1. Oddiy va murakkab savollar. Tarkibida boshqa savol bo'lmasa, oddiy savol, bo'lsa — murakkab savol deb yuritiladi. Murakkab savollar o'z navbatida qo'shuvchi, ayiruvchi, shartli turlarga bo'linadi. Masalan, Konsertda G'.Yoqubov bilan O.Nazarbekov ham ishtirok etdimi? Xatiga javob yozdingmi yoki yozmadingmi? Agar aytganingni qilsam, shartimga rozi bo'lasanmi?
2. Aniqlovchi va to'ldiruvchi savollar. Masalan, «Sen o'qishni bilasanmi?» degan savol aniqlovchi, «Sen qaysi qo'shiqni kuylamoqchisan?» degan savol to'ldiruvchi savoldir.
3. Mantiqan o'rinli va mantiqan o'rinsiz qo'yilgan savollar. Bitta bo'lsa ham to'g'ri javob bersa bo'ladigan savol mantiqan o'rinli savoldir. Bema'niligi tufayli javobsiz qolgan savol o'rinsiz savoldir. :
4. Ilmiy va ilmiy bo'lmagan savollar. Ilmiy savollarning remasida, ma'lum bir kontekstda empirik yoki abstrakt obyektlarning sinfini ifodalovchi, hech bo'lmaganda bitta ilmiy termin bo'ladi. Ilmiy bo'lmagan savollarda bunday termin bo'lmaydi.
Har qanday savolda axborotni aniqlashga qaratilgan element mavjud bo'lib uni tekshirish, baholash va faollashtirish kerak bo'ladi. Savollarni bilib tanlash, tuzish va muayyan tartibda berish orqali muammoni hal qilish uchun yordam beruvchi sharoitni tug'dirish va yechimini tezroq aniqlashga imkoniyat yaratiladi
Javob — qo'yilgan savolga muvofiq holda avvalgi bilimni aniqlashtiradigan, to'ldiradigan yangi mulohazadan iborat. U savolning asosini tashkil etuvchi bilimga tayanilgan holda yangi bilim olishga imkon beradi. Javob savolda mavjud bo'lgan noaniqlikni kamaytirish uchun xizmat qiladi. Inson o'zining shaxsiy tajribasiga, olgan bilimlariga, dunyoqarashiga mos holda savolga javob qidiradi. Ular yetarli bo'lmasa, bilimnihg konkret sohalariga, turli manbalarga murojaat qiladi. Ular javobni qidirish sohasi, deb ataladi. Mantiqda javobning bir qancha turlari ajratiladi:
1. Bevosita (aynan so'ralgan savolga javob berish) va bilvosita javoblar (so'ralgan savolga taalluqli boshqa ma'lumotlarni qo'shib javob berish).
2. To'liq (savolning barcha elementlari haqida ma'lumotlar berilgan) va to'liqsiz (savolning ba'zi elementlari haqida ma'lumotlar berilmagan) javoblar.
3. Chin (voqelikni adekvat aks ettirgan) va xato (voqelikni adekvat aks ettirmagan) javoblar.
4. Qisqa (ha, yo'q, bilmadim) va batafsil (savolning har bir elementi takrorlanadigan) javoblar.
5. Aniq (tushunchalar, so'zlarning mazmuni va ma'nosi konkret va ravshan bo'lgan) va noaniq (ikki xil ma'noli tushunchalar, so'zlar ishlatilgan) javoblar.
Do'stlaringiz bilan baham: |