Qidiruv tizimi - (inglizcha: search engine) — kompyuterda, kompyuter tarmogʻida yoki butunjahon web tarmogʻida World Wide Web saqlanayotgan maʼlumotlarni qidirishga moʻljallangan dasturdir. Internet qidiruv tizimi Information Retrieval systemdan kelib chiqqan. Bu sistema maʼlumotlar bazasi uchun kalit-soʻzlar indeksini yaratib, natijada ushbu kalit-soʻz qatnashgan qidiruv soʻrovnomasiga javob sifatida natijalar roʻyxatini koʻrsatish imkoni paydo boʻladi.
Qidiruv tizimi - Qidiriv tizimining afzalliklaridan biri bu kerakli maʼlumot yoki axborotni qisqa vaqt ichida komputer xotirasidan topib uni foydalanuvchiga yetkazishdir. Qidiruv tizimining asosiy vazifalari, hamda tarkibiy qismlari quyidagilardir:
- Indeks yaratish va yangilab turish (hujjatlardagi maʼlumotlar strukturasi)
- Qidiruv soʻrovnomalarini bajarish
- Qidiruv natijasini imkon qadar mazmunli, yaʼni tushunarli shaklda koʻrsatish
Do'stlaringiz bilan baham: |