Axloqiy xulq-atvorni shakllantirish va undan foydalanish



Download 40,37 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi40,37 Kb.
#198539
Bog'liq
Dilrabo 7409


Dilrabo, [23.04.21 09:49]

Axloqiy xulq-atvorni shakllantirish va undan foydalanish


Jamiyat qurilishining dastlabki bosqichlaridanoq Pitekantrop va Sinantroplar umume'tirof etilgan xulq-atvor va xulq-atvor qoidalariga muhtoj edilar.
Yoshlarga adolatni o'rgatdi. Chunki ular o'z oziqlarini teng ravishda bo'lishishlari kerak edi. Shuningdek, u tartibsizliklar va jinoyatlar uchun jazolangan.
Mehnat orqali har bir kishi jamoatda obro'-e'tibor qozondi. Shuning uchun, ish shaxsning ichki ehtiyojiga aylandi.
Til va nutq orqali bolalarni tarbiyalash usullari ishlab chiqilgan. Ular yozishni va chizishni o'rganishga harakat qildi. Yoshlar asosiy bilimlarni o'rganish orqali onglarini rivojlantirdilar. Axloqiy xatti-harakatlar mazmunli bo'lib, yoshlar kattalar maslahatiga amal qilishni boshladilar.
Tarbiya natijasida odamlar o'zlarini sub'ekt sifatida taniy boshladilar, o'z-o'zini tarbiyalash paydo bo'ldi.
Dilrabo, [23.04.21 09:49]

Qadimgi davrlardan VII asrgacha Markaziy Osiyoda tarbiyaning rivojlanishi


Bronza davrining oxiri va temir davrining boshlarida O'rta Osiyo, Baqtriya, So'g'diya va Xorazm qishloq xo'jaligi erlarida qullar jamiyati vujudga keldi.
Baqtriya, So'g'diya va Xorazmda mahalliy yozuv san'ati rivojlangan, o'qimishli odamlar ko'p bo'lgan.
So'g'diyonada bola 5 yoshida yozishni va arifmetikani o'rgangan va katta bo'lganida uni uzoq mamlakatlarga savdo-sotiq bo'yicha o'qishga yuborishgan.
Miloddan avvalgi VI asrning oxirida Xorazmda juda chiroyli haykallar va jonli namunalar topildi. Bu san'at maktablari mavjudligini isbotlaydi. Bolalarga hunarmandchilikdan tashqari arifmetik, o'qish va yozishni o'rgatadi.
Baqtriya Sharqdagi eng muhim harbiy va iqtisodiy markazlardan biridir. Bolalarga o'qish va yozishni o'rgatilgan, xarbiy tarbiya berilga
So'g'diyada, Baqtriyada, Xorazmda ta'lim va tarbiya
Dilrabo, [23.04.21 09:49]

Avesto” - eng qadimgi davrning madaniy yozma yodgorligi


“Avesto” – zardushtiylik dinining muqaddas kitobi hisoblanib, dastlabki Sharq falsafiy qarashlarini o’zida aks ettiruvchi manbadir. Unda insonni kamolotga erishuvida mehnat, ezgulik, insoniylik, soflik, bag’rikenglik kabi sifatlarning ahamiyati chuqur ifodalangan.
Zardushtiylik dinining nomi ushbu din asoschisi Zardusht (turli tillarda Zaratushtra, Zoroastr) ismidan olingan. Uning tug’ilgan joyi noma’lum. Zardusht miloddan avvalgi 1-ming yillikning birinchi choragida yashagan.
Zardushtiylar hayotining asosiy mazmuni xayrli ish, shirin so’z, olijanob o’y-fikrdan iborat bo’lgan. Insonning asosiy burchi adolatli turmush tarzi bo’lmog’i kerak. Yaxshilikning yomonlik ustidan g’alaba qilishini ko’zlab yashash kerak: yolg’on gapirmaslik, so’zning ustidan chiqmoq, faqat yaxshilik qilmoq.
“Avesto”da bolalarni o'qitish va o'qitish quyidagilarni o'z ichiga oladi.
a) diniy va axloqiy tarbiya,
b) jismoniy tarbiya,
b) o'qish va yozishni o'rgatish
Dilrabo, [23.04.21 09:49]

Xalq og’zaki ijodida xalq pedagogikasining boshlanishi


Xalq pedagogikasi xalq ommasi orasida hukmronlik qiluvchi tarbiyaning maqsadi va vazifalariga bo’lgan qarashlarni ifodalovchi amaliy pedagogik bilimlar va tajribasining sohasidir.
Xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlari deganda xalq tarbiya tajribasidan joy olgan empirik pedagogik bilimlar, ma’lumotlar, malakalar va ko’nikmalarning zamonaviy maktab va oila tarbiyaviy sistemasida bolalar va o’quvchi-yoshlarni tarbiyalash maqsad va vazifalarini hal etish uchun zarurligi(qulay shart-sharoiat yaratishi) tushuniladi.
Xalq pedagogikasining tarkibiy qismlari: xalq og’zaki adabiyoti, etnografik materiallar, xalq urf-odatlari, xalq o’yinlari, xalq o’yinchoqlari
O’zbek xalq poetik ijodida bolalarni oilada va bola yashab turgan muhitda insoniy fazilatlarni tarbiyalashning juda uzoq zamonlardan beri davom etib kelayotgan o’ziga xos xilma-xil metod va vositalari mavjud ekanligi ko’rinadi.
Yuqorida aytib o’tilganidek, xalq ijodi ham shu orqali xalq pedagogikasida qo’llanila-digan: tushuntirish, namuna ko’rsatish, odatlantirish (o’rganish, mashq qildirish), iltimos qilish, tilak-istak bildirish, yolvorish-iltijo qilish, maslahat berish, ko’ndirish, undash, ma’qul-lash, rahmat aytish, duo qilish, olqish (oq yo’l tilash), taqiq qilish, ta’na (gina, o’pka) qilish, mashara - mazax qilish, majbur qilish, tanbeh berish, koyish, qarg’ash, qo’rqitish, uzr so’-rash, ont - qasam ichirish, la’natlash, so’kish, urish, kaltaklash metodlari bo’lsada, yoshlar-ning insoniy fazilatlarini tarbiyalashda asosan: o’git-nasihat, ibrat ko’rsatish, ma’qullash va maqtash, alqash, mukofotlash, qoralash - qarg’ish, jismoniy jazo berish kabi metodlardan foydalanilgani ko’zga tashlanadi.
Dilrabo, [23.04.21 09:49]

BOSH SAHIFA

хi fan sifatida. Ibtidoiy jamoada tarbiya. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim – tarbiya va pedagogik fikrlar.
1.Pedagogika tarixi fanining predmeti va uning vazifalari.
Ibtidoiy jamoada tarbiya.
Axloqiy xulq-atvorni shakllantirish va undan foydalanish
4.Qadimgi davrlardan VII asrgacha Markaziy Osiyoda tarbiyaning rivojlanishi. So'g'diyada, Baqtriyada, Xorazmda ta'lim va tarbiya.
“Avesto” - eng qadimgi davrning madaniy yozma yodgorligi.
Xalq og’zaki ijodida xalq pedagogikasining boshlanishi
Qadimgi turkiy manbalarda ta’limotlar

Oquv-metodik majmua

NAZORAT SAVOLLARI
Maruza Pedagogika tariхi fan sifatida. Ibtidoiy jamoada tarbiya. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim – tarbiya va pedagogik fikrlar.
Qadimgi turkiy manbalarda ta’limotlar
Tаlаbаlаrni pedagogika tarixi fanining maqsad, vazifalari va rivojlanish tarixi, boshqa fanlar bilan aloqadorligi hamda Eng qаdimgi dаvrlаrdаn VII аsrgаchа tа’lim-tаrbiya vа pеdаgоgik fikrlаr taraqqiyotiga doir bilimlar bilаn tаnishtirish
Qadimgi turkiy manbalarda ta’limotlar.
Tarixiy manbalardan ma’lumki, milodiy eraning V-VI asrlaridan boshlab, Qora dengiz bo‘ylari va Dunay sohillaridan to janubiy Sibir va Mo‘g‘uliston erlarigacha, Volga bo‘ylari va O‘roltog‘i etaklaridan Afg‘onistongacha, shuningdek, Oltoy o‘lkasidan Ettisuv va Markaziy Osiyo erlarigacha turli xalqlar va qabilalarni birlashtiruvchi Buyuk Turon xoqonligi (yoki Ko‘k Turk Xoqonligi – “ko‘k” bu o‘rinda “osmoniy”, “muqaddas” ma’nolarini anglatadi) shakllandi. Buyuk imperiya goh ma’naviy yuksalish, goh tanazzul davrlarini boshdan kechirib, to milodiy eraning VIII asri boshlarigacha mavjud bo‘ldi. Bu davrda harbiy demokratiya qonunlari asta-sekin barqaror davlatchilik qoidalariga aylana bordi, umumturk adabiy tili va maxsus turkiy yozuvi hamda ta’lim tizimi ishlab chiqilib, boy tarixiy-badiy asarlar dunyoga keldi. Jumladan, “O‘g‘uznoma”, “Kultegin bitiklari”, “Tunyuquq bitigi”, “Bilga qog‘on bitigi” singari tarixiy-badiy asarlar o‘sha davr ajdodlarimiz tafakkur tarzi, orzu-armonlari, ma’naviy-ma’rifiy kamolot darajasini aks ettiradi. Ta’kidlash joizki, ushbu bitiktoshlardagi muhim mavzu Vatan va millat, mustaqil davlatchilik, el-yurt tinchligi va odobligi, xalqning yaktanligi, davlat ishlarini adolatli yuritish va yosh avlod ta’lim-tarbiyasi g‘oyalaridir.
VII – VIII asrlarda qabr toshlariga turk-runiy yozuvida o’yib bitilgan «Urxun-Enasoy» bitiglarida ham bolalarni vatanparvar, xalqparvar, tadbirkor, uddaburon, oqil qilib tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Dilrabo, [23.04.21 09:49]

1.Islom dinining tarqalishi va uning ta’lim-tarbiyaga ta’siri


VII asrda Yaqin Sharq va O'rta Osiyo arablar tomonidan bosib olindi.
Arablar islomni yoyish uchun o'zlari egallab olgan joylarda diniy maktablar ochdilar. Bu maktablada arab tilida o’qitildi va islom dinini orgatadigan fanlardan dars berildi.
2 asr davomida arab bosqinchilari hukmronligi ostida bo'lgan Markaziy Osiyoning madaniy hayoti faqat IX asrda rivojlana boshladi.
O'rta Osiyoda VIII-IX asrlarda islom dinining keng tarqalishi barcha sohalar, fan, madaniyat, falsafa, ijtimoiy hayot rivojiga o’z ta’sirini ko’rsatdi.
Dilrabo, [23.04.21 09:49]

Musulmon maktablari va unda ta’lim-tarbiya mazmuni


VII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha O’rta Osiyoda bir nechta turdagi ta’lim muassasalari (maktab, madrasa, qorixona, daloilxona) mavjud edi.
Maktablar boshlang’ich ta’lim muassasasi hisoblanib, unda bolalarga yozish va o’qish o’rgatilgan, din haqida dastlabki ma’lumotlar berilgan. Madrasalar yuqori turuvchi o’quv muas-sasasi hisoblangan, qorixona va daloilxona («Daloil al‑xayrot») quyi diniy xizmatchilarni tayyorlagan.
Maktablardagi ta’lim tizimi bir qancha bosqichli va puxta tashkil etilgani bois savod o’rganish ko’p vaqtni olar edi. Chunonchi, faqatgina alifboni o’rganishga 3-4 oydan bir yilgacha, ba’zida undan ham ko’p vaqt sarflanar edi. O’quvchilar dast-labki o’qish ko’nikmalarini egallaganlaridan so’ng «Haftiyak»ni (fors. “Qur’onning ettidan bir qismi”) o’qishni bosh-laganlar
Maktabni tamomlagan o’quvchilar ta’limni davom ettirish uchun madrasalarga kirganlar.
Madrasa odatda ikki bo’limdan, ya’ni: quyi (ibādat al-’islām) va yuqori (mas’ola) bo’limlardan iborat bo’lgan. Lekin barcha madrasalarda ham bo’limlar shunday nomlanmaganini qayd etish lozim. Masalan, Buxoro madrasalarida quyi bo’lim «mushkulāt» deb yuritilgan.

Dilrabo, [23.04.21 09:49]

Qur’oni Karim – axloqiy-falsafiy ta’limotlar manbai
«Qur’on» - dunyo madaniyatining ulkan boyligi, barcha musulmonlarning muqaddas kitobi bo’lib, arab tilida «qiroat» ma’nosini anglatadi. Qur’on 114 sura va 6632 oyatdan iborat. Qur’on kishilarni birodarlikka, tinch-totuv yashashga, ezgulikka undaydi. Shuning uchun ham u katta axloqiy ahamiyatga ega.
Dilrabo, [23.04.21 09:49]

Hadis ilmining paydo bo’lishi. Muhaddislar (Imom Ismoil al-Buxoriy, Imom Iso at-Termiziy va boshqalar)ning hadis ilmi rivojiga qo’shgan hissasi.


Islom olamida Qur’ondan keyingi o’rinda turuvchi hadislar ishonchli axloqiy manba hisob-lanadi. Hadislarda halollik, poklik, mehnatsevarlik, yurtga muhabbat, ilmga chorlash, samimiy-lik, insof, adolat, o’zgalar haqiga xiyonat qilmaslik mavzulari etakchi o’rin egalladi.
Hadislarni to’plash ishlari VIII asrdan boshlangan. Dunyoga mashhur muhaddislar Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Imom Muslim ibn Hajjoj, imom Nisoiy, imom ibn Majj’ Kazviniy, Abu Iso Muhammad as- Samarqandiy, imom at-Termiziylardir.
Imom al-Buxoriy (810-870) - islom olamining yirik mutafakkiri. Muhaddislar imomi, ha-dis ilmining sultoni deb ham yuritiladi. Bu ulug’ alloma birgina "Al jome’ as-sahih" ("Ishonchli majmua") asari ustida o’n olti yil ish olib borgan. «Al-jome’ as-sahih» asari islom olamida Qu-r’ondan keyingi eng muhim manba sifatida e’zozlanuvchi manba hisoblanadi. Shuningdek, "Al-jome’ as-sahih" asaridan odob-axloq mavzuiga bag’ishlangan hadislarni tanlab olib, alohida kitob holiga keltirgan. Bu kitob Al-adab al-mufrad ("Adab durdonalari") deb nomlangan bo’lib, bu asar 1322 ta hadisni o’z ichiga olgan.
At-Termiziy (824-892) ning ijodiy faoliyatida yaratgan asarlari ichida, “Al-Jomi’ as-sahiyh” (“Ishonchli to’plam”) eng asosiy o’rinni egallaydi. Ushbu asar “al-Jomi’ al-kabiyr” (“Katta to’plam”), “Sahiyh at-Termiziy”, “Sunan at-Termiziy”, (“Termiziy sunnatlari”) kabi nomlar bilan ham yuritiladi. Abu Iso at-Termiziy yozib qoldirgan “al-Jome’ as-sahiyh”, “ash-Shamoil an-nabaviya” kabi asarlarida keltirilgan hadisi shariflar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib insonlarni halol, adolatli, e’tiqodli, diyonatli, pokiza, mehnatsevar, muruvvatli, rahm-shafqatli, ota-ona, ayollarga nisbatan hurmatda va e’tiborli bo’lishga chorlaydi.
Dilrabo, [23.04.21 09:49]

IX-XI asrlar – Sharq Uyg’onish davri


Markaziy Osiyoda ilk uyg’onish davri 9-12 asrlarga to’g’ri keldi IX-XI asrlarda O’rta Osiyoda feodal munosabatlarning taraqqiy etishi, markazlashgan davlatlarning paydo bo’lishi, bu davrda ilm-fan, madaniy hayotning rivojlanishi uchun zamin yaratdi.
O’rta Osiyoning arablar tomonidan istilosidai so’ng iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlarda kes-kin o’zgarishlar sodir bo’ldi. O’rta Osiyoda fan va madaniyat taraqqiyotiga o’lkan hissa qo’sh-gan buyuk olimlar yetishib chiqdi. Bu yerda fan va madaniyat bobida nodir obidalarning, buyuk fan kashfiyotlarining va tadqiqotlarning yaratilishi jahon madaniyati xazinasiga bebaho hissa bo’lib qo’shildi. Shuningdek, Sharq uyg‘onish davrida sof pedagogik asarlar ham yaratilib, ta’lim-tarbiyada inson takomilining xususiy va umumiy metodlari haqida o‘lmas ta’limoti bilan nom qoldirgan tarbiyashunos olimlar ham maydonga chiqdi.
Dilrabo, [23.04.21 09:49]

Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlari


Jahon ilm-ma’riffatining buyuk nomoyondasi Muxammad ibn Muso al-Xorazmiy (783 -850) Asarlari: «Al jabr va al-muqobala», «Hind arifmetikasi xaqida kitob», «Er satxini o’l-chash», «Quyosh soatlari to’g’risida», «Yaxudiylar tarixi va ularning bayramlarini belgilash» va boshqalar.
Didaktik qarashlari: Al-Xorazmiy birinchilardan bo’lib, induktsiya, deduktsiya, si-nov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi. U birinchi marta insonlar o’rtasidagi muno-sabatlarni matematik shakllarda ifodaladi.Hindlarning o’nlik raqamlari Xorazmiy tufayli «Arab raqamlari» nomi bilan butun dunyoga yoyildi. «Xorazmiy ziji» nomi bilan mashxur astronomik jadvallar kitobi birinchi didaktik asar sanaladi
Dilrabo, [23.04.21 09:49]

1.Islom dinining tarqalishi va uning ta’lim-tarbiyaga ta’siri.
2.Musulmon maktablari va unda ta’lim-tarbiya mazmuni
3.Qur’oni Karim – axloqiy-falsafiy ta’limotlar manbai.
4.Hadis ilmining paydo bo’lishi. Muhaddislar (Imom Ismoil al-Buxoriy, Imom Iso at-Termiziy va boshqalar)ning hadis ilmi rivojiga qo’shgan hissasi
5.IX-XI asrlar-Sharq Uyg’onish davri.
6.Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlari.
7.Abu Nasr Forobiy asarlaridagi pedagogik fikrlar.
8.Abu Rayhon Beruniyning ma’rifatparvarlik qarashlari
9.Abu Ali ibn Sino tarbiya va ta’lim haqida
10.Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asarida ta’lim-tarbiya masalalari
11.Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilig” asari – pandnoma asar sifatida
12.Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul haqoyiq” asarida didaktik qarashlar.
13.Kaykovusning “Qobusnoma” asarining tarbiyaviy ahamiyati.

Oquv-metodik majmua

NAZORAT SAVOLLARI
Maruza VII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha O’rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar. Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlar va ta’limiy-axloqiy qarashlarning rivojlanishi
7.Abu Nasr Forobiy asarlaridagi pedagogik fikrlar.
Talabalarda VII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha O’rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivojiga doir bilimlarni tarkib toptirish
7. Abu Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar
Abu Nasr Forobiy (873-950) Forob (O’tror) degan joyda harbiy hizmatchi oilasida tug’ilgan. Forobda boshlang’ich ta’limni olgach, SHoshda, Buxoroda, Samarqanda ta’lim olgan.
Forobiy ta’lim tarbiyaga bag’ishlangan asarlarida ta’lim – tarbiyaning muhumligi, unda ni-malarga e’tibor berish zarurligi, ta’lim – tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to’g’risida», «Ixso – al - ulum», «Ilmlarning kelib chi-qishi», «Aql ma’nolari to’g’risida» kabi asrlarida ijtimoiy – tarbiyaviy qarashlari o’z ifodasini topgan. Pedagogik qarashlari: Forobiy birinchi bo’lib ta’lim va tarbiyaga ta’rif bergan olimdir: Ta’lim – so’z va o’rganish bilangina amalga oshiriladi. Tarbiya – esa amaliyot, ish-tajriba bilan amalga oshiriladi.
Dilrabo, [23.04.21 09:49]

1.Islom dinining tarqalishi va uning ta’lim-tarbiyaga ta’siri.
2.Musulmon maktablari va unda ta’lim-tarbiya mazmuni
3.Qur’oni Karim – axloqiy-falsafiy ta’limotlar manbai.
4.Hadis ilmining paydo bo’lishi. Muhaddislar (Imom Ismoil al-Buxoriy, Imom Iso at-Termiziy va boshqalar)ning hadis ilmi rivojiga qo’shgan hissasi
5.IX-XI asrlar-Sharq Uyg’onish davri.
6.Abu Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlari.
7.Abu Nasr Forobiy asarlaridagi pedagogik fikrlar.
8.Abu Rayhon Beruniyning ma’rifatparvarlik qarashlari
9.Abu Ali ibn Sino tarbiya va ta’lim haqida
10.Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit turk” asarida ta’lim-tarbiya masalalari
11.Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilig” asari – pandnoma asar sifatida
12.Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul haqoyiq” asarida didaktik qarashlar.
13.Kaykovusning “Qobusnoma” asarining tarbiyaviy ahamiyati.

Oquv-metodik majmua

NAZORAT SAVOLLARI
Maruza VII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha O’rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar. Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlar va ta’limiy-axloqiy qarashlarning rivojlanishi
8.Abu Rayhon Beruniyning ma’rifatparvarlik qarashlari
Talabalarda VII asrdan XIV asrning birinchi yarmigacha O’rta Osiyoda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar rivojiga doir bilimlarni tarkib toptirish
8. Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) astronomiya, geografiya, geodeziyaning amaliy masala-larini hal etish bilan birga, Sharqda birinchi bo`lib globus yasadi va astronomiyaga oid bir necha kitob yozdi («Kartografiya», «Globus yasash kitobi», «Yerdagi joylarning uzunlama va kengla-malarini aniqlash haqida maqola» va boshqalar).
Asarlari: «Minerologiya», «Geodeziya», «Hindiston», «Qadimgi xalqlardan qolgan yod-gorliklar», «Saydana» va boshqalar. Ilmiy-pedagogik qarashlari: Beruniy insonni tabiatning eng oliy kamoloti deb qaraydi. U insonning ma’naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi ikki turga bo’ladi. Uning ta’limotiga ko’ra inson kamolotida uch nar-sa muxim rol’ o’ynaydi: 1.Irsiyat. 2.Muhit. 3.Tarbiya. U o’quvchiga bilim berishda: o’quvchini zeriktirmaslik; bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o’rgatavermaslik; uzviylik, izchil-lik; yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko’rgazmali bayon etish va x. e’tibor berish kerakligini uqtiradi.
Dilrabo, [23.04.21 09:49]

Abu Ali ibn Sinoning tarbiya va ta’lim haqida


Buyuq qomusiy olim Abu Ali ibn Sino (980-1037 y) o’z davrining barcha bilim sohalarini qamrab oluvchi katta ilmiy meros qoldirgan. Uning barcha asarlarida pedagogik qarashlar mav-jud. Biz uning bilim, iroda va insonning rivojlanish jarayonidagi maqsadga intiluvchanligi, atrof muhit ta’siri, axloqiy va mehnat tarbiyasi, muomala san’ati, bolalarni jamoada o’qitish haqidagi g’oyalari muhim hisoblanadi. Asarlari: «Tadbir al-Manozil», «Tib qonunlari» «Axloq haqida risola», «Burch haqida risola», «Al-konun», «Ishq hakida risola», «Xay ibn-Yakzon», «Donishnoma» va boshqalar.
Ta’lim-tarbiyaga doir qarashlari: Ibn Sino bilim olishda bolalarni jamoa bo’lib maktab-da o’kitish zarurligini ko’rsatadi va ta’limda kuyidagilarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi:
1) bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band kilib ko’ymaslik;
2) ta’limda engildan qiyinga to’g’ri bilim berish;
3) olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo’lishi;
4) o’qitishda jamoa bo’lib maktabda o’qitishga e’tibor berish;
5) bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;
6) o’qitishni jismoniy mashqlar bilan ko’shib olib borish.

Dilrabo, [23.04.21 09:49]

Kaykovusning “Qobusnoma” asarining tarbiyaviy ahamiyati
Kaykovus 412 hijriy yilda (milodiy 1021-1022) tug’ilgan. Uning avlodlari gilon qabilasi-dan bo’lib, Tabaristonda (hozirda Kaspiy dengizining janubidagi hudud) yashaganlar. Kaykovus o’z hayoti davomida ko’rgan-bilganlari asosida o’zining buyuk «Qobusnoma» asarini yaratan. Kitobni u o’g’li Gilonshohga bag’ishlagan. “Qobusnoma” 44 bobdan iborat. Dastlabki 4 bobi Haqni tanimoq, Paygʻambarlarning xilqati (yaratilishi), Alloh neʼmatiga shukur qilmoq haqida boʻlib, qolgan 40 bobi ota-onani hurmatlash, ilmiy bilimlarni, sanʼatni egallash, harb, savdo, dehqonchilik ishlari va hunarni oʻrganish, odob-axloq qoidalariga rioya etish, farzand tarbiyasi, saxovat va juvonmardlik kabi koʻplab masalalarni oʻz ichiga oladi. Kaykovusning «Qobusno-ma» asarida yoshlar tarbiyasida - juvonmardlik talablaridan eng muhimi - axloq tarbiyasi deb ko’rsatiladi.
Dilrabo, [23.04.21 09:49]

CHor Rossiyasining ta’lim siyosati.Turkistonda rus maktablarining ochilishi. Erlik aholi uchun rus-tuzem maktablarining tashkil etilishi


Dilrabo, [23.04.21 09:49]

Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarida didaktik qarashlar


Ahmad Yugnakiy (12-asr oxiri, - 13-asr 1-yarmi, ?) - shoir, mutafakkir. Tarjimai holi haqida deyarli maʼlumot yoʻq. “Hibat ulhaqoyiq” (“Haqiqatlar tuhfasi”) asari bizgacha yetib kelgan. Asar o’n to’rt bobdan iborat. Asarda boshqa ta’limiy-axloqning asarlar kabi insonni barkamol etishning asosiy belgisi bu uning xushxulqligidir, deyiladi. Shuning uchun adib asarda axloqning tarkibiy kismi sanalgan tilni tiyish, mol dunyoga muxabbat qo’yishning oqibatlari, saxovat va baxillik, kamtarlik, jinoyat yo’lidan saqlanish haqida, xarom va xalollikning farzlari, ularni bir-biridan farqlay olish, e’tiqod va sadoqat kabi muhim masalalar ustida fikr yuritadi.
Ulug‘likka etsang unutma o‘zing,
Agar atlas kiysang, unutma bo‘zing.

Ming er do‘sting ersa o‘qish ko‘rmagil,


Bir er dushman ersa, ani ozlama.
Dilrabo, [23.04.21 09:49]

Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit-turk” asarida ta’lim-tarbiya masalalari


Mahmud Koshgʻariy (XI asr) Markaziy Osiyoda ilk oʻrta asr madaniyatining buyuk arboblaridan boʻlib, tilshunoslik sohasida, xususan turkiy tillarni oʻrganish sohasida mashhur boʻldi va tarihda oʻchmas iz qoddirdi.
Mahmud al Qoshg‘ariyning mashhur kitobi “Devoni lug‘at at-turk” turkiy ensiklopediya ko‘rinishidadir. Unda umumiy tarixiy-madaniy, etnografik va tilshunoslik ma’lumotlari to‘plan-gan va jamlangan. Qoshg‘ariyning “Devoni” - turkiy madaniyat yodgorligi bo‘lib, o‘zida axloqiy qadriyatlar va tarbiya tartiblarini, avvalgi ajdodlardan barcha merosni o‘zlashtirgan XI asrdagi turkiy xalqlarning o‘ziga xos dunyoqarashini jamlagan.
Kitobdagi misralar xalq maqolariga aylanib ketgan. Masalan:
“Tirishqoqning labi yog‘liq, erinchoqning boshi qonlik».
“Odobning boshi – til”.
Dilrabo, [23.04.21 09:49]

Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilik” asari – pandnoma asar sifatida


Qoraxoniylar davrining atoqli shoiri, donishmand va davlat arbobi Yusuf Xos Hojib-ning (XI asr) “Qutadgu bilik”(“Baxt-saodatga boshlovchi bilim”) deb nomlangan didaktik, badiiy-falsafiy asari bizgacha yetib kelgan bolib, boshqa asarlari ma'lum emas. «Qutadg’u bilig» - baxt-saodatga eltuvchi bilim, ta’lim degan ma’noni bildiradi. Asar pand-nasixat, ta’lim-tarbiyaga oid etuk didaktik asar, xar tomonlama etuk insonni tarbiyalaydigan darslik. Asarda to’rt qaxramon Kuntug’di – adolat ramzi, Oyto’ldi – davlat va baxt ramzi, O’g’dulmish – aql ramzi, O’zgurmish – qanoat timsoli o’rtasidagi munozara asosida xayotiy masalalar bir-biriga bog’langan xolda bayon etilib, kitobni yozishdan o’z oldiga ko’ygan maqsadga bo’ysundiriladi.
O‘quv qayda bo‘lsa, ulug‘lik bo‘lar,
Bilim kimda bo‘lsa, buyuklik bo‘lar.

O‘quv qut beradi, bilim – shon-sharaf,


SHu ikkov tufayli ulug‘dir inson.
Dilrabo, [23.04.21 09:49]

XIX asrning 2-yarmida O’rta Osiyo CHor Rossiyasining mustamlakasiga aylandi. 1867 yil bu o’lkada Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi. Gubernatorlikda Ettisuv, Sirdaryo viloyatlari tuzildi. 1890 yildan Samarqand, Farg’ona, Kaspiy atrofi viloyatlari va Orol flotiliyasi qo’shimcha tashkil etildi.

CHorizmning maktab sohasidagi siyosat ruslashtrishdan iborat bo’lsa ham, lekin rus bolalari bilan mahalliy aholi bolalarining birgalikda o’qishlari, ular o’rtasida o’zaro do’stlikni tarbiyalar edi.

Rus maktabiga o’qishga kirgan bolalar rus tilini mutlaqo bilmas edilar, natijada ancha qiyinchilik tug’ilar edi. SHuning uchun rus maktabiga kirgan, lekin rus tilini mutlaqo bilmaydigan o’quvchi rus tilida so’zlashishni o’rganib olmaguncha odatda quyi bo’limda o’qir, rus tilida so’zlashishni o’rganib olgandan keyingina yuqori bo’limga o’tkazilardi. YUqori bo’limlarga o’quv yilining o’rtalarida ham o’tkazilar edi, chunki maktablar kichkina bo’lib, bir vaqtning o’zida mashg’ulotlar bir necha bo’limlar bilan olib borilar edi

Rus-tuzem maktablaridagi darsliklar sodda va ixcham ko’irinishda bo’lishiga qaramay, mahalliy millat an’analari va urf–odatlari, umuman mahalliy xalqning o’ziga xos xususiyatlari-dan tamomila yiroqda edi.
Dilrabo, [23.04.21 09:49]

3.Turkistonda jadidchilik harakati. YAngi usul maktablarining ochilishi.


Talabalarni XIX asrning 2-yarmi – XX asrning 1-choragida Turkiston o’lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar. 1917-1991 yillarda O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar rivoji to'g'risidagi nazariy bilimlarini boyitish.
Jadidlar harakat ijtmoiy-tarbiyashunoslik tafakkurining alohida bir oqimi sifatda Turkistonda yashovchi xalqlar orasida shakllandi. Turkistondagi jadid (jadid so’zi arabcha “yangi usul”, “yangilik”,demakdir) maktablarining yuzaga kelish imashhur qrim-tatar arbobi Ismoilbek Gaspirali nomi bilan bevosita bog’liqdir.
1851 yilda tavallud topgan Ismoilbek Gaspirali ilg’or demokratik g’oyalarni mu-sulmonchilikning diniy asoslari bilan birlashtrish yo’lida qizg’in kurash olib bordi. Turkiy xalqlarning milliy mustaqilligi uchun kurashgan Ismoilbek Gaspirali o’z nav-batida jadidchilik oqimining asoschisi sifatida dunyoga tanildi. Ko’p yurtlarda safarda bo’lgan Ismoilbek Gaspirali xalq taraqqiyoti birinchi navbatda maorifga bog’liq ekan-ligini anglab yetib, jamiyatdagi tub o’zgarishlarni amalga oshirishni yangi usuldagi maktab tuzishdan boshladi. Gaspirali tomonidan ochilgan yangi usuldagi maktab tez orada shuhrat qozondi. Jadid maktablarining ommaviy tus olishiga asosiy sababi.Gaspirali tomonidan 1883 yildan boshlab nashr etila boshlangan “Tarji-mon” gazetasi bo’ldi. SHu bilan birga Ismoilbek Gaspirali o’zi tashkil maktab uchun bir qator darsliklar va o’quv qo’llanmalari ham yaratdi. Uning yangi usuldagi maktab hayotga bag’ish-langan asarlari jumlasiga “Hujai Subyona”, “Qirsat turki”, “Rahbari muallimin” kabi darslik va o’quv qo’llanmalarini kiritsa bo’ladi. Gaspiralining ushbu asarlari o’quv jarayonini tashkil etish, darsliklarga qo’yiladigan talablar, musulmon o’quv adabiyotda qo’llaniladigan didaktik va metodik ko’rsatmalar bilan jadid maktablari taraqqiyotga ulkan hissa qo’shdi
Dilrabo, [23.04.21 09:49]

Siddiq Rajabov butun umri davomida pedagogika fanining rivojlanishiga xizmat qildi. Olimning O’zbekistonda pedagogika fanining rivojlanishiga qo’shgan eng katta hissasi, bu albatta, pedagogika oliygohlari talabalari uchun “Pedagogika” darsligini chop ettirishi bo’ldi. Olim darslikning redaktsiyasini boshqardi, bir nechta qismlarini o’zi yozdi, 1962, 1966 va 1981 yillarda qayta-qayta to’ldirib, nashr ettirdi.


Dilrabo, [23.04.21 09:49]

O’zbekiston Respublikasi Preziden-tining 2017-yil 20-apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-2909-son Qarori qabul qilindi.


Dilrabo, [23.04.21 09:54]

5.Turkiston o’lkasida ta’lim siyosati (1917-1924 y).


Talabalarni XIX asrning 2-yarmi – XX asrning 1-choragida Turkiston o’lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar. 1917-1991 yillarda O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar rivoji to'g'risidagi nazariy bilimlarini boyitish.
1917 yilgi fevral voqealari va oktyabr davlat to’ntarishidan so’ng Markaziy Osiyo xalq-larining hayotida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-mafkuraviy, jumladan xalq maorifi sohalarida keskin o’zgarish yuz berdi.
Turkiston o’lkasida milliy demokratiya vakillari, mashhur ma’rifatparvar ziyolilar tomonidan yangi usuldagi maktablarning kengtarmog’ini yaratish, maktab-maorif borasida zudlik bilan islohotlarni amalga oshirish yuzasidan bir qator takliflar ilgari surildi.
1917 yil fevralidan oktyabr orasida Turkistonning yirik shaharlarida turli tillarda dars beriladigan xususiy maktablar ochildi.
Turkiston o’lkasining markazi – Toshkentda 1917 yil 9-14 may kunlari o’qituvchilarning 1-O’lka qurultoyi bo’lib, bunda “Turkiston O’qituvchilar ittifoqi” tashkil etildi.
1918 yilning 23 martida RSFSR Maorif Xalq Komissarligi Turkiston o’lkasi Xalq Komissarligi Kengashi o’lka xalq ta’limi kengashini tashkil etish haqida buyruq chiqardi. Mazkur Kengash Turkiston hududida xalq ta’limi tizimiga rahbarlik qilishi lozim edi. Joylarda ularning viloyat, shahar, uezd kengashlari huzurida xalq ta’limi kengashlari tashkil etildi.
1918 yilning yozida Samarqandda “musulmon O’qituvchilari uchun pedagogik kurslar” ochildi. O’sha yilning kuzida Toshkentda – Toshkent uezdining tub erli aholisi uchun maktab o’qituvchilari kurslari ochildi.
Umuman Markaziy Osiyoda Oktyabr to’ntarishiga qadar bir necha turdagi maktablar mavjud edi. Ular:
1. Musulmon diniy maktablar:
a) maktab (xona) — eski maktab;
b) qorixona;
v) madrasa;
2. Rus maktablari:
a) umumiy ma’lumot maktablari;
b) kasb maktablari;
v) rus-tuzem maktablari;
g) rus tilini o’rgatish maktablari.
3. “YAngi usul” maktablari (usuli jadid).
Dilrabo, [23.04.21 09:54]

7.1945-1991 yillarda O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji.


Talabalarni XIX asrning 2-yarmi – XX asrning 1-choragida Turkiston o’lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar. 1917-1991 yillarda O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar rivoji to'g'risidagi nazariy bilimlarini boyitish.
Urushdan keyingi dastlabki yillarda O’quvchilarning maktabni tashlab ketishi garchi birmuncha kamaygan bo’lsa ham, har holda davom etaverdi: 1945—46 o’quv yilida O’zbekiston maktablaridagi o’quvchilar soni rejadagi 1 mln.10 ming kishi o’rniga 823 ming kishidan iborat bo’ldi. Sinfda qolgan o’quvchilar soni ham ko’p bo’lib, 1946 yilda u barcha O’quvchilarning 37%ini tashkil etardi. Ayniqsa qiz bolalarni maktabga jalb qilish, ularni O’qishni tugaguncha ushlab turish alohida muammo sifatida ko’ndalang bo’lib turardi.
O’qituvchi xodimlar masalasi urushdan keyingi yillardagi eng jiddiy muammolardan biri edi. CHunki malakali o’qituvchilar asosan urushga yuborilgan, ularning ko’pchiligi halok bo’lgandi. Xususan, 1947 yilda respublika bo’yicha 4 ming o’qituvchi etishmasdi. 1950 yilda 7125 maktab O’qituvchilarga muhtojlik sezardi.
O’zbekiston SSR Oliy Sovetining 1957 yil 1 oktyabrdagi sessiyasida “O’zbekiston SSRda majburiy etti yillik ta’limni to’liq amalga oshirish to’g’risida”gi qonunning qabul qilinishi maktablarda ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan dastlabki qadam bo’ldi.
1958 yili to’liqsiz etti yillik o’rta ta’lim, umumiy majburiy sakkiz yillik ta’lim maktabiga aylantirildi.
Sakkiz yillik maktabni tamomlagan o’quvchilar quyidagi o’quv yurtlarida o’qishlari mumkin edi. Ular: 1) To’liq umumiy ta’lim o’rta maktablarida (IX-X sinflarda); 2) o’qish muddati uch-to’rt yillik bo’lgan texnikumlarda; 3) hunar va umumiy ta’lim bilimlarini birgalikda beradigan hunar-texnika bilim yurtlarida hamda 4) ishchi va qishloq yoshlari maktablarida.
1985-1990 yillar xalq ta’limi tizimida ayrim siljishlar ruy berdi. Ammo bu davrda ta’lim va tarbiya sohasidagi ziddiyatli holatlar yanada keskinlashdi. Maktab, o’rta maxsus va oliy ta’limda rivojlanishning ekstensiv yo’li o’z imkoniyatlaridan to’liq foydalanib bo’ldi. O’qituvchi va talabalarning ijtimoiy faolligi ortgani sari sovet ta’lim tizimining chirishi kuchaya bordi.
80-yillarning o’rtalaridan boshlangan xalq maorifidagi islohotlar mavjud muam-molarni xalq ko’zidan yashirishga o’rinishdan bo’lak narsa emasdi. Islohotdan ko’zlangan maqsad «sovet tizimi»ni yuqori darajaga ko’tarish, mutaxassis va o’quvchilar bilim sa-viyasini oshirish, ta’limni demokratlashtirishdan iborat edi. Islohotda umumiy o’rta ta’lim o’n bir yillik bo’lib, I-IV sinflar – boshlang’ich maktab, V-IX sinflar esa to’liqsiz o’rta va X-XI sinflar – barchasi umumta’lim maktabini tashkil qiladi. Mazkur tuzilishga binoan o’rta umumiy ta’lim maktablarida bolalarni olti yoshdan boshlab o’qitish nazarda tutiladi.
Siddiq Rajabov hayoti va faoliyati hamda uning pedagogika fani rivojiga qo’shgan hissasi
Siddiq Rajabov 1910 yili 1-aprelda Qozog’iston Respublikasining Avliyo ota (hozirgi Ta-raz) shahrida tavallud topdi. U shu shaharda to’liqsiz o’rta maktabni tugatib, 1926 yili Farg’ona pedagogika texnikumiga o’qishga kiradi.Texnikumni 1930 yili tugatadi. SHu oraliqda, 1928-29 yillarda Qashqadaryoning G’uzor tumanidagi olis bir qishlog’ida ochilgan maktabda o’qituvchi-lik qiladi. 1930 yili Farg’ona pedagogika institutiga o’qishga kiradi. Institutni tugatgach, 1934-37 yillarda O’zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti aspiranturasida o’qiydi. 1935 yili yangidan ochilgan Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika insitutining pedagogika kafedrasiga o’qituvchi qilib ishga qabul qilinadi. Urush yillarida “Qizil O’zbekiston” gazetasi-ning ma’sul kotibi bo’lib ishlaydi.
Olimning yana bir katta mehnati YA.A.Komenskiyning “Buyuk didaktika” asarini rus tilidan o’zbek tiliga tarijima qilishni tashkil etishi bo’ldi. S.Rajabovning mas’ul muharriligida professor Malla Ochilov bu kitobni tarjima qilib, 1975 yili nashr ettiridi.
Dilrabo, [23.04.21 09:54]

Abdulla Avloniy biz yuqorida ta’kidlab o’tgan fikr, ya’ni barchani birdek ma’rifatli qilish g’oyasini ham nazariy, ham amaliy jihatdan isbotlab berishgan. Amaliy tarafdan o’zlari yangi usul maktabi ochib, kambag’allarning bolalarini o’qishga jalb etishgan bo’lsa, nazariy jihatdan esa, yozgan darslik va qo’llanmalarida bayon etib berish-di. Jumladan, Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida tarbiya xususida gapirib, shunday misralarni keltiradi:


«Temirchining bolasi tarbiya topsa,
bo’lur olim,
Buzilsa xulqi, Luqmon o’g’li bo’lsa,
bo’lg’usi zolim.
YOmonlarga qo’shildi Nuhning o’g’li,
bo’ldi beimon,
YUrurdi kahfit xo’blarila
bo’ldi inson.»
Bunday yorqin fikr «kambag’al kishilarning bolalari aqliy jihatdan qoloq, ular jadid maktablarida o’qishga noloyiq» deguvchilar uchun kuchli zarba bo’ldi
Dilrabo, [23.04.21 09:54]

4.Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Abduqodir SHaku-riylarning yangi usul maktablarini tashkil etishdagi ma’rifatparvarlik xizmatlari.


Talabalarni XIX asrning 2-yarmi – XX asrning 1-choragida Turkiston o’lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar. 1917-1991 yillarda O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar rivoji to'g'risidagi nazariy bilimlarini boyitish.
XX asr boshlarida Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg’ona vodiysi shaharlarida o’nlab “usuli jadid” maktablari ochildi. Uni bitirganlar orasidan Turkiston ma’naviy-ma’rifiy dunyosini milliy uyg’onishiga kuchli ijobiy ta’sir qiladigan zabardast namoyandalar etishib chiqdi.
“Turkiston jadidlarining otasi” Mahmudxo’ja Behbudiydir. Mahmudxo’ja Behbudiy 1875 yilning 19 yanvarida Samarqand yaqinidagi Bax-shitepa qishlog’ida ruhoniy oilasida dunyoga keldi. Otasi Behbudxo’ja Solixo’ja o’g’li Ahmad YAssaviy avlodlaridan bo’lib, onasi esa, asli xorazmlik bo’lgan. Otasi 1898 yil vafot etgach, u tog’asi, qozi Muhammad Siddiq tarbiyasida bo’lib, undan arab, forsiy til-larini chuqur o’rganadi. Behbudiy dastlab Samarqand, so’ngra Buxoro madrasalarida tahsil oladi. Tinimsiz va qunt bilan o’qib, imom-xatb, so’ngra qozi, muft darajasiga ko’tariladi. Bu mansablar shariatning yuqori maqom-lari hisoblangan
Munavvar qori Abdurashidxonov (1878-1931) Vatan va millat fidoyisi, mustamlaka-chilikning chorizm va sho’ro ko’rinishlarini ayovsiz fosh qiluvchi ma’rifiy, siyosiy arbob, tolmas kurashchi, jadidchilik harakatning yirik namoyandasidir. XX asr boshida milliy uyg’onishga katta xissa qo’shgan millatning ma’naviy rahnamosi bo’lgan Munavvarqori Toshkentning SHayhontohur dahasidagi Darxon maxallasida dindor ziyoli oilasida tavallud topdi. Otasi Abdu-rashidxon madrasada mudarris, onasi Xosiyatxon mahallaning otin oyisi bo’lgan. Munavvarqori ilk saboqni ota-onasidan, mahalla mak-tabidan olib savodini chiqardi. So’ngra Toshkent va Buxoro madrasalarida o’qib, o’z davrining etuk ziyolisi bo’lib etishdi. 1904 yildan faol ijtmoiy-siyosiy, ma’rifiy faoliyatga tortildi. Mustamlakachilarga qarshi kurashchilarning darg’asi dara-jasiga qo’tarildi. Jadidlar maktablari ochilishining tashabbuskori va amaliyotchisi, jadidlar matbuotga doir gazeta va jurnallar asoschisi, muharriri, jadidlar teatri targ’ibotchisi bo’lishdek og’ir vazifa Behbudiy bilan bir qatorda Munavvarqori zimmasiga ham tushdi. U mana shu xizmatlari bilan ismi-jismiga ham ohang bo’lib, millatmizning ma’rifiy kelgusi va mustaqillik yo’lini munavvar qilib ketgan zot, shuningdek zulmat uyqusidagi millatmizni milliy uyg’onishga chorlagan va bong urgan vatanparvar sifatida tariximizdan munosib o’rin oldi.
Abduqodir SHakuriy (1875-1943) Samarqand shahri yaqinidagi Rajabamin qish-log’ida 1901-yilda yangi usuldagi maktabni tashkil qiladi. YAngi usuldagi bu maktabda arifmetka, tabiatshunoslikka bu dunyoviy fanlar o’qitlardi. SHakuriy o’zi ochgan yangi usuldagi maktabida arab tilining qoidalari va harflarni o’qitishga jiddiy e’tibor bergan holda, o’quvchilarni so’z bo’g’inlari bilan tanishtirar va shu bo’g’inlar asosida bolalar uchun tushunarli sodda so’zlarni tuzardi.
O’qishning birinchi kunidanoq so’z bo’g’inlarini SHakuriy daftarga yozdirar va ular-ni o’qish, yozishga o’rgatar edi. Keyin esa muallim bo’g’inlarni harflarga ajratar va bu xarflardan yangi bo’g’inlar tuzar edi. SHu tarzda bola besh-olti oy davomida o’qish va yozishga o’rgati-lardi. Keyin esa SHakuriyning o’zi tuzgan «Rahnomai savod» («Savodchi qarish rahbari») va uning shogirdi Ismatulla Rahmatullaev tomonidan tovush-harf uslubi asosida tuzilgan «Alifbe ta’limi» darsligi o’qitlardi.
Abdulla Avloniy (1878-1934) Toshkentda to’g’ilgan. A.Avloniy nashr etgan ro’zno-malar ilg’or fikrlar targ’ibotchisi bo’lgani uchun ham uning faoliyat chorizm hukumat tomonidan tez-tez taqiqlanar edi. SHundan so’ngu ilg’or g’oyalarni ma’rifat o’chog’i – maktab orqali xalqqa tarqatishga qaror qiladi va 1903 yilda Toshkentning Mirobod mahallasida yangi usulda maktab ochadi. A.Avloniy o’zi ochgan maktabda kambag’allarning farzandlarini, yetim-yesirlarni o’qitdi.
Dilrabo, [23.04.21 09:54]

6.1924-1945 yillarda ta’lim va pedagogika fani


Talabalarni XIX asrning 2-yarmi – XX asrning 1-choragida Turkiston o’lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar. 1917-1991 yillarda O’zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar rivoji to'g'risidagi nazariy bilimlarini boyitish.
Ma’lumki, 1924 yilda amalga oshirilgan milliy davlat chegaralanishi natijasida mintaqa kartasi qaytadan tuzildi. SHuni ta’kidlash lozimki, 20-30 yillardagi juda murakkab, siyosiy ijtimoiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar respublikaning milliy ma’daniyatiga har hil tarzda ta’sir o’tkazdi, barcha sohadagi o’zgarishlarni qarama-qarshi tusga kiritdi va respublika taraqqiyo-tining asosiy tendentsiyalari xamda yo’nalishlarini uzoq yillarga belgilab berdi.
Respublika sharoitlarida ma’daniy taraqqiyotning zamonaviy rivojlangan darajasiga o’tish xaddan tashqari katta qiyinchiliklarni yengish bilan bog’liq bo’lib, keskin mafkuraviy kurash bilan birgalikda davom etib bordi. SHunday bo’lsada, madaniyatni yangidan qurish jarayonlari tobora ustuvor tus oldi. Buning sabablari avvalo o’zbek xalqining azaldan bilimga intilishi, madaniy merosni qadrlashida ko’rinadi. Bundan tashqari oktyabr to’ntarishidan avval madaniy ishlar olib borgan jadid deb atalmish ziyolilar xalqqa yordam berish uchun maorif sohasi, mak-tablarda ishlab, o’z faoliyatlarini davom ettirdilar. Bu jarayonlar avvalo darslar ona tilida olib boriladigan I (besh yillik ta’lim) va II (turt yillik ta’lim) bosqich maktablarni va ularni darsliklar, o’quv qurollari bilan ta’minlash, maorif institutlari, o’qituvchilarni tayyorlash kurslari va boshqalarni tashkil etishdan iborat bo’ldi.
SHu bilan bir vaqtda katta yoshli aholi o’rtasida savodsizlikni tugatish yuzasidan keng miqyosda kampaniya avj oldirildi. 1921-22 o’quv yilidayoq respublikaning ko’pgina shaharlari va qishloq joylarida mingdan ortiq savod maktablari, savodsizlikni tugatish kurslari va tarmoq-lari faoliyat ko’rsatdi, ularda 50 ming kishi xat-savod chiqardi. Savodsizlikni tugatish ishi tiklash davrining dastlabki yillarida qiyinchiliklarga duch keldi: o’qituvchilar, maktab binolari, asbob-jixozlar, o’quv qo’llanmalari, pul mablag’lari etishmas edi. Biroq bu soha, garchi qiyinchilik bilan bo’lsada, izga tusha boshladi, katta yoshli kishilarni o’qitish shakl va usullari takomillash-tirildi, savod maktablari tarmog’I birmuncha kengaytirildi, savodsizlikni tugatuvchi mahalliy o’qituvchilar soni oshdi. Bu dastlabki yutuqlar keyingi yillarda savodxonlikni oshirish yuzasidan avj olgan umumxalq harakatining debochasi bo’ldi.
Hamza Xakimzoda Niyoziy, T.SHermuhamedov, T.N.Qori Niyoziy, Ergash Komilov, Abdulqodir Nabixo’jaev, Rozi Nazarov, Muharrama Qodirova, Zebuniso Polvonova, P.Qayu-mov, K.Abdurashidovva boshqalar yangi maktab yaratish, uni rivojlantirish uchun faol kurashdilar hamda dastlabki o’qituvchilardan bo’lib qoldilar.
Xalq ma’rifatining yuksalishi yo’lida hamon g’ov bo’lib turgan muammo aholining savod-xonligini oshirish bo’lib, savodsizlikka barham berish davr talabi edi. Bu maqsadda ko’plab yangi savod maktablari va kurslar ochildi. Minglab aholi savodli bo’ldi. SHuni aytish joizki, 1930 yili majburiy umumiy boshlangich ta’limning joriy etilishi savodsizlik ko’lamlarini qisqartirishga yordam berdi. Ajratilgan mablag’lar maktablar maydonini ancha kengaytirishga, ularning moddiy bazasini mustahkamlashga imkon berdi. Umumiy ta’limni amalga oshirish uchun o’qituvchilar, talabalar, ilm-fan xodimlari, yoshlar jamoalarining katta armiyasi safarbar etildi. 30-yillarning oxirlarida umumiy etti yillik ta’limni amalga oshirishga kirishildi.
20-30-yillarda xotin-qizlarning savodini chiqarishga katta e’tibor berildi, ayollarning savodsizligini tugatish bo’yicha maxsus kurslar tashkil qilindi. 1926 yilda respublikadagi 82 ta savodsizlikni bitirish maktablarida 2700 xotin-qiz o’qigan bo’lsa, 1936 yilda 186 ming ayol savodini chiqargan.
1940 yilning may oyida O’zbekistonda “O’zbek yozuvini lotinlashtirilgan alfavitidan rus grafikasi asosidagi yangi o’zbek alfavitiga ko’chirish to’g’risi-da”gi qonun qabul qilindi.
Dilrabo, [23.04.21 09:54]

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun – Respublika-mizda ta’lim-tarbiyani tashkil etish va kadrlar tayyorlashning huquqiy asosi sifatida.

Tаlаbаlаrdа mustaqillikkka erishilganidan so’ng O’zbekis-tonda ta’lim tizimi va pedago-gik fikrlar rivoji haqidagi aniq nuqtai nazarni qaror toptirish.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun – Respublikamiz-da ta’lim-tarbiyani tashkil etish va kadrlar tayyorlashning huquqiy asosi hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida “Har kim bilim olish huqu-qiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”, deb belgilab qo’yilgan.

O’zbekiston Respublikasining“Ta’lim to’g’risida” gi Qonuning (2020 yil 23-sentyabr) 5-moddasida bilim olish huquqi qadriyat sifatida quyidagicha ko’rsatib berilgan: ”Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi”.

Qonuning 20-moddasida imkohiyati cheklangan bolalarning ta’lim olishi quyidagicha ko’rsatib berilgan: “Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlar-ning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilot-larida ta’lim olishga bo’lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan.

Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo’lgan bolalar (shaxslar) uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etiladi.

Inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
Dilrabo, [23.04.21 09:54]

Mustaqill O’zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar.


Tаlаbаlаrdа mustaqillikkka erishilganidan so’ng O’zbekis-tonda ta’lim tizimi va pedago-gik fikrlar rivoji haqidagi aniq nuqtai nazarni qaror toptirish.
Mustaqil O’zbekistonning “Ta’lim to’g’risida” gi qonuni birinchi bo’lib 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan. Ushbu birinchi qonun 7 bo’lim va 44 moddadan iborat edi.
Ushbu Qonunga muvofiq umumiy o’rta ta’lim uch bosqichdan iborat edi: boshlang’ich (1-IV sinflar), tayanch(V-IX sinflar) va o’rta (X-XI (XII) sinflar). Tayanch ta’lim majburiy bo’lib, u o’rta maktablarni, turli kasb-hunar va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida davom ettirish huquqini berdi.
Mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy barqarorlik, ta’lim sohasidagi o’zgarishlar 1992 yildagi “Ta’lim to’g’risida” gi qonunni qayta ko’rib chiqishni taqozo etdi. Shu maqsadda 1997 yil 29-av-gustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida o’zgartirilgan “Ta’lim to’g’risida” gi Qonun qabul qilindi.
Yangi qonun 5 bo’lim va 34 moddadan iborat edi. Qonunga muvofiq, O’zbekiston Respub-likasi 9 + 3 sxemasi bo’yicha 12 yillik majburiy bepul ta’lim tizimini qabul qildi. 9 yillik umumiy o’rta ta’limdan so’ng o’quvchilar keyingi 3 yil davomida ixtisos-lashtirilgan kasb-hunar kollejlarida yoki akademik litseylarda ta’lim olishdi.
Ushbu IX sessiyada “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ham qabul qilindi. Dasturning maqsadi ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdagi g’oyaviy merosdan butunlay toza-lash, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida eng yuqori ma’naviy-axloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish edi.
Kadrlar tayyorlashning milliy modelining tarkibiy qismlari – bu shaxs, davlat va ja-miyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarishdir. Milliy dastur ushbu tarkibiy qismlarning har birining kadrlar tayyorlashdagi vazifalarini aniq va aniq belgilab beradi.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi qonuni uchinchi marta 2020 yil 23-sentyabrda qabul qilindi. Ushbu Qonunning yangi tahriri ta’lim turlarini o’zgartirishni nazarda tutadi.
Masalan, maktabgacha ta’lim tarbiya bilan to’ldirilgan. Umumiy o’rta ta’limga o’rta maxsus ta’lim kiradi. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi professional ta’li-mi deb o’zgartirildi. Professional ta’lim boshlang’ich professional ta’lim, o’rta professional ta’lim, o’rta maxsus professional ta’limi turlariga ajratildi.
Professional ta’lim turlarining ushbu ta’rifi kasbiy ta’limni tartibga soladi. Qonunga ko’ra, mutaxassisliklarning murakkabligiga qarab, kasb-hunar ta’limi muddati, ta’lim muassasalari har xil bo’lishi kerak. Yangi qonun ta’lim turlarini puxta ishlab chiqqan.
Oliy ma’lumot o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi asosida ikki bosqichda amalga oshiriladi: bakalavr va magistr darajalari.
Ta’lim turlari quyidagilardan iborat:
• Maktabgacha ta’lim va tarbiya.
• Umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim.
• Professional ta’lim.
• Oliy ta’lim.
• Oliy ta’limdan keyingi ta’lim.
• Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
• Maktabdan tashqari ta’lim.
Mustaqillik yillarida universitetlar soni 37 tadan 125 taga ko’paygan.
Bugungi kunda mamlakatimizda AQSh, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Rossiya, Hindiston, Singapur, Malayziya va boshqa mamlakatlar bilan hamkorlikda 22 ta xorijiy univers-itet va filiallar faoliyat yuritmoqda. O’zbekistondagi xorijiy universitetlar axborot-kommunika-tsiya texnologiyalari, xalqaro huquq va munosabatlar, biznesni boshqarish, dasturlash va boshqa zamonaviy yo’nalishlarda kadrlar tayyorlamoqda.
O’zbekistonda maktab o’quvchilari uchun «Umid nihollari», kollej va litsey o’quvchilari o’rtasida “Barkamol avlod» musoba-qalari, talabalar o’rtasida Universiada musobaqalarining uch bosqichli tizimi yaratildi.
Dilrabo, [23.04.21 09:54]

Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivojining asosiy yo’nalishlari.

Tаlаbаlаrdа mustaqillikkka erishilganidan so’ng O’zbekis-tonda ta’lim tizimi va pedago-gik fikrlar rivoji haqidagi aniq nuqtai nazarni qaror toptirish.

Mustaqillik yillarida O’zbekistonda pedagogik fikrlar mazmuni bilan tanishish, ularda ilgari surilgan g’oyalarni umumlashtirish asosida ularning quyidagi asosiy yo’nalishlar bo’yicha rivojlanganligiga guvoh bo’lish mumkin:

I.Pedagogika fani metodologik g’oyalarining takomillashuvi.

1. Totalitar tuzum davrida o’rganilishi ma’n etilgan milliy-pedagogik qarashlarning o’rganilishi va pedagogika faniga olib kirilishi.

2. Ijtimoiy-g’oyaviy, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotda etakchi o’rin tutuvchi g’oyalarning pedagogik qarashlarda o’z ifodasini topishi.

II. Pedagogik bilimlar ijtimoiy-g’oyaviy asoslarining boyishi.

1. Ta’lim mazmunida milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasi asoslari, insonparvarlik va demokratik qarashlarning aks etishi.

2. Milliy-madaniy meros namunalaridan foydalanish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligiga erishish orqali yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash.

III. SHaxsni ijtimoiylashtirish.

1. Erkin, mustaqil fikrlovchi, ijodkor, ijtimoiy faol shaxni shakllantirish.

2. SHaxsda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarkib toptirish.

3. YOsh avlodda ijtimoiy voqelikka ongli munosabatni qaror toptirish.

IV. YAngicha ta’limiy qarashlarning paydo bo’lishi.

1. YUksak malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda tayanch o’rin tutuvchi uzluksiz ta’lim tizimining yo’lga qo’yilishi.

2. Ta’lim sohasida davlat va jamoatchilik boshqaruvining yo’lga qo’yilishi.

3. Ta’lim marketingi va ta’lim xizmatlari sohasining tashkil etilishi.

4. Ta’limning yangi didaktik parametrlarini aniqlash.

5. YAngi o’quv predmeti va o’quv kurslarini o’qitishning yo’lga qo’yilishi.

6. Hamkorlikda o’qitish va mustaqil ta’limning ommalashuvi.

7. Ta’lim olganlikni tashxis etishning yangi vositalari (reyting tizimi, monitoring)ning amaliyotga tatbiq etilishi.

V. Tarbiya jarayonida ijtimoiy jamoatchilik ta’sirining kuchayishi.

1. Tarbiya jarayonida oila-mahalla-ta’lim muassasasi hamkorligining rivojlanishi.

2. Tarbiya jarayonida nodavlat va notijorat tashkilotlar hamkorligining yo’lga qo’yilishi.

3. Tarbiya jarayonida ommaviy axborot va multimedia vositalarining imkoniyatlaridan keng foydalanish.

VI. Pedagog kadrlarni kasbiy jihatdan tayyorlashning yangi tizimiga asos solinishi.

1. Pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining isloh etilishi.

2. Pedagog kadrlarni uzluksiz tarzda mahoratlarini oshirib borish tizimining amalga oshirilishi.

VII.Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikning yo’lga qo’yilishi.

1. Pedagog kadrlarning rivojlangan xorijiy davlatlarda kasbiy malakalarining oshirishlari uchun zarur shart-sharoit yaratish.

2. Talabalarning o’zlarining tanlagan sohalari bo’yicha chet elda ta’lim olishlarini tashkil etish.

3. Uzluksiz ta’lim tizimida xalqaro donor tashkilotlari xizmatlaridan foydalanishning huquqiy asoslarining ishlab chiqilishi.

4. O’zaro tajriba almashinuv dasturlari doirasida ilmiy, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashning amalga oshirilishi.

VIII. Maxsus pedagogika ilmiy asoslarining boyitilishi.

1. Anomal bolalarni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirishda milliy va xorijiy tajriba uyg’unligiga erishish.

2. Inklyuziv ta’limning yo’lga qo’yilishi va “Ta’lim hamma uchun” dasturining muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlash.
Dilrabo, [23.04.21 09:54]

Hozirgi davrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning talim sohasidagi islohotlari



2017 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan mamlakatda ta’lim va fan tizimini takomil-lashtirish bo’yicha keng ko’lamli va izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

2017 – 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi o’rta muddatli istiqbolda davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlarini belgilab bergan eng muhim dasturiy hujjat hisoblanadi. Mazkur hujjat asosida ta’lim sohasiga doir qator islohotlar amalga oshirildi. Ta’lim tizimini xalq bilan muloqot va ilg’or xorijiy tajribalar asosida isloh qilishga asosiy e’tibor qaratildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi «O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida» PQ-3305-son qarori asosida respublikamizda ilk bor Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi “O’zbekiston respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi PQ-3304-son Qarori qabul qilindi. Mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim xizmatlarining ochiqligi va sifati masalalariga davlat tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Pre-zidentining 2018-yil 25-yanvardagi “Umumiy o’rta, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5313-son Farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq, 2018/2019 o’quv yilidan boshlab majburiy umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim umumta’lim maktablarida, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablarda, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktab-internatlarida, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida,akademik litseylarda uzluksiz va 11 yillik muddatda; 2019/2020 o’quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga o’qishga qabul qilish umumta’lim maktab-larining 11-sinflari bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosida, tegishli mutaxassislikka (kasbga) ega bo’lish uchun 6 oydan 2 yilgacha bo’lgan o’qitish muddatlarida amalga oshirilishi belgilab berildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi «Umumiy o’rta, o’rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-5313-son Farmoniga muvofiq, majburiyumumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim umum ta’lim maktablarida, kasb-hunar ta’limi ixtiyoriylik asosida kasb-hunar kollejlarida amalga oshiriladi. Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o’quvchilari ta’lim olishlari bilan birgalikda ularga kasb-hunar o’rgatish,o’quvchilarning qiziqish va qobiliyat-laridan kelib chiqqan hold kelajakda ularning ta’limni davom ettirishlari yoki egallagan kasblari bo’yicha mehnat faoliyati bilan shug’ullanishlariga shartsharoitlar yaratish, o’quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish va ularni zarur jihozlar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi «Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o’quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o’quv-ishlab chiqarish maj-mualarini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 868-son qarori qabul qilindi.

Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlan-tirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko’rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash maqsadida


Dilrabo, [23.04.21 09:54]

O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida jamiyat rivojining ma’naviy-axloqiy negizlari va yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishga doir kontseptual fikrlarning ifoda etilishi.

Tаlаbаlаrdа mustaqillikkka erishilganidan so’ng O’zbekis-tonda ta’lim tizimi va pedago-gik fikrlar rivoji haqidagi aniq nuqtai nazarni qaror toptirish.

Jamiyatda kechayotgan ijtimoiy islohotlarning samaradorligi uning fuqarolari ega bo’lgan ma’naviyatga bog’liq. SHu bois mustaqillikning dastlabki yillaridanoq O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov jamiyat rivojlanishining ma’naviy-axloqiy negizlarini aniq belgilab berdi. Bular:

- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

- xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;

- insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;

- vatanparvarlik.

Birinchi Prezident I.A.Karimov “O’zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqboli-ning asosiy tamoyillari” asarida esa, ajdodlarimiz komil insonni tarbiyalashga doir boy meros qoldirganligini alohida ta’kidlab o’tadi: «Qadimgi ajdodlarimiz, – deydi I.Karimov, – komil inson haqida butun bir axloqiy talablar majmuasini, zamonaviy tilda aytsak, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar. Kishi qalbida haromdan hazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisba-tan murosasiz isyon bo’lishi kerak. SHunday odamgina lafzini saqlaydi, birovning haqqiga xiyonat qilmaydi, sadoqatli bo’ladi, Vatani, xalqi uchun jonini fido etishga ham o’zini aya-maydi. Buning aksi o’laroq, yolg’onchi, va’daboz kishida vatanparvarlik tuyg’usi bo’lmaydi”.

Ma’naviyat sohasida ijobiy yechimini ta’minlash zarur bo’lgan asosiy vazifa deb qo’yida-gilarni ko’rsatadi: “Bu sohadagi asosiy vazifamiz – milliy qadriyatlarimizni tiklash, o’zligimizni anglash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimiz-dagi o’rnini va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko’tarish va ta’sirchanligini kuchaytirishdir. Bu sohadagi ishlarimizning pirovard maqsadi – iymon-e’tiqodi butun, irodasi baquvvat, erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirishdir. YA’ni, mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs – komil insonni tarbiya-lashdan iborat”.

Ikkinchisi – bunga mutlaqo qarama-qarshi bo’lgan yondashuv, ya’ni hayotning ma’no-mazmuni haqida bosh qotirmasdan, bunday savollar bilan o’zini qiynamasdan, faqat nafs qay-g’usi va o’tkinchi hoyu-havasga, huzur-halovatga berilib, yengil-elpi umr kechiradigan, o’zi-ning ota-ona va farzand, el-yurt oldidagi burchiga umuman befarq bo’lib yashaydigan odam-lar”.

I.A.Karimov o’z fikrini davom ettirib, bu ikki toifadagi odamlarning taqdiri va qismatini soda va tushunarli tarzda quyidagicha izohlab bergan. YA’ni o’z peshona teri bilan halol tur-mush kechiradigan inson hayotidan mamnun va rozi bo’lib, qalbi va yuragi osoyishta, vijdoni pok, ruhiy olami barqaror bo’lib, elning hurmatini qozonib yashaydi. Ikkinchi tomondan, bu dunyoda engil-elpi, har xil nopok yo’llarga berilib, insoniy burchini unutib, mol-dunyoga intilib yashagan odam, eng achinarlisi shuki, hayotining so’nggida armon va nadomatlarga botib o’z umrini tugatadi.

Islom Karimov o’zining «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» (1992), «O’z-bekiston – kelajagi buyuk davlat» (1992), «YUksak malakali mutaxassislar – taraqqiyot omili» (1995), «Fan ravnaqisiz buyuk davlat qurib bo’lmaydi» (1995), «YUksak ma’naviyatsiz kelajak yo’q» (1996), «Yangi-cha tafakkurga keng yo’l» (1997), «Zamonaviy kadrlar – taraqqiyoti-mizning muhim omilidir» (1997), «barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» (1997), «Tarixiy xotirasiz – kelajak yo’q» (1998), «YUksak ma’naviyat – jamiyat taraqqiyoti-ning asosi» (1998), «Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lish-lari shart» (1998), «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz» (2000), «YUksak ma’naviyat – engilmas kuch» (2008) kabi ko’plab
Dilrabo, [23.04.21 09:56]

Assalomu aleykum bugun buniyam chiqarib berolasizmi faqat bu kopiravat qilinganidi


Dilrabo, [23.04.21 10:02]

Алишер Навоийнинг таълимий-ахлоқий қарашларида етук инсон

тарбияси мазмуни, шакл ва услуби

Алломанинг тасаввуридаги комил инсон Ўз қиёфасида энг юксак инсоний

фазилатлар мужассам эта олиши лозим. Чунончи, у ижодкор, қобилиятли, шу

билан бирга илм-фанга нисбатан муҳаббатли бЎлмоғи зарур. Алишер

Навоийнинг қарашларига кЎра, ана шундай сифатларнинг соҳиби бЎла олган

инсонгина Ўз кучи ҳамда ақлу заковатига ишонади. Ўз кучи ва ақлу

заковатига қаттиқ ишона олган инсонгина турли қийинчиликларга бардош

бера олади, у Ўта мураккаб муаммоларни ҳам ечимини топа олишга қодир.

Илм-фан сирларидан хабардор бЎлишнинг инсон аҳамиятини ёритар экан,

аллома айни Ўринда илмни қоронғуликни ёритадиган чироқ, ҳаёт йЎлини

нурафшон этадиган қуёш, одамларнинг ҳақиқий қиёфасини кЎрсата олувчи

омил сифатида таърифлайди. Ушбу фикр мутафаккир томонидан яратилган

«Назмул-жавоҳир» асарида қуйидагича баён этилади:

Ким олим эса нуқтасида барҳақ де они,

Гар базм тузар биҳишти мутлақ де они.

Ҳар кимсаки йЎқ илм ахмақ де они,

Мажлисдаки илм бЎлса учмақ де они1

.

Мазкур тЎртликнинг мазмунида илмли, оқил одам Ўз мақсадига эришиш



йЎлида учрайдиган ҳар қандай қийинчиликни енгиб Ўтади, ким илмни Ўзига

таянч қилиб олса, у ҳеч қачон қоқилмайди, зеро, илм инсоннинг бахт-

саодатини таъминлашга хизмат қилади деган ғоя Ўз аксини топган.

«Ҳайрат ул-аброр» достонининг Ўн биринчи мақолатида эса

мутафаккир илмни қуёш, ой ҳамда кундуз сифатида қуйидагича

таърифланади: «Илм сипеҳрнинг баланд ахтарлигидаким, жаҳл тунин

ёритмоқ учун «айн»и ( ), қуёшдан ва «лом»и ( ) ойдин ва «мим» ( )

кундуздин нишона айтур. Ва жаҳл шоми тийра манзаралиғдаким, ғафлат

чоҳини залолат кечасида зоҳир қилиб, бу кечада шаҳоватдин фасона айтур.

Ва олимнинг бовужуди ганжу мол туфроқ аро нажандлиги» («илм осмоннинг

юлдузларидек баланд мартаба, мавқега эга, билимсизлик тунини ёритиш

учун араб алифбосидаги «айн» қуёш, «лом» ой, «мим» эса кундуз

белгиларини ифода этади; билимсизлик шомининг қоронғи кЎриниши

ғафлат чоҳини пастлик кечасида зоҳир бўлиб, бу кечада олимнинг бутун

бахтсиз вужуди қуёшдек юксак, жоҳилнинг эса бутун борлиғи бойлик, мол

1 Алишер Навоий, Назм-ул жавощир. Арбаъин. Насойим-ул мущаббат. Асарлар. Ын беш томлик.Ушбу Ўринда араб тилида ( ) айннинг

маъноси қуёш, ( ) ломнинг маъноси ой ( шаклан ойга Ўхшайди ва абжид

ҳисобида “Ўттиз”ни билдиради), ( ) мимнинг маъноси эса кундуз эканлигига

алоҳида урғу берилади15. Алишер Навоий илмни қуёш, ой ҳамда кундузга

Ўхшатиш орқали, у инсонни бахт-саодатга элтувчи восита эканлигига

эътиборни қаратади.

Алишер Навоий илм Ўрганишга интилишни инсон камолотини таъминлаш

учун хизмат қилувчи энг зарур фазилатлардан бири деб билади. Илмни

инсонни, халқни нодонликдан, жаҳолатдан қутқазувчи омил сифатида

таърифлайди. Асарлари мазмунида илгари сурилган ғоялар ёрдамида

кишиларни илмли ва маърифатли бЎлишга ундайди. Мутафаккир илм

Ўрганишни ҳар бир кишининг инсоний бурчи дея эътироф этади. Зеро, илм

Ўрганишдан мақсад ҳам халқнинг фаровон, бахтли-саодатли ҳаёт



кечиришини, мамлакатнинг обод бЎлишини таъминлашга ҳисса қЎшишдир,

Download 40,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish