AXBOROTNI HIMOYALASH METODOLOGIYASI (TA`MINOTI)
Reja
1.Axborotni himoyalash metodologiyasi haqida umumiy tushuncha
2. Axborotni himoyalash metodologiyasi
3. Axborotni himoyalash metodologiyasidan foydaslanish
Standart – ixtiyoriylik asosida doimiy amal qilish maqsadida ishlab chiqarish jarayonlarining amalga oshirish tartibi va xarakteristikalari, maxsulotlarning xarakteristikalari, ularni ekspluatatsiya qilish, saqlash, tashish, realizatsiya qilish, utilizatsiya qilish, ma‘lum soxada xizmat ko`rsatish tartiblari qayd etilgan xujjatdir.
Standartlashtirish - ixtiyoriylik asosida doimiy amal qilish uchun maxsulot ishlab chiqarish va sotish, xizmat ko`rsatish soxalarida muayyan tartibni joriy etish, shuningdek ishlab chiqarilayotgan maxsulot, ko`rsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan jarayondir.
Standart va spetsifikatsiyalarni ikkita bir-biridan keskin farq qiluvchi quyidagi
Axborot tizimlari va ularning ximoya vositalarini xavfsizlik talablariga ko`ra baxolash standartlari
ximoya mexanizmlari va vositalarini qo`llashining turli jixatlarini tartibga soluvchi spetsifikatsiyalar
kabi guruxlarga bo`lish mumkin.
Baxolash standartlaridan dastlabkisi sifatida AQSH Mudofa Vazirligining «Ishonarli kompyuter tizimlarini baxolash kriteriylari» (Trusted Computer System Evaluation Criteria-TCSEC)deb ataluvchi standart va uning kompyuter tarmoqlari uchun talqinini keltirish mumkin. Shuningdek
Informatsion texnologiyalar xavfsizligini baxolash kriteriylari» xalqaro standarti va AQSHning «Kriptografik modullarga nisbatan talablar» federal standartini misol qilib keltirish mumkin.
Texnik spetsifikatsiyalar misol sifatida taqsimlangan xisoblash tizimlariga nisbatan qo`llaniladigan va Internet Engineering Task Force (IETF) tomonidan ishlab chiqilgan spetsifikatsiyalarni misol qilib keltirish mumkin. Kompyuter tarmoqlarida xavfsizlikni ta‘minlashga qaratilgan spetsifikatsiya sifatida X.800 "Ochiq sistemalardaagi o`zaro aloqa xafvsizligi arxitekturasi» (Security Architecture for Open Systems Interconnection for CCITT Applications /Recommendation X.800) deb ataluvchi standartni keltirish mumkin.
Texnik spetsifikatsiya sifatida BS ISO/IEC 17799:2000 «Axborot xavfsizligini boshqarish. Amaliy ko`rsatmalar» (Code of Practice for Information Security Management) deb ataluvchi yana bir standartni ta‘kidlab o`tish joiz. Aynan bu standart axborot xavfsizligi chora-tadbirlarining administrativ va protseduraviy satxlariga bag`ishlangan.
Ushbu paragraf oxirida xozirgi kunda O`zbekistonda axborot xafvsizligi bo`yicha birorta standart xali mavjud emasligini ta‘kidlab o`tish joiz. Xalqaro standartlardan qo`llash masalasi xam xozircha ochiq turibdi. Bu xolat albatta O`zbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishda bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi, ularning rivojlantirishini sekinlashtiradi. Axborot xavfsizligi nuqtai-nazaridan esa standartlarning mavjud emasligi zamonaviy informatsion texnologiyalarni qo`llashning xavfsizligini ta‘minlashni qiyinlashtiradi.
Axborot xavfsizligini ta‘minlash chora-tadbirlarining administrativ (ma‘muriy) satxi
Administrativ chora-tadbirlari qatoriga tashkilot raxbariyatining axborot xavfsizligini ta‘minlash bo`yicha umumiy xarakterdagi yondashuvi, nuktai-nazari va shu asosda ishlab chiqqilgan qarorlarni kabilar kiradi. Bu qarorlar asos sifatida axborot xavfsizligi bilan bog`liq qonuniy xujjatlarga tayanishi lozim.
Administirativ chora-tadbirlar asosiy maqsadi axborot xavfsizligi soxasida amalga oshiralidigan tadbirlar (amallar) dasturini ishlab chikish va uning bajarilishini ta‘minlashdan iborat. Xar bir tashkilot raxbariyati bu dasturni amalga oshirish zaruriyati va uni muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarur manbalarni ajratish lozimligini va bu dastur ijrosi doimiy nazorat ostida bo`lishini nazorat qilishi shart. Bu dastur asosida «xavfsizlik siyosati» tushunchasi yotadi.
Xavfsizlik siyosati deganda biz tashkilot raxbariyati tomonidan axborot xavfsizligini ta‘minlashga qaratilgan yechimlar (qarorlar) aks ettirilgan rasmiy xujjatlar majmuasini tushunamiz.
SHu o`rinda ta‘kidlab o`tish joizki, ingliz tilidagi adabiyotlarda xavfsizlik siyosati termini tor ma‘noda, ya‘ni «kompyuter tizimlarida axborot xavfsizligini ta‘minlashga qaratilgan qoidalar» ma‘nosida ishlatiladi.
Xavfsizlik siyosati tashkilot informatsion tizimi uchun real (amalda mavjud) deb qabul qilingan taxdidlar taxlili asosida ishlab chiqiladi. Taxdidlar taxlil qilinib, ximoya strategiyasi belgilangandan so`ng axborot xavfsizligini ta‘minlash dasturi amalga oshiriladi. Bu dastur uchun moliyaviy, material-texnik va inson resurslari ajratilib, dasturning bajarilishini nazorat kilish tartibi belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |