Axmadaliyev murodjonning


Pedagogika tizimida yangi pedagogik



Download 0,99 Mb.
bet8/10
Sana31.10.2020
Hajmi0,99 Mb.
#51678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Kurs ishi tekshirilgan

3. Pedagogika tizimida yangi pedagogik

texnologiyalar

Pedagogik texnologiya nima? Nega bu soʻz birikmasiga «yangi» soʻzini qoʻshimcha qilib, «yangi pedagogik texnologiya» deb ataymiz? U nima uchun bugungi ta’lim-tarbiya jarayonida zaruratga aylandi? Nega endi shuncha yillardan beri kunimizga yarab kelgan ta’limni tashkil etish amaliyotidan voz kechishimiz kerak, o‘quv jarayonida qoʻllab kelinayotgan loyihalashga yangicha yondashish nima uchun zarur boʻlib qoldi? Bu kabi savollargajavob berish uchun, eng avvalo, mamlakatimizda «Ta’lim toʻgrisida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida ta’lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan tub islohotlaming asosiy yoʻnalishlarini aniqlab olmoq lozim. Bu yoʻnalishlar:

- ta’lim mazmunini, tizimini isloh qilish;

- ta’lim-tarbiya boshqaruvini isloh qilish;

- ta’limning bozor iqtisodiyotiga asoslangan mexanizmini yaratish;

- ota-ona, oʻqituvchi-oʻquvchining ta’lim jarayoniga boʻlgan yangicha qarashlarini shakllantirish;

- va nihoyat, bu tub islohotlaming bosh harakatlantiruvchi kuchi boʻlgan yangi pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq etishdan iborat.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov alohida ta’kidlaganlaridek, biz «Mamlakatimizning istiqboli yosh avlod qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi boʻlib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotda nechogʻli faol munosabatda boʻlishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bogʻliq ekanini hamisha yodda tutishimiz kerak». Shu sababli ham birinchi navbatda, ta’lim mazmuni va uning tarkibini kengaytirish, chuqurlashtirish, takomillashtirish, xususan, ta’lim mazmuniga nafaqat bilim, koʻnikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil etuvchi - ijodiy faoliyat tajribasi, tevarak-atrofga munosabatlarni ham kiritish g‘oyasi kun tartibiga koʻndalang qilib qoʻyildi. Bu g‘oyani, fikrimizcha, ijtimoiy hayotning quyidagi komponentlari roʻyobga chiqarishi mumkin:

- faoliyat turlari (moddiy-amaliy, ijtimoiy, ma’naviy);

- ijtimoiy ong shakllari (axloq, san’at, siyosat, falsafa, fan va boshqalar);

- ijtimoiy munosabatlar tizimi (moddiy va mafkuraviy);

- moddiy ijtimoiy va tabiiy borliq (keyingi avlodlarga meros qilib qoldiriladigan boyliklar).

Dars jarayonida, ta’lim-tarbiyada o‘quvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch, ta ’lim jarayonining subyekti boʻlishi kerak, ya’ni o‘qish, o‘rganish, mutolaa qilish o‘quvchi zimmasiga o‘tishi kerak. O‘qituvchining vazifasi esa o‘qitishdan o‘qishni o‘rgatishga, bilim berishdan oʻquvchilarning bilimlarini mustaqil egallashlariga koʻmaklashishdan iborat boʻlishi kerak. U o‘quvchida ehtiyoj tugʻdirishi, muhit yaratishi va uni mas’uliyatni his qilishga yoʻllashi kerak. Har bir dars oldiga ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi, ya’ni bir-biri bilan uzviy aloqada boʻlgan uchyoqlama maqsadlar qoʻyiladi. Darsni tashkil qilish shakli o‘quvchilarning o‘zaro aloqalariga bogʻliq boʻlib, u maqsadlarga, o‘quv materiallari xususiyatlariga, ta’lim metodlariga va o‘quv imkoniyatlariga bogʻliq, bunga erishish uchun o‘qituvchi rahnamoligida o‘quvchilar bilan birgalikda harakat qiladilar. Xuddi mana shu jarayonni didaktikada «oʻquv jarayoni» deyiladi. o‘quv jarayonining tarkibi uch qismdan iborat deb qaraladi:

1. Motivatsiya.

2. Bilish faoliyati.

3. Boshqarish faoliyati.

O‘quv jarayoniga bunday yangicha qarashning tub mohiyati shundan iboratki, o‘qitishda ichki motivatsiyadan (diqqatni tortish, ichki tuygʻu, istak, zaruratni shakllantirish) kelib chiqish kerak. O‘quv jarayonida asosiy harakatlantiruvchi kuch - o‘quvchi uchun ham, o‘qituvchi uchun ham ichki motivatsiya boʻlishi kerak. O‘quvchilarda tashabbuskorlik va mustaqillikni, bilimlarni puxta va chuqur o‘zlashtirishni, zarur malaka va koʻnikmalarni, ularda kuzatuvchanlikni, tafakkur va bogʻlanishli nutqni, xotira va ijodiy tasavvurni tarbiyalashga imkon beruvchi didaktik prinsip-bu ta’limdagi faollikdir. Faollik mezonlari onglilik prinsipi bilan bevosita aloqador. Chunki faollik bor joyda onglilik boʻladi. Bunday tizimda o‘quvchi ham, oʻqituvchi ham ta’lim-tarbiya jarayoniga birgalikda mas’uldirlar. Ular birgalikda har bir o‘quvchining bilim va qobiliyatini, individual ehtiyojlarini aniqlaydilar. Bunday holatda oʻqituvchi faqat «baholovchi» emas, balki yangi bilimlar yetkazuvchi manbaaga aylanadi. Jahon pedagogik leksikoni qatoridan allaqachonlar «innovatsiya» tushunchasi keng o‘rin olgan. Bu tushuncha «yangilik», «isloh» tushunchalarini anglatadi. Keng ma’noda qaraganda ta’lim tizimidagi har qanday o‘zgarish bu - pedagogik innovatsiyadir. Dastlab bu tushunchalar ijtimoiy-iqtisodiy va texnologik jarayonlarga nisbatan qoilanar edi, soʻngra ta'lim tizimidagi har qanday yangiliklarga nisbatan ishlatiladigan boʻldi. Pedagogik yangiliklarning texnologiya deb atalishi boisi ham shunda.

Hozirgi davrga kelib pedagogik innovatsiya fani shakllandi. Pedagogik innovatsiya-pedagogik yangiliklar, ularni baholash va pedagogik jamoa tomonidan o‘zlashtirish, nihoyat, uni amaliyotda qoʻllash haqidagi ta’limot sifatida qaraladi.




XULOSA

Xulosa qilib aytsak, yangi ta’lim tizimi, mazmuni, oʻquv rejasi, oʻquv dasturlari, darsliklar asosida oʻquv jarayonini loyihalashtirishga ham yangicha yondashish, uni yangicha tashkil etish zaruriyati tugʻilmoqda.

Har qanday pedagogik yangilik zamirida biron-bir g‘oya yotadi. G‘oya asosida esa oʻqituvchining bolalar bilan oʻzaro harakati yotadi, ya’ni:

- sinfda psixologik birlik vaziyatini yaratish;

- har bir oʻquvchi o‘z shaxsini o‘zi namoyon etishini ta’minlash;

-har bir metodik yondasluiv uchun oʻziga xos muloqot yoʻlini tanlash;

-o‘quvchilar tashabbusini zimdan boshqarib borish va boshqalar.

Bunda o‘qituvchi har bir o‘quvchi qalbiga kirib borish uchun o‘zining didaktik usullari, tashkiliy shakllari orqali yo‘l topadi. Darsdagi oʻquvchilar faoliyatiga nafaqat o‘qituvchi, balki o‘qvuchilar ham rahbarlik qiladi. Avvalo a’lochi oʻquvchi, keyin boshqa o‘quvchilar ham o‘qituvchi topshirigʻiga binoan nima ish qilganini aytadi va qolgan o‘quvchilarni orqalaridan ergashtiradilar. Bunday «izohli boshqaruv» o‘quvchi maktab ostonasiga qadam qoʻygan kundan boshlanishi kerak. Bularning hammasi didaktik topilmalar, pedagogik kashfiyotlar, bir soʻz bilan aytganda, yangi pedagogik texnologiyalar hisoblanadi.

Pedagogik texnologiya, o‘quvchilar qay tarzda, qanday usullar bilan o‘qitilsa, natija samarali boʻladi degan savolga javob beradi. U o‘zining muayyan tizimiga ega boʻlib, bunda komponentlarning ketma-ketliligi, oʻzaro bogʻliqligi, bir butunligi saqlanadi. Pedagogik texnologiyaning boshqaruvchanligi shundan iboratki, bunda ta’lim jarayonini rejalashtirish, tashxis qilish, natijalash, tuzatish va o‘zgarishlar kiritish imkoniyatlari mavjud. Bunda ta’limdan kutilgan natijaga erishiladi, vaqt tejaladi, bu esa pedagogik texnologiyaning samarasi, demakdir. Pedagogik texnologiyaning jo‘nligi deganda ishlangan modelni boshqa pedagoglar qoʻllaganda ham xuddi oʻshanday samara berishi kerakligi tushuniladi. Bir soʻz bilan aytganda, ta’lim jarayoniga yangicha yondashib, ijodkorlik, bunyodkorlik tatbiq etilsagina, ta’lim samarasi yangi bosqichga koʻtariladi.


Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish