. Etikaning asosiy kategoriyalari, tamoyillari va me’yorlari
Axloqshunoslik fanida qo‘llaniladigan barcha tushunchalarni uch guruhga bo‘lishni maqsadga muvofiq. Bularning birinchisi – axloqiy bilish bilan real hayot o‘rtasidagi eng muhim aloqa va munosabatlarni in’ikos ettiruvchi, axloq ilmining mezonini ifodalovchi tushunchalardir; ularni biz axloqshunoslikning mezoniy tushunchalari yoxud kategoriyalari sifatida olib qaraymiz. Nisbatan qamrovli ikkinchi guruh tushunchalarini – axloqiy tamoyillar, uchinchi guruhni esa axloqiy me’yorlar deb taqdim etamiz. Muhabbat aynan axloqiy hissiyot va axloqshunoslikning bosh mezoniy tushunchasidir. Muhabbat bosh mezoniy tushuncha sifatida deyarli barcha asosiy tushunchalarda va tamoyillarda o‘z «hissa»siga ega. SHu jihatdan atoqli tasavvufshunos Najmiddin komilov: «juda ko‘p irfoniy tushuncha–istilohlarning sharhi muhabbatga borib taqaladi», – der ekan, ayni haqiqatni aytadi. na ezgulikni, na yaxshilikni, na vatanparvarlikni, na insonparvarlikni muhabbatsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |