Koncentratorlar bir nechta past tezlikli aloqa kanallaridan keladigan qiymatlar oqimini kamroq miqdordagi tezkorroq aloqa kanallariga asinxron vaqtinchalik zichlashtirish usuli bilan qayta ulashni amalga oshiradi.
Uzoqlashtirilgan multipleksorlar uzoqlashtirilmagan multipleksorlar bajaradigan vazifalardan tashqari, bir nechta past tezlikli aloqa kanallarining ma’lumotlar oqimini bitta tezkorroq, chastotali yoki vaqt bo’yicha (bunisi ko’proq) zichlashtirish usullari bilan birlashtirishni amalga oshiradi.
Tarmoqlarni o’zaro bir-biri bilan ulash uchun tarmoqlararo interfeys sifatida takrorlagichlar, ko’priklar, marshrutizatorlar va shlyuzlar ishlatiladi. Bu qurilmalar katta ofislarda lokal hisoblash tarmoqlarini birlashtirish uchun aktiv qo’llanganligi uchun ular keyingi paragrafda batafsilroq ko’rib chiqiladi.
LOKAL HISOBLASH TARMOQLARI
Lokal xnsoblash tarmog’a (LXT) deb, еlementlari — hisoblash mashinalari (shu jumladan mini- va mikro-ЕHM lar), terninallar, aloqa apparaturasining bir-biridan nisbatan uncha katta bo’lmagan uzoqlikda (15 km gacha) joylashgan tarmoyuta aytiladi (lokal hisoblash tarmoqlari — tarmoqning hisoblash jarayonlari ma’lumot jarayonlariga qaraganda ustun bo’lgan yagona turidir, shuning uchun «hisoblash» sifati bu erda o’rinlidir).
Lokal tarmoq odatda bitta firma yoki ofis chegarasida ma’lumotlarni yig’ish, uzatish, bo’lib-bo’lib yuborilgan va tarmoqlangan qayta ishlash uchun mo’ljallangandir, ko’pincha firmaning va uning uzoqlashgan bo’limlarining faoliyatiga mos ravishda aniq bir vazifalarni bajarishga ixtisoslashadi. Ko’p holdarda punktlari lokal ma’lumotli tizimiga xizmat ko’rsatayotgan LXT boshqa hisoblash tarmoqlari, ichki va tashqi, xatto hududiy va global tarmoqlar bilan bog’langandir.
Har qanday hisoblash tarmog’ining asosiy vazifasi unga ulangan foydalanuvchilarga ma’lumotli va hisoblash resurslarini taqdim еtishdir.
LXTlarning darajali tiplarn
LXT larida foydalanuvchilar uchun ikkita struktur-funkcional bo’g’in: ishchi stanciyalari va serverlar juda muhim hisoblanadi.
Xamma LXT lar ham punktlari tarkibida ajratilgan serverlarga еga еmas, ba’zi holdarda server vazifasi tarmoqning ishchi stanciyalari o’rtasida taqsimlangan kabi bo’ladi.
SHu nuqtai nazardan ikki tipdagi LXT to’g’risida so’z yuritish mumkin:
• markazlashmagan boshqariladigan tarmoqlar;
• markaziy boshqariladigan tarmoqlar.
Markazlashmagan boshqariladigan tarmoqlarda (ularni ko’pincha bitta darajali tarmoqlar — peer-to-peer deb atashadi) ishchi stanciyalarining o’zaro harakatini umumiy boshqarish markazi va qiymatlarni saqlash uchun umumiy qurilma yo’q. Tarmoqni boshqarish vazifasi bir tarmoqdan ikkinchisiga uzatiladi. Tarmoqli operacion tizim ishchi stanciyalari bo’yicha taqsimlangan. Tarmoqning har bir stanciyasi ham mijozning, ham serverning vazifasini bajarishi mumkin. U boshqa ishchi stanciyalarini so’rovlariga xizmat ko’rsatishi va punktlari so’rovlarini tarmoq xizmatiga yuborishi mumkin. Tarmoqning foydalanuvchisiga boshqa stanciyalarga ulangan barcha periferiya qurilmalari (magnit va optik disklar, printerlar, skanerlar, plotterlar va b.) taallukli bo’ladi.
Bitta darajali tarmoqlarning afzalliklari:
• past narxi;
• yuqori ishonchliligi.
Bitta darajali tarmoqlarning kamchiliklari:
• unchalik ko’p bo’lmagan ishchi stanciyalarini (10 tadan ko’p еmas) ulash imkoniyati;
• tarmoqni boshqarishning murakkabligi;
• stanciyalarni dastur ta’minotini yangilash va o’zgartirishning qiyinligi;
• ma’lumotni himoya qilishni ta’minlashning murakkabligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |