Axmedova m. A. umumiy muxarrirligi ostida



Download 0,73 Mb.
bet94/233
Sana31.12.2021
Hajmi0,73 Mb.
#214277
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   233
Bog'liq
falsafa darslik Axmedova

Mao Dzedunning falsafiy-siyosiy qarashlari. Mao Szedun (1893-1976) boshchiligida 1949 yilda Xitoy Xalq Respublikasining e'lon qilinishi xalqining mustaqillik uchun olib borgan ko‘p yillik kurashlarining natijasi edi. U Xitoy jamiyatini an'anaviy mafkuraviy aqidalari bo‘lgan konfutsiychilikdan qaytishining belgisi bo‘ldi. Bundan oldin XIX-XX asrlar xududida Xitoy mutafakkirlari va siyosiy arboblarining uzoq davom etgan falsafiy bahslari bo‘lib o‘tgan edi.

Mao Szedun marksizm nazariyasini Xitoy sharoitiga moslashtirishga harakat qildi. Uning falsafiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlari quyidagi xususiyatlari bilan ifodalanadi:

1. Xitoy falsafiy merosini qaytadan talqin qilib chiqish, xususan qadimgi ta'limotlar bo‘lgan konfutsiychilik va legistlarning qarashlari;

2. Marksizmni xitoy sharoitiga moslashtirish.

Bilish nazariyasida Mao «borliq ongni belgilaydi» degan markscha ta'kiddan kelib chiqadi: «O‘z bilimlarini qo‘lga kiritishda kishilar asosan moddiy ishlab chiqarishga tobedirlar, uning jarayonida ular asta-sekin tabiat hodisalarini, tabiatning xususiyatlarini, tabiatning qonunmandligini va insonning tabiatga bo‘lgan munosabatini idrok etadilar; shu bilan bir qatorda ular ishlab chiqarish faoliyati orqali asta-sekin turli darajada kishilar o‘rtasidagi muayyan munosabatlarni ham bilib boradilar»248. Shuningdek, kishilar o‘rtasidagi munosabatlar siyosiy va madaniy hayot jarayonida ham idrok etiladi. Faqat ijtimoiy amaliyotgina tashqi dunyo to‘g‘risidagi inson bilimlarining to‘g‘riligini mezoni bo‘lishi mumkin. Bunda g‘oyalar ijtimoiy taraqqiyot qonunlariga muvofiq kelishi lozim.

Mao fikricha, «bilimning haqiqiy vazifasi shundaki, his-tuyg‘u tafakkur darajasiga ko‘tarilishi, ob'ektiv ravishda mavjud bo‘lgan ashyolarning ichki qarama-qarshiliklarini anglaydigan darajada asta-sekin ko‘tarilishi, hodisalarning qonuniyligini aniqlashi, turli jarayonlar o‘rtasidagi ichki aloqalarni belgilashi, ya'ni mantiqiy bilimga erishishi lozim. … Mantiqiy bilim hissiy bilishdan shunisi bilan farq qiladiki, hissiy bilim ashyolar, hodisalarning ayrim tomonlarini, ularning tashqi tomonlarini, hodisalarning tashqi aloqalarini qamrab oladi, mantiqiy bilim esa, olg‘a tomon katta odim tashlab, hodisani to‘laligicha, uning mohiyati va ichki aloqalarini qamrab olib, atrof dunyoni ichki qarama-qarshiliklarini ochishgacha ko‘tariladi va bu bilan atrofdagi duny taraqqiyotining barcha but-butunligini, uning umumiy ichki aloqalari bilan birgalikda tushunishgacha yetib boradi»249.

Ikki bosqich haqidagi ta'limot Mao tomonidan Xitoydagi tarixiy voqyealarni uning boshqa mamlakatlar bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlari bilan bog‘liqlikda qarab chiqildi. «Birinchi bosqich, - deb yozadi Mao Szedun, - yuzaki hissiy bilim bosqichi edi, u umuman taypin, «boksyorlik» va boshqa harakatlar davridagi chet ellariga qarshi qaratilgan kurash bosqichi edi. Faqat ikkinchi bosqich aqliy bilim bosqichi bo‘lib, unda Xitoy xalqi imperializmning turli ichki va tashqi qarama-qarshiliklariga razm soldi»250. Maoning bilim va amaliyotga doir fikrlarining mantiqiy davomi sifatida uning qarama-qarshiliklar haqidagi ta'limoti shakllandiki, uni u izchil ravishda ijtimoiy asoslarga, keyinchalik esa, xalqaro munosabatlarga tayanib vujudga keltirdi. Bu ta'limot ko‘p jihatdan qadimgi xitoy falsafasi ta'sirida shakllandiki, unga avvaldanoq dualizm (in-yan) xos xususiyat edi. Mao Szedun yozgan ediki, «qarama-qarshiliklar qonunini muayyan tushunish barcha ashyolarga xosdir, bizlar uchun (xitoyliklar-muallif) esa juda ham muhimdir»251.

Maoning qarama-qarshiliklarni ob'ektiv ravishda mavjudligi va kurashning zarurligi haqidagi qarashlari uning siyosiy faoliyatida hal qiluvchi rol o‘ynadi. Milliy-ozodlik urushlari davrida, Kompartiya bilan Gomindanning bir-biriga qarama-qarshi turgan yillarida, «madaniy inqilob davrida «so‘llar» va «revizionistlar»ning bir biriga qarshi kurashlarida doimiy ravishda «ikki qarama-qarshilikini» topishi – bunga yorqin misol bo‘la oladi. Mao Szedun g‘oyalarining boshqa muhim xususiyati, uning qadimgi xitoyning konfutsiychilik va legistlar ta'limotlariga murojaat qilganligidir. «Ulug‘ dohiy» ning legizmga intilishi na faqat uning boshqaruv usullari va shaxs faoliyati ustidan nazorat o‘rnatishiga xayrixohlik ko‘rsatishidagina namoyon bo‘lmasdan, balki legistlarning aqliy tamoyilga qarshiligini ma'qullashida ham ko‘rinadi. Bu haqda 60-70-yillardagi «madaniy inqilob» davridagi voqyealar guvohlik beradiki, ular birinchi Sin imperiyasining tashkil bo‘lishigacha va undan keyingi davrdagi legizmning «yuksalish» davrlarini yodga soladi: Xitoy ziyolilariga qarshi qaratilgan qatag‘on, «xunveybinlar» harakati vositasida boshqacha fikrlovchilarni ta'qib qilish. Legistlar tomonidan amaliyotda qo‘llanilgan mansabdor shaxslarni nazorat qilish shakli bo‘lgan ayg‘oqchilik va tuhmatlar butun Xitoy tarixi davomida, xuddi «madaniy inqilob» davrida bo‘lganidek, keng qo‘llanildi.

Mao Szedunning siyosiy qarashlari asosida legistlar ta'limotidan olingan bir-biriga bog‘liq bo‘lgan ikki qoida yotar edi:


  1. zo‘rlik hyech bir istesnosiz barcha ijtimoiy jarayonlarning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishning umumiy vositasidir;

  2. tarixiy jarayonda sub'ektiv (shaxsiy) omil bosh rolni o‘ynaydi.

Legistlarning bu ikki asosiy hukmi Mao Szedun siyosatining asosiga qat'iy ravishda kiritildi. Mao Szedun shunga ishonar ediki, har qanday ijtimoiy jarayon, tabaqalar, davlatlar, millatlar o‘rtasidagi munosabatlar ularning vaziyatga bog‘liq xususiyatlaridan qat'iy nazar, oxir oqibatda, iqtisodiy sabablar bilan belgilanadi. Uning talqinicha, armiya jamiyat hayotining bosh omili, butun ijtimoiy munosabatlar tizimining boshqaruvchisidirki, uning natijasida sotsialistik davlatchilik harbiy-byurokratik tizimiga o‘tadi.

Shunday qilib, «siyosiy-ko‘mondonlik kuchi» shiorini e'lon qilgan Mao Szedun o‘zini ob'ektiv iqtisodiy qonunlardan ozod bo‘lgan his qildi. Mao Szedun davlat haqidagi markscha nazariyani mafkuraga aylantirib, uning asosida jamiyatda partiyaviy-byurokratik kuchning hukmron bo‘lishligini qonunlashtirdi. U Xitoyning taraqqiyoti uchun kuchli markazlashtirilgan davlat zarurligiga ishonar edi. Mao Szedunning ana shunday davlatni barpo qilishga bo‘lgan intilishi marksizm va legizm mafkuraviy tayanch sifatida foydalanishni keltirib chiqardi.




Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish