Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


-§. Jamiyatning ma'naviy sohasi



Download 1,43 Mb.
bet161/235
Sana16.01.2022
Hajmi1,43 Mb.
#373308
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   235
Bog'liq
Axmеdova m. A. umumiy muxarrirligi ostida-fayllar.org

5-§. Jamiyatning ma'naviy sohasi

Jamiyatning ma'naviy sohasi ko‘pincha madaniyat bilan tenglashtiriladi. Bunday tenglashtirish unchalik to‘g‘ri emas, chunki madaniyat faqatgina ma'naviy bo‘lmasdan moddiy xususiyatga ham egadir. Buning ustiga, madaniyat integral xususiyatga ega bo‘lib, jamiyatning hamma tomonlari (iqtisodiyot sohasi iqtisodiy va moddiy madaniyatni, siyosat sohasi siyosiy madaniyatni o‘z ichiga oladi va boshqalar)ga kirib boradi. Moddiylik va ma'naviylik bir-biriga qarama-qarshi tomonlar (antitez) bo‘lmasdan, ular bir-birga o‘zaro ta'sir qiluvchi va o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi ijtimoiy rivojlanish omillaridir. U yoki bu xalq ma'naviyatining shakllanishi, shu xalqning yashaydigan tabiiy-iqlimiy sharoitlari, ularning u yoki bu darajada rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi.

Ma'naviyat ijtimoiy hodisa va ilmiy tushuncha sifatida o‘zga xos ko‘plab xususiyatga ega bo‘lib, mustaqil ob'ekt sifatida falsafiy tahlil qilishni talab etadi. Barcha davrlarda yashagan mutafakkirlar «ruh», «ma'naviyat», «ma'naviylik» kabi tushunchalar to‘g‘risida bosh qotirganlar. Qadimgi Sharq (Xitoy, Hindiston, Vavilon, Misr va boshqalar), so‘ngra antik davr va o‘rta asrda yashagan mutafakkirlar ma'naviylik muammosiga katta e'tibor qaratganlar. Gilgamesh to‘g‘risidagi Shumer eposi, hind Vedalari va Upanishadlari, Konfutsiy, Avesto ta'limotlari, Aflotun, Arastu, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, A.Navoiy va boshqa mutafakkirlarning asarlari bu masalaga qiziqish kuchli bo‘lganligi, ma'naviyat inson rivojlanishining eng cho‘qqisi ekanligi va u doimo ilmiy-falsafiy qiziqish uyg‘otganligini ko‘rsatadi.

Yangi davrga kelib, bu muammoga qiziqish yanada kuchaydi, bu qiziqish o‘sha davrlarda yuz bergan ilmiy-intellektual inqilob bilan, ko‘p narsalarga nisbatan qarashlarning o‘zgarishi bilan bog‘liq edi. Fan va texnika qanchalik darajada rivojlansa, ma'naviyat to‘g‘risidagi masalaga shunchalik e'tibor kuchayib, ilmiy-texnik rivojlanishning ma'naviy mohiyati to‘g‘risidagi masala tez-tez yuzaga chiqib turdi. Ma'naviylik va onglilik, ma'naviylik va intellektuallik tushunchalarining ma'nolarini bir-biri bilan aralashtirib yuborish holatlari tez-tez yuz berib turdi. Shuni ta'kidlash kerakki, o‘zining ma'nosiga va hajmiga ko‘ra ma'naviy soha ratsional (aqllilik) sohasiga qaraganda kengroqdir. Ma'naviylikning shakllanishidagi asosiy narsa bilim olishgina emas, balki bilim olishning ma'nosi va maqsadidir. Ma'naviylik maqsadlar, mohiyatlar va qadriyatlar ierarxiyasining indikatori bo‘lib xizmat qiladi. U individni o‘rab turgan voqyelikni ma'naviy jihatdan yuksak darajada o‘rganishini aks ettiradi.

Shuni aytish kerakki, ma'naviyat dunyoviy va diniy bo‘lishi mumkin. Lekin ma'naviyatni faqat dinga bog‘lash ham mumkin emas. Hatto o‘rta asrlarda, din hukmron bo‘lgan davrlarda ham ilg‘or fikrga ega bo‘lgan mutafakkirlar ma'naviyatni diniylikdan farq qilishini va undan kengroq ma'noga ega ekanligini qo‘rqmasdan ta'kidlaganlar. Masalan, Ibn Sino o‘zining buyuk asari «Donishnoma»da ma'naviylikni substansiya (moddiy substansiya bilan birga)ning ko‘rinishlaridan biri, deb ta'riflaydi. O‘rta asr mutafakkirlarini ateistlar deb atash mumkin emas. Lekin ular ma'naviyatni diniylikdan keng mazmunga ega deb o‘ylaganlari haqiqat. Ma'naviylik va diniylik tushunchalarini ajratish tendensiyasi markaziy osiyolik ma'rifatparvarlar ijodida keyinroq paydo bo‘ldi. Markaziy Osiyo mutafakkirlari din va uning qadriyatlariga o‘z e'tiborlarini qaratish bilan birga, ular davr uchun sof diniylikdan tashqari universallik (umumiylik) ham zarurligini tushunib yetdilar.

Zamonaviy jamiyat nafaqat texnologiya va iqtisodiyot, balki yuksak darajaga ega bo‘lgan ma'naviylikdan ham iboratdir. Ma'naviy soha – bu ma'naviy ishlab chiqarish (keng ma'noda tushunilganda), uning jarayoni va natijalarining birligidir. U san'at, fan, falsafa, axloq, huquqiy va siyosiy ong, dindan iboratdir. Mazkur barcha ijtimoiy hodisalar jamiyat ma'naviy sohasining elementlarini (aniqrog‘i kichik tizimlarini) tashkil qiladi.

Ma'naviylikning eng asosiy tomonlaridan biri milliy o‘zini-o‘zi anglashdir. Milliy o‘zini-o‘zi anglash ijtimoiy ongning alohida ko‘rinishi bo‘lib, unda milliy hayot o‘z aksini topadi. Hozirgi davrda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy jarayonlar qanday yuz berayapti hamda ular millatlar va xalqlarning ongida qanday o‘z aksini topayapti degan masala to‘g‘risida aniq, muayyan tasavvurga ega bo‘lish kerak. Millatlarning hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar ularning nafaqat hozirgi va kelajakdagi, balki o‘tmishdagi ma'naviyatlarining ham qanday bo‘lganligi to‘g‘risida o‘ylashga majbur qilayapti. Yuz berayotgan o‘zgarishlar lokal, mahalliy (milliy ongning alohida sohalariga taalluqli) yoki umumiy bo‘lishi mumkin. Milliy o‘zini-o‘zi anglashning o‘sishi millat turmush tarzining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa omillariga bog‘liqdir.

Milliy o‘zini-o‘zi anglash hodisasi ongning yuqori darajasi bo‘lib, u milliy ongdan bir muncha keyinroq paydo bo‘ladi. O‘zini-o‘zi anglash bu insonning faqat o‘zini-o‘zi tushunib, anglab yetishi bo‘lmasdan, uning o‘z o‘ziga, imkoniyatlariga, holatlariga bo‘lgan munosabatini ham bildiradi. Bular to‘liq ma'noda milliy o‘zini-o‘zi anglashga ham tegishlidir. Demak, milliy o‘zini-o‘zi anglash – bu o‘zini-o‘zi baholashi hamdir.

Hozirgi davrdagi milliy jarayonlarning rivojlanishini hisobga olib, ko‘p tadqiqotchilar milliy o‘zini-o‘zi anglash bu millatning zaruriy, muhim belgilari deb hisoblamoqdalar.

Milliy o‘zini-o‘zi anglash tizimida quyidagi elementlarni ajratish mumkin:

- milliy identifikatsiya;

- hududiy birlikni tasavvur qilish;

- tili va madaniyat birligini anglash;

- ijtimoiy-davlatchilikka tegishli ekanini anglash;

- milliy manfaatlar385.

Milliy o‘zini-o‘zi anglash murakkab va ko‘pqirrali bo‘lib, jamiyatning ma'naviy hayotidagi muhim hodisadir. Uning tuzilishidagi alohida tomonlarni o‘rganish bilan uning bir butun hodisa sifatida anglash mumkin emas. Milliy o‘zini-o‘zi anglashning elementlarini birlikda va bir butunlikda olib qaralsagina, uning maxsus ma'naviy hodisa ekanligini tasavvur qilish mumkin. Bir ijtimoiy munosabatlar tizimidan boshqasiga o‘tishda, bir davlat tizimidan boshqasiga o‘tilishida ma'naviy hayotda ham inqirozga duch kelinadi. O‘zbekiston sharoitida ma'naviy yangilanish o‘z ma'naviy ildizlarimizga qaytish, jahon sivilizatsiyasi qadriyatlarini o‘zlashtirish va ma'naviy hayotning yangi bozor sharoitlariga moslashish yo‘li orqali amalga oshiriladi.

Sovet davrida davlat mafkurasi, hukmronlik qiluvchi dunyoqarash – marksizm-leninizm edi. U sotsialistik jamiyatni qurishda, kommunistik partiya va sovet davlatining tashqi va ichki siyosatida nazariy qurol bo‘lib xizmat qildi. O‘zbekiston davlat suverenitetiga erishgandan so‘ng ijtimoiy hayotni demokratlashtirish e'lon qilindi. Bu markscha-lenincha mafkuraning yakkahokimligiga chek qo‘yilganini bildirar edi. Shu bilan birga mafkuraviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik muhim edi, aks holda buning natijasida jamiyatda bir-biriga zid bo‘lgan turli oqimlarning paydo bo‘lishi va bu bo‘shliqni turli anarxo-ekstremistik, fundamentalistik kabi yot g‘oyalar egallab, jamiyatda parokandalikni keltirib chiqarish xavfi tug‘ildi. Shunga ko‘ra, jamiyatning umumiy g‘oyalar asosida birlashuvi, jipslashuvi ob'ektiv ehtiyojga aylandi. Bu sharoitda, sovet imperiyasining bir asrdan ziyodlik zulmidan ozod bo‘lgandan keyingi milliy g‘oya milliy tiklanish g‘oyasiga aylandi. Xalq o‘zining milliy manfaatlarini anglab, ularni amalga oshirish yo‘llarini izlab topishi kerak edi. Milliy istiqlol mafkurasining paydo bo‘lishi va shakllanishi bunga ob'ektiv javob bo‘ldi. U «millatni, jamiyatni, davlatni birlashtiruvchi bayroq» bo‘lishi kerak edi386.

Milliy istiqlol mafkurasining vazifasi odamlarning, ayrim shaxslarning ongiga milliy mustaqillikning jamiyatimiz uchun ahamiyatini singdirishdan iborat edi. Ikkinchidan, mustaqillikning siyosat, iqtisodiyot, ma'naviy hayot sohalaridagi mohiyati va mazmunini tushuntirib berish kerak edi. Uchinchidan, mustaqillikni mustahkamlash va fuqarolarning bu jarayonda konkret ishtirok etishlari kerak edi. Va nihoyat, mamlakatni rivojlanishning yaqiin kunlari va uzoqqa mo‘ljallangan maqsadlari va istiqbollarini belgilab olish kerak edi. Bularning hammasi milliy istiqlol mafkurasining milliy o‘zini-o‘zi anglashning tiklanishiga, rivojlanishiga xizmat qilishini anglatadi.




Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   235




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish