Uyqu, tush ko`rish, gipnoz
Uyqu ovqatlanishdan zarur bo`lgan fiziologik jarayondir. Odam ovqatlanmasdan bir necha kecha-kunduz yashashi mumkin, lekin uch kun uxlamasa avtomatik ravishda uxlab qoladi. Odam umrining deyarli uchdan bir qismini uyquda o`tadi. Uyqu yuqori darajada rivojlangan hayvonlar uchun ham zarur. It ovqatsiz ancha uzoq yashashi mumkin, ammo uyqudan maxrum qilinganda tez xalok bo`ladi.
Uyqu vaqtida odam xushidan ketadi, markaziy nerv sistemaning, xususan miya po`stlog`ining faolligi pasayadi, muskul tonusi va sezgirlik susayadi. Shartsiz reflekslar kuchsizlanadi, shartli reflekslar esa tormozlanadi. Ichki a`zolar faoliyati ham sustlashadi. Uyquning bir necha turi bor 1) kecha-kunduzgi davriy uyqu, 2) faslga bog`liq ravishda uyqu, 3) narkotik uyqu, 4) gipnotik uyqu, 5) patologik uyqu. Davriy uyqular-oddiy sharoitdagi fiziologik xolatdir. Narkotik, gipnotik va patologik uyqular maxsus nofiziologik ta`sirotlar natijasida rivojlanadi.
Gipnotik uyqu-ko`pchilikda qiziqish uyg`otadi Bu uyqu maxsus sharoitda gipnozchi tomonidan ishontirish yo`li bilan paydo qilinadi. Gipnoz vaqtida miya po`stlog`i faoliyati tormozlansa-da tashqi muhit bilan aloqa qisman saqlanib qoladi, gipnozlangan shaxs gipnozchi ko`rsatmalarini bajaradi. yashash sharoiti og`ir bo`lgan hududlarda uchraydigan hayvonlarga faslga bog`liq uyqu xos. Masalan, O`rta Osiyo sahrolarida yashovchi qo`shoyoq (tushkanchik) bahor va yoz boshlarida juda faol bo`lib, ko`p ovqat yeydi, semiradi. Kun haddan tashqari isib, o`simliklar qurib qolganda, fasliy uyquga ketadi. Fasliy uyqu boshqa sharoitda yashovchi hayvonlarga ham xos (ayiq).
Narkotik uyquni maxsus narkotik moddalar paydo qiladi. Davriy uyqu har kungi uyqu bo`lib, katta yoshli odamlarda bir bosqichli bo`ladi tunda bir marta yetib, uxlab turiladi. Bolalarda bir uyqu ko`p bosqichli. endi tug`ilgan chaqaloq bir kecha-kunduzda 21 soat, 6 oydan 12 oylik bo`lgan bola 14 soat, 4 yoshda-12 soat, 10 yoshda-10 soat uxlaydi. Kattalarning tungi uyqusi 7-8 soat davom etadi. Bedorlik holatidan uyquga o`tish asta-sekin emas bir zumda sodir bo`ladi Bedor bo`lgan katta yoshli odamning eeG sida chastotasi 13Gts yuqori bo`lgan kichik amplitudani to`lqinlar qayd qilinadi. Osoyishta ko`zini yumib o`tirgan odamning eeG si alfa-ritm qiyofasiga kiradi (8-12 Gts li kichik amplitudali tulqinlar 1-bosqichli). Odam uxlashi bilan teta-ritm paydo bo`ladi, to`lqinlar chastotasi 3-7 Gts dan oshmaydi (2-bosqich). Uyqu chuqurlashganda, tetv-ritmga 12-15 Gts li, davomi 1s bo`lgan "uyqu duklari" qo`shiladi (3-bosqich). Uyquning chukurlashuvi yanada davom etadi, endi yuqori amplitudali, 0,5-2 Gts chastotaga ega bo`lgan to`lqinlar delta-ritm qayd qilinadi (4-bosqich).
Uyquning 5-bosqichiga ko`z soqqalarining tez harakatlanishi xos. Shuning uchun, uni uyquning tez davri deb atashgan. eeG da yuqori chastotali, kichik amplitudali, to`lqinlar paydo bo`ladi. Miya po`stlog`ining elektr faolligi desmixronizatsiyaga uchraydi. Shu vaqtda uxlab yotgan odam uyg`atilsa, u tush ko`rayotganini aytadi Shuning uchun, bu 5-bosqichni uyquning tush ko`rish davri ham deyishadi. Undan oldingi bosqichlar sekin uyqu bosqichlaridir. Sekin va tez uyqular davriy bo`lib, har yarim soatda takrorlanadi. 7,5 soat uxlagan katta yoshli odam 1,5-2 soatni tez uyquda, qolgan 5,5-6 soatni sekin uyquda o`tkazadi Sekin uyqu vaqtida vegitativ faoliyatlar susayadi-qorachiqlar torayadi, tomirlar kengayadi, ter ajralishi ko`payib, ko`z yoshi va so`lak ajralishi kamayadi. yurak tomir nafas, hazm, ajratuv tizmilari faoliyati sustlashadi. Tez uyqu davrida, aksincha "vegitativ to`zon" ko`zatiladi Skelet muskullari tinch va tovusi pasaygan xolatda bo`lsa-da bu davrda odam ko`rayotgan tushida ishtirok etadi, ichki a`zolari tushdagi harakatlar va hissiyotlarni ta`minlash uchun zarur bo`lgan darajada o`z faoliyatini tezlashtiradi. Chuqur sekin uyqu fadat odamga xos. Uni odam uy-joy ko`rib, o`zini tunda to`rni xavflardan saqlash imkoniyatiga ega bo`lganidan keyin ottirgan.
Sekin uyqu davrida ba`zi odamlar uyqusirab yurishadiki, bu-somnabuzilizmdir. O`z vaqtida uyqu rivojlanishini tushuntirish uchuy qon aylanishi, gistologik, kimyoviy nazariyalar taqlif qilingan edi. Hozirgi kunda bedorlikdan uyqu holatiga o`tishni, uyg`onishni miya po`stlog`i va po`stloq osti tuzilmalari, xususan tursimon (retikulyar) forlitsiya o`rtasidagi o`zaro munosobatlar o`zgarishiga bog`lashadi. Miya stvolida asosan uzunchoq miya va Voroliy ko`prigida joylashgan tursimon formatsiyani ko`tariluvchi yo`llar, tepalik yadrolari, ular orqali katta yarim sharlar po`stlog`i bilan aloqador qiladi. Pastga tushuvchi yo`llar o`z navbatida to`rsimon formatsiyani orqa miya segmentlar bilan bog`laydi. Po`stloq to`rsimon formatsiya orqa miya munosobatlari yuqorida ko`tarilgan edi. Oxirgi o`n yillarda to`rsimon formatsiyaning ko`prik qismidagi ma`lum neyronlarning elektr faolligi uyqu davrlari almashinuvida o`zgarishi aniqlagan. Masalan, uyquning tez davri boshlanishidan avval bu neyronlar impulslari chastotasi bedorlik holatidagiga nisbatan 50-100 marta oshadi. Bu o`zgarish eeG da tez uyquning dastlabki belgilari paydo bo`lishidan sal oldin qilinishi uning uyqu davrlari almashinuviga dahldorligini ko`rsatadi. Voroliy ko`prigidagi boshqa ikki guruh neyronlar faolligi uyquning sekin davri tez davrga o`tish oldidan susayadi. Bu neyronlarning bir guruxi Voroliy ko`prigining havorang dog` yadrosida joylashgan bo`lib, noradrenalga boy. Ikkinchi guruh neyronlar serotinnnga ega ular ko`prikning chok yadrolarida bo`ladi. Bu guruhlardagi yakka neyronlar faolligini qayd qilish ularning impuls chastotasi bedorlikda juda yuqori bo`lishini, sekin uyqu davrida esa asta-sekin kamayishini uyquning tez davrida umuman ispulslar chiqmasligini ko`rsatadi.
Ko`prikdagi havorang dog` va chok yadrolaridagi neyronlar ta`sirida po`stloqdagi neyronlarni faollashishi yoki tormozlanishi mumkin. Ko`prikning uyquga daxldor neyronlarida serotinik va noradrenalin ko`pligini aniqlash uyquning kimyoviy nazariyasiga yana qiziqish uyg`otadi. Uyquni qochiruvchi moddalarning ko`p katexolaminlarga o`xshashi katexolaminlarga bedorlik holatini saqlash uchun zarurligadan darak beradi. Miyadagi serotinin mikdoriniig ortishi tez uyqu davrini o`zaytiradi. Uyquda po`stloq osti va miya po`stlog`idagi ko`pgina markazlar, bedor bo`ladi, ya`ni tormozlanmaydi.
Bu nerv markazlari I.P.Pavlov "qoravul" markazlar deb nomlaydi. Uxlab yotgan ona birorta tovushdan uyg`onmasligi mumkin, lekin bolasi biroz bezovtalnganda darrov uyg`onadi. Demak, "qoravul" nerv markazlari qo`zg`olishi o`ziga xos xususiyatga ega.
Uyquning biologik ahamiyati. Uzoq, yillar davomida uyqu miya hujayralarini uzluksiz faoliyati natijasida holdan toyib, nobud bo`lishdan saqlaydi va ish qobiliyati tiklanishi uchun imkoniyat tug`diradi, degan fikr ustivor bo`lgan. Uyquning himoya ahamiyati hayvon yoki odam uyqudan mahrum qilinganidan yaqqol bilinadi. 3-4 kun uxlamagan odam o`zini yomon his qiladi, borgan sari darmoni quriydi, aqliy mehnat faoliyati keskin pasayadi, 5 kundan keyin aqliy mehnat krbiliyatini umuman yo`qotadi, gallyutsinatsiyalar (yuq narsaning ko`rinishi, eshitilishi, sezishi paydo bo`ladi. 7 kunda hushidan ketadi). It ikki-uch hafta uyqudan mahrum qilinsa o`lib qoladi. Uyquning asosiy ahamiyati miyani himoya qilishdan iborat, degan olimlar keltirilgan dalillarni o`z fikrlarining isboti deydilar. Bu fikrning isboti sifatida yana bir dalidni keltiraylik. Organizm qancha yosh bo`lsa, miyaning ish qobiliyati shuncha kam, uyquning davomliligi esa shuncha uzoq bo`ladi. Juda charchoq miyaga ega bo`lgan chaqaloq kuniga 17-19 soat, undan ham ko`p uxlaydi. 4 yoshli bola 14 soat uxlaydi. So`nggi yillarda uyqu himoya ahamiyatiga ega tormozlanishdir, degan fikr anchagina olimlarda shubhaga soldi. Buning sababi shundaki, uyqu vaqtida miya po`stlog`i neyronlarning ko`p qismi o`z faolligini saqlab qoladi. Bu olimlarning fikricha, miya kun buyi shunchalik ko`p axborot yig`adiki, kechga borib yangi ma`lumotlarni qayta ishlash qobiliyati yo`qoladi. Shu vaqtda neyronlar faolligining maxsus shakli sifatida uyqu rivojlanadi. Odam uxlaganda neyronlar faoliyati tashqi muhit signallarini miyaga o`tishini tuxtatib, kuni bilan qabul qilgan axborotlarini saralaydi. Bu axborotlarning bir qismi davomli xotiraga o`tkaziladi va kelajakda bajariladigan ishlarnint dasturi sifatida saqlanadi. Axborotlarni saqlash va xotiraga o`tkazish asosan uyquning tez davrida sodir bo`ladi. Kun davomida olingan axbrotlar avval xotiraga yig`ilgan ma`lumot va tassurotlar bilan taqqoslanadi va organizmning atrofdagi muhit to`g`risidagi mavjud bo`lgan tasavvurlari o`rtasida o`z o`rnini topadi. yangi axborotlar ipga munchoq tergandek, passiv, yig`ilamaydi, balki idrok etilib mavjud tasavvurlarni to`ldiradi, ba`zan ularni tubdan qayta ko`rib chiqilishini talab qiladi.
Axborotlar saralanib bo`lgandan keyin miyaning ularga bo`lgan sig`imi tiklanadi va uyquga ehtiyoj qolmaydi, odam uyg`onadi. Kecha-kunduz ritmlari uyqu va bedorlik holatlarining po`stloq osti mexanizmlarini bevosita ishga soluvchi omil bo`lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |