Axmedova m. A. umumiy muxarrirligi ostida


Qadriyaviy tizimlar tahliliga asosiy yondashuvlar



Download 0,73 Mb.
bet185/233
Sana29.12.2021
Hajmi0,73 Mb.
#79949
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   233
Bog'liq
Axmedova m. A. umumiy muxarrirligi ostida

Qadriyaviy tizimlar tahliliga asosiy yondashuvlar

Falsafiy adabiyotda jamiyatning tarixiy rivojlanishidagi qadriyaviy tizimlarni tasniflashga turlicha yondashuvlar mavjud. Bu yondashuvlarning har biri boshqalarini to‘ldiradi, chunki qadriyaviy tizimlarni ko‘rib chiqishning bir darajasini ko‘rsatadi. Stadial va madaniy-sivilizatsion yondashuvlar eng ko‘proq umumlashtirilgan yondashuvlardir, zero ularda ijtimoiy tizimlar yaxlit ko‘rib chiqiladi.

Stadial yondashuvning yorqin namunasi formatsion yondashuvdir (K.Marks). Ushbu yondashuvga ko‘ra jamiyatning rivojlanishi - bu sifat jihatdan muayyan ishlab chiqarish usuliga asoslangan, ketma-ket almashinuvchi bosqichlar (ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalari) zanji­ri. Har bir ishlab chiqarish usuli jamiyatning muayyan siyosiy-ijti­moiy tuzilmasini yuzaga keltiradi. Ana shunga muvofiq ravishda qadriyaviy tizimlar ham qaror topadi. Masalan, ishlab chiqarish vosi­ta­lariga jamoat tomonidan egalik qilishga va urug‘chilikka asoslangan ibtidoiy jamoa tuzumida qadriyaviy tizimlar jamoaviylikning, urug‘chilikning shaxsiylik va individuallikka nisbatan, an'anaviy­lik­ning yangiliklarga nisbatan ustuvorligi tamoyillariga yo‘nalti­ril­gan. Xususiy mulkning paydo bo‘lishi va qaror topishi bilan individuallikning rivojlanishi uchun iqtisodiy zamin yuzaga keladi. Ayni paytda mulk muayyan guruhga mansub kishilar (hukmron sinflar) qo‘lida to‘plangan jamiyatlarda mazkur sinflarning qadriyaviy mezonlari hukmron bo‘lib qoladi va odatda qonunchilik tomonidan rasmiylashtirib qo‘yiladi.

Formatsiyali yondashuv bilan bir qatorda stadial yondashuv doira­si­da bir-biri bilan raqobat qiluvchi bir qator nazariyalarni ajra­tib ko‘rsatish mumkin. (D.Bell, O.Toffler. G.Diligenskiy va boshqalar).

Hozirgi zamonaviy qarashlardan biriga muvofiq (G.Diligenskiy) jamiyat rivojida quyidagi sivilizatsiyaviy bosqichlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: kosmogen (an'anaviy jamiyatlar), texnogen (industrial jamiyatlar), antropogen (kelajak jamiyati).

Kosmogen sivilizatsiya urug‘chilikning individuallik, an'analar­ning yangiliklarga nisabatan ustuvorligiga yo‘naltirilgan. Shunga muvofiq asosiy xususiyati an'anaga yo‘naltirilganlikdan iborat bo‘l­gan qadriyat tizimlari shakllanadi. Texnogen sivilizatsiya ilmiy-texnik taraqqiyotga, texnologik va ijtimoiy yangiliklarga yo‘nalti­rilgan qadriyat tizimlarini shakllantiradi. Biroq industrializm sharoitlarida avtonom shaxsning rivojlanishi odamlar o‘rtasida asr­lar davomida yuzaga kelgan ijtimoiy aloqalarning yo‘qolishga, inso­niy muloqotning yetishmasligiga, «yolg‘izlik»ka, individualizmga, xud­bin­likka olib keladi. Antropogen sivilizatsiya - jamoaviylik va indi­viduallikni uyg‘unlashtirish, xilma-xillikdagi mushtaraklikka erishishga urinishdir. Qadriyaviy mezonlar tizimining o‘zagi - gumanizm.

Turli xalqlarga xos qadriyat mezonlarini ularning madaniy-sivilizatsiyaviy asoslari (etnik, mintaqaviy, diniy va hokazo) nuqtai nazaridan ko‘rib chiqishga asoslangan yondashuv muhim ahamiyatga ega. (O.Shpengler, A.Toynbi, P.Sorokin). Ushbu yondashuv doirasida ko‘p hollarda o‘z xususiyatlariga ega bo‘lgan g‘arb va sharq qadriyatlari ajratib ko‘rsatiladi. Ushbu xususiyatlarni hisobga olish turli islohotlar strategiyasini ishlab chiqishda tamoyiliy ahamiyatga egadir. Masalan, Markaziy Osiyoda tarixan vujudga kelgan qadriyatlar betakror o‘ziga xoslikka ega va isloh qilishning hozirgi strategiyalari global - sivilizatsiyaviy jarayonlarni mavhum nazariy tushunishdan kelib chiqmasligi kerak. Markaziy Osiyo xalqlarining qadriyat tizimlarining milliy-madaniy o‘ziga xosligini hisobga olish ushbu strategiyalarning muhim tarkibiy qismidir.




Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish