'analar va xalq aqidalari bilan qo‘shib, harakatning tashkiliy shaklini birodarlik (tariqa) jamiyatini barpo qildi.

Demak, tasavvuf – bu islom doirasidagi alohida sirli, diniy-falsafiy dunyoqarash bo‘lib, uning vakillarining fikricha, inson o‘zining shaxsiy ruhiy tajribasi vositasida xudo bilan bevosita ruhiy aloqa (mushohada yoki qo‘shilish) o‘rnata oladi. Bunga jazava (ekstaz) yoki ichki porlash (ozarenie) yo‘li bilan erishish mumkinki, dil porlashi yuragida xudoga nisbatan muhabbati bo‘lgan va shu ishq bilan Xudo «yo‘li» dan borayotgan insonga osmondan tushiriladi. O‘rta asrlarda bunga o‘xshash oqimlar noyob emas edi. Mistik aqidalar insoniyat tomonidan vujudga keltirilgan barcha yirik dinniy tizimlarda (buddaviylik, hinduviylik, yahudiylik, xristianlik) kam o‘rin tutmas edi. Musulmon so‘fiylari o‘z oldiga qo‘ygan va butun hayotlari davomida unga intilgan maqsad - bu xudoni ruhiy, ichku tuyg‘u bilan bevosita bilish edi. Ularning butun fikri-zikri ana shu diniy orzuga bo‘ysundirilgan edi. Ularning tasavvufiy «yo‘li» haqidagi asosiy fikrda ma'naviy poklanish g‘oyasi («ruhiy jihod» - mujohada) va insonni kamolotga yetkazish yotar edi. Bu g‘oya ishlab chiqilgan barqaror axloqiy nazariyaga (maqomot) va qisqa vaqt saqlanuvchi, nurning bir lahzalik uchquni sifatida ichdan kelib chiqadigan ruhiy holatlarga (hol) kelib qo‘shildi.

Tasavvufning nazariy asoslarini ishlab chiqishda Al-Muhosibiy (857 yil vafot etgan) muhim o‘rin tutdi. U tomonidan yozilgan «Allohning huquqlariga rioya etish» kitobi «o‘zini kuzatish» usuli asoslarini (muhosiba (hisoblash), muallifning laqabi shundan olingan) bayon qiladi. Muhosibiy insonning tashqi hatti-harakatlari bilan uning niyati o‘rtasidagi nisbatni kuzatish vazifasini qo‘yadi. Yurakdagi fikrlar va ruh harakatining tahlili uni «hol» tushunchasini aniqlashga, ya'ni jazava holatini idrok etishga olib keladiki, unga insonning o‘z irodasi bilan erishib bo‘lmaydi, balki bu holat unga Xudoning marhamati sifatida tushiriladi. Hol qisqa damli holat, hatto zamondan tashqari, negaki, bu bir lahzali, birdaniga charaqlagan, ruhiy holatning u yoki bu ohangi rangiga burkangan bo‘ladi. Xudo bilan qo‘shilish uchun diniy shakllardagi farqlar, barcha diniy rasm-rusumlar va ko‘rsatmalarni bajarish ahamiyatga ega emas edi. Sufiy-panteist (xudo bilan tabiatni birday deb hisoblovchi)lar Qur'onni so‘zma-so‘z sharhlashni rad qilib, Xudoni bilishda ilmni o‘zi yaxshirok yordam beradi deb hisoblar edilar. Bu qarash ilk islom tarafdorlari tomonidan dushmanlik bilan kutib olindi. Tasavvuf bid'at aqida deb e'lon qilindi va uning muxlislari ta'qib ostiga olindilar.

Panteistik nuqtai nazarda turgan sufiylardan birinchisi Al-Bistomiy edi. Sufiy Husayn ibn Mansur Halloj esa «Anal haq» («men-haqiqat», «Men Xudo») shiorini o‘rtaga tashlab, shuni isbotlashga urindiki, u Xudo bilan «qo‘shilib» ketgan. Bunday da'vo ilk islom aqidalariga butunlay qarshi bo‘lib, Payg‘ambar va Qur'onning barcha «muqaddas»ligini yo‘qqa chiqarar edi. 922 yilda Hallojni bid'atchi sifatida Bag‘dodda pora-pora qilib, o‘tda yoqdilar.

Abu Bakr Roziy (865-925) buyuk mutafakkir va alloma (ensiklopedik) olim edi. Uning falsafiy qarashlari Eron, Hind va Qadimgi Yunon ta'limotlari ta'sirida shakllangan edi.

Ar-Roziyning qayd etishicha, abadiy besh ibtido mavjud: xoliq, mutlaq makon, mutlaq zamon, ruh va modda. Dunyo ana shular yig‘indisidan tashkil topgan. U Arastu va boshqa faylasuflarning harakat manbai ashyolardan tashqarida joylashgan va «birinchi turtki» mavjudligi haqidagi ta'limotlariga muvofiq nuqtai nazarda emas edi. Uning fikricha, harakat ashyolarning o‘zining ajralmas hususiyati bo‘lib, uning manbai ularning ichida edi.

Ar-Roziy ma'lum darajada Demokritning atomlar va bo‘shliq haqidagi nazariyasini qaytadan tikladi. U ruh bilan badanning birligi haqidagi qoidani o‘rtaga qo‘ydi. Bilish nazariyasida faylasuf tabiatni bilish imkoniyati borligidan kelib chiqdi. Roziy tajribaga katta ahamiyat berdi. U hatto bir kishining tajribasi, amaliyotda tekshirilmagan mantiqiy xulosalardan ko‘ra, afzalligini qayd etdi. Diniy masalalarda Roziy payg‘ambarlar va ularning risolati haqidagi g‘oyalarni, hamd Injil, Qur'on kabi kitoblarning «muqaddas»ligini tanqid ostiga oldi. Roziy bizgacha yetib kelmagan ikki dinga qarshi qaratilgan «maxorik al-anbiyo» («Payg‘ambarlarning qilmishlari») va «Xiyol al-mutanabbiy» kabi asarlarning muallifi edi46.




Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish