. Raddiya, uning usullari va qoidalari
Raddiya, uning usullari va qoidalari
Raddiya-isbotni buzishga qaratilgan mantiqiy amaldir.
Birorta fikrning chinligini rad etish unga zid bo‘lgan fikrning xatoligini ko‘rsatishdan iborat
bo‘lganligi uchun, raddiyani isbotlashning xususiy ko‘rinishi, deb hisoblash mumkin. Raddiya
ham isbotlash kabi tezis (rad qilinishi lozim bo‘lgan hukm), argumentlar (tezisni rad qiluvchi
hukmlar) va demonstratsiyadan (rad etish usuli) dan tashkil topgan bo‘ladi. Raddiya birorta
masalani muhokama qilish ya’ni bahs, munozara jarayonida uchraydi. Bahs qatnashchilaridan
biri ma’lum bir tezisni ilgari surib, uni himoya qilsa (proponent), boshqasi unga qarshi chiqadi
(opponent). Hal qilinmagan, munozarali masalalar bo‘yicha olib boriladigan bahslar polemika
hisoblanib, unda qarama-qarshi tezislar asoslanibgina qolmay, balki tanqidiy analiz ham qilinadi.
Raddiya uch xil usul bilan amalga oshiriladi:
1)tezisni rad etish;
2)argumentlarni rad etish;
3)demonstratsiyani rad etish
Do'stlaringiz bilan baham: |