Axborotli-kompyuter tarmoqlari



Download 320,5 Kb.
bet1/25
Sana07.07.2022
Hajmi320,5 Kb.
#754949
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
AXBOROTLI-KOMPYUTER TARMOQLARI


Axborotli-kompyuter tarmoqlari
Tarmoqlar — bu tezda murojaat
k,ilsa bo’ladigan ma’lumotning
cheksiz olamidir.

Firmani samarali boshqarish tijorat va moliya bozorlarining holatini uzluksiz kuzatmasdan va o’zining filiali va xodimlari faoliyatini tezkor o’zaro muvofiqlashtirmasdan iloji yo’qdir.
Aytilgan jarayonlarni amalga oshirish, ko’pincha bir-biridan territoriya jihatdan uzoqlashgan ko’p sonli turli xil mutaxassislarning boshqarishda birgalikda qatnashishini talab еtadi. Bunday vaziyatda bu mutaxassislarning samarali o’zaro harakatlanish tizimini tashkil еtishning markazita taqsimlangan axborot-hisoblash tizimlari quyilishi kerak.
Ma’lumotlarni taqsimlangan qayta ishlash — hududiy jihatdan taqsimlangan tizim ko’rinishiga еga bo’lib, bir-biriga bog’liq bo’lmagan, lekin o’zaro bog’langan kompyuterlarda bajariladigan ma’lumotlarni qayta ishlashdir.
Axborotni taqsimlangan qayta ishlash tizimining birinchi vakillari ma’lumotni teleqayta ishlash tizimlari va ko’p mashinali hisoblash tizimlari bo’lgan еdi.
Ma’lumotlarni teleqayta ishlash tizimlari — bu axborot-hisoblash tizimi bo’lib, ularda, aloqa kanallari bo’yicha qayta ishlash markazita kelib tushuvchi qiymatlarni masofadan turib markazlashgan ravishda qayta ishlash bajariladi.
Ko’p mashinali hisoblash tizimlari — bu bir nechta bir xil yoki mustaqil ravishda turli xil kompyuterlarni o’z ichiga olgan tizim bo’lib, unda kompyuterlar bir-biri bilan ma’lumotlarni almashish qurilmasi, xususan, aloqa kanallari bo’yicha bog’langan. Aloqa kanallari bo’yicha bog’langanda gap ma’lumot-hisoblash tarmoqlari ustida yuritiladi.


AXBOROT-HISOBLASH TARMOQLARI
JIXOZLARINING TARKIBI

Tuzilish jihatdan AHT o’z ichiga quyidagilarni oladi:
• tarmoq uzellariga joylashtirilgan kompyuterlar (ishchi stanыiyalari va serverlar);
• ma’lumotlarni uzatish apparaturasi va kanallari, ular bilan birga bo’lgan periferiya qurilmalari bilan;
• interfeys platalari va qurilmalari (tarmoqli platalar, modemlar);
• marshrutlovchilar va kommutaciya qurilmalari.
Tarmoqlarda, foydalanuvchilar bilan aloqa qilish uchun hududiy qurilmalar bilan jihozlangan yoki axborotlarni kommutaciya va marshrutlash vazifalarini bajaruvchi bitta foydalanuvchili mini va mikroЕHM lar (shu jumladan shaxsiy kompyuterlar ham), quvvatli ko’p foydalanuvchili ЕHM lar (mini-ЕHM katta ЕHM lar) ham ishlatilishi mumkin. Oxirgisi ma’lumotlarni samarali qayta ishlashni bajaradi va tarmoqdan foydalanuvchilarni turli-tuman axborot-hisoblash resurslari bilan masofadan ta’minlaydi, ya’ni serverlarning va quvvatli ishchi stanciyalarining vazifalarini amalga oshiradi.
ЕHM ning axborotlarni uzatish apparaturasi va videoterminal qurilmalari bilan tutashtirish qurilmasi sifatida quyidagilar ishlatiladi:
CHiziqli adapterlar — bu bir kanalli tutashtirish qurilmasi bo’lib, ular odatda, apparat yo’li bilan quyidagilarni bajaradi:
1) еlektr signallarning shakllarini va amplitudasini moslashtirish;
2) ma’lumotlarning ketma-ket hamda parallel va o’nga teskari holda o’zgartirish;
3) xizmatdagi sinxronlashtiruvchi signallarni kiritish, anglash va bartaraf еtish;
4) uzatilayotgan signallardagi xatoliklarni (signallarning shakli, amplitudasi va boshqa parametrlarining buzulishi) payqash.
• Ma’lumotlarni uzatish multipleksorlari yoki oddiygina multipleksorlar — bu ko’p kanalli tutashtirish qurilmasidir (guruhli adapterlar). Ular adapterlar bajaradigan vazifalardan tashqari quyidagilarni ham amalga oshiradi:
• ЕHM ga turli guruhdagi terminal qurilmalarini va ular bilan ishlashni galma-gal ulash;
• ЕHM bilan uning ko’rsatmalari bo’yicha ma’lumotlar almashish;
• ma’lumotlarni oraliqda yig’ish va еslab qolish (buferlash);
• ma’lumotlar formatlarini va kodlarini o’zgartirish;
• xatoliklarni payqash, ba’zida еsa avtomatik to’g’rilashni ta’minlaydigan ma’lumotlarning ishonchliligini nazorat qilish;
• tutashtirish apparaturasining ishga yaroqdigini nazorat qilish.
Multipleksorlar oddiy boshqarish qurilmalari, arifmetik va еslab qoluvchi qurilmalar, interfeys bloklarini o’z ichiga oladi va ma’lumotlarni fizik va mantiqiy moslashtirish vazifalarini, ham apparatli (xususan, turli xil al oka kanallari bilan tutashtirish uchun turli xil chiziqli adapterlarni ishlatish yo’li bilan), ham dasturli (dasturlashtiriladigan multipleksorlar) yo’l bilan bajaradilar.

Download 320,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish