Semiotika (belgilar va belgilar tizimi haqidagi fan) fani bilan aloqadorligi. Ma'lumki, san'at asarida belgilar va badiiy ramzlar muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, harflar, notalar va h.k. Boshqacharoq qilib aytganda, bilish va baholash faoliyati natijalarini, ya'ni semantik va pragmatik axborotni o'zida mujassam qilgan san'at asari o'sha axborotni yetkazib berishga ham mo'ljallangan.
Har bir fanning o'z oldiga qo'ygan vazifalari bo'lgani singari estetika fani ham bundan mustasno emas. Zotan, biz qurayotgan fuqarolik jamiyatining a'zosi har jihatdan kamol topgan, yuksak nafis did egasi bo'lmog'i lozim va uning nafosat tarbiyasi to'g'ri yo'lga qo'yishda estetika muhim ahamiyatga ega. Zero, estetika orqali biz faqatgina ko'rganlarimizning shakliy go'zalligini emas, balki ayni paytda shakl bilan birga uning falsafiy mohiyatini ham idrok etamiz.
Начало формы
Конец формы
2. Estetika kategoriyalarining an’anaviy va zamonaviy tasnifi.
Falsafaning birorta kategoriyasini ham voqelikdan ayri holda tasavvur etib bo'lmaydi. Chunki, bu kategoriyalar (butun, qism, zaruriyat, tasodif, mohiyat, sifat va h.k.) insonni o'rab turgan olamda sodir bo'ladigan voqea-hodisalar haqida aniq xulosalar chiqarishga, ularni to'g'ri tahlil etishga ko'mak beradi.
Estetika ham falsafiy fan sifatida o'zining qonun va kategoriyalariga ega. Estetika kategoriyalarining yaxlit tizimini ishlab chiqish muammosi ko'p yillardan buyon olimlar e'tiborida. Bu borada go'zallik, ulug'vorlik, fojiaviylik, kulgulilik, hunuklik kabi an'anaviy ko'rinish ko'pgina adabiyotlarda o'z aksini topgan. Bugungi kunda go'zallik — ulug'vorlik — fojiaviylik — kulgililik; estetik ideal — estetik did — estetik tuyg'u; san'at — badiiy obraz — ijodkorlik ko'rinishdagi tizim estetika fanining kategoriyalar tasnifida kengroq qo'llanilmoqda.
Go'zallik tabiat, jamiyat, inson tafakkuri mahsuli sifatida quyidagi xususiyatlarga ega:
a) go'zallik obyekiv mazmunga ega bo'lgan subyektiv obrazlar, tasavvurlar, idroklar, tafakkurlarning hosilasidir. Go'zallik obyektivlik va subyektivlikning o'zaro mutanosibligi, uyg'unligidir;
b) go'zallik — bu narsa, hodisa, voqea va jarayonlarning insonni ruhlantiradigan, ilhom bag'ishlaydigan, yuksak oliyjanob maqsadlar sari yetaklaydigan, jo'shqinlik baxsh etib jonlantiradigan tomonlaridir. Go'zallik xuddi shu ma'noda jism va ruhning uyg'unligidir. Ruhni oziqlantirib, jismni yanada ulug'vor qiladigan narsa, hodisa, voqea, jarayonlarning xossasidir;
d) go'zallik — bu insonning erkin faoliyatidir. Hayotda o'z huquqini, erkini, qadrini topgan insongina go'zaldir. Erkin ijod, mehnat bo'lmagan joyda go'zallik yo'qdir;
e) go'zallik — bu odamlarning jamiki yuksak axloqiy fazilatlarini o'zida mujassamlashtirgan voqelikdir. Zero, shunday ekan go'zallik mavhum emas, balki muayyan shakl-shamoyil, ma'nomazmunga, mohiyatga ega bo'lgan real narsa, hodisadir.
Go'zallikda mujassamlashgan ana shu xususiyatlar uni oliy estetik qadriyat darajasiga ko'taruvchi kuchdir. Ana shu kuchni axloqiy qadriyatlarning kuchi bilan uyg'unlashtirish zamonaviy estetik tafakkurning bosh vazifalaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |