NOVELL NET WARE LOKAL HISOBLASH TARMOG’I Lokal hisoblash tarmoqlarining (LXT) tipi va funkcional imkoniyatlari ko’p jihatdan ularda ishlatiladigan OSI bayonnomalar i bilan tavsiflanadi. Xususan, bu apparat yo’li bilan amalga oshiriladigan 2 quyi darajaning bayonnomalari — interfeysli tarmoqli plata bilan va dastur bilan qo’llab-quvvatlanadigan yuqori darajadagi bayonnomalar — tarmoqli operacion tizim bilan amalga oshadi.
LXTlaridagi tarmoqli platalar orasida quyidagi platalar еng ko’p qo’llanilmoqda:
— Enternet — tarmoqning shinali topologiyasini va monokanalga tasodifiy murojaat qilish usulini qo’llanadi.
— Taken Rink — tarmoqning holqo’li (kamroq radialli) topologiyasini va marker bo’yicha murojaat qilish usulini qo’llanadi.
— Arknet — tarmoqning radialli (kamroq shinali) topologiyasini va marker bo’yicha murojaat qilish usulini qo’llanadi.
OSI ning 5 ta yuqori darajali bayonnomalarini qo’llanuvchi tarmoqli operacion tizimlar orasida Novell firmasining Net Ware OT еng ko’p tarqalgan. Net Ware operacion tizimi OSI ning 3—7 darajalarining bayonnomalarini qo’llanadi va ko’pgina tarmoqli platalar bilan birgalikda, shu jumladan Ethernet, Token Rink, Arknet platalari bilan ham, ishlaydi.
3 va 4 darajalar uchun Net Ware ning bayonnomalari Internetwork Packet eXchange (IPX — tarmoqlararo paketli almashish) va sequenced Packet eXchange (SPX — paketlar bilan tartibga solingan almashish) deb ataladi. OSI ning 5 va 6 darajalari bilan taqdim еtiladigan servis Novell Net BIOS paketa bilan ta’min lanadi.
N et Ware qobiqi 5, 6 va 7 darajalarning servisini taqdim еtadi (43-rasmga qarang).
Hozirgi vaqtda bizda ham, chet еlda ham Novell Net Ware operacion tizimli Ethernet tarmoqli platalar asosidagi lokal tarmoqdar еng ommaviy hisoblanadi. Bu tarmoqli ko’pincha Novell Net Ware tarmog’i deb, kamroq Ethernet tarmog’i deb atashadi (chunki bu tarmoqli plata shu nomdagi tarmoq uchun ishlab chiqilgan).
Novell firmasi ishlatadigan lokal hisoblash tarmog’ining asosiy varianti ingichka koaksial kabelga asoslanadi.
Ingichka kabelning bo’laklari maxsus raz’yomlar (ajratkichlar) orqali lokal hisoblash tarmog’aning kompyuterlarida joylashgan tarmoq platalarini birlashtiradi. Tarmoqning kompyuterlari qatorida bitga yoki bir nechta fayl-serverlar (tarmoq «fayl-server» modeli bo’yicha quriladi) va ishchi stanciyalar bo’lishi kerak. Tarmoqdagi kompyuterlarning maksimal soni — 87 ta. Yirik tarmoqlar segmentlarga, alohida maydaroq LXT yoki kompyuterlar ulangan kabel bo’laklariga bo’linadi: uzunligi 185 metrgacha bo’lgan bitga segmentda 30 tagacha kompyuter bo’lishi mumkin. Butun tarmoqning maksimal uzunligi 10 km atrofida.
Keyingi vaqtlarda Novell Net Ware tarmog’aning simlarning еshilgan jufgligi asosidagi varianti ommaviylashmoqda. U ishchi stanciyalarni fayl-serverga koncentrator orqali ulanishini ko’zda tutadi. Bitga koncentrator undan 120 metrgacha uzoqlikda joylashgan 12 ta stanciyaning ishlashini qo’llab-quvvatlashga qodir. Koncentratorlarni kaskadlar bilan birlashtirish mumkin va bitta tarmoqdagi segmentlarning maksimal soni 1024
tani Tashqil еtishi mumkin. Ethernet tarmoqli platasining O’rniga bu tarmoqlarda IEEE802.3 kod belgisi ostidagi ularning zamonaviylashtirilgan varianta ishlatilmoqda.
Shunday qilib, Novell firmasining Net Ware lokal hisoblash tarmog’i ikki variantdagi topologiyalarda amalga oshirilishi mumkin:
• shinali;
• yulduzsimon.
Ingichka kaboddagi va simlarning еshilgan juftligidagi LXT sgrukturali sxemalari 70- va 71-rasmlarda keltirilgan.
Net Ware (Net Ware 3.11 versiyasi) — bu asosan serverda joylashtiriladigan ixtisoslashgan operacion tizimdir. Xususan, serverda tizimni yuklash vaqtida bevosita yaratiladigan tarmoqli OS ning bir nechta bosh kataloglari joylashadi.
• System — tarmoqli va diskli drayverlarni, yuklanadigan va bajariladigan modullarni o’z ichiga oladi. Ularning hammasi faqat serverning tezkor xotirasida ishlaydi. Faqat tarmoq ma’murigina (bosh boshqaruvchi) ularga murojaat qilishi mumkin; ishchi stanciyalardagi foydalanuvchilar ularning huquqlari cheklanganligi tufayli odatda bu katalogni xdtgo kurmaydilar ham.
• Public — utilita-menyularni va buyruqlar satri utilitalarini o’z ichiga oladi, ular serverdan ishchi stanciyaning tezkor xotirasiga bajarish uchun chiqariladi. Utilitalarning bir qismi faqat ma’mur uchun mo’ljallangan, utilitalarning bir qismi bilan ma’mur ham, foydalanuvchilar ham ishlashlari mumkin.
• Login — foydalanuvchilarning tarmoqqa kirishini va undan chiqishini qayd qilish uchun Login va Logonet dasturlarini o’z ichiga oladi. Login foydalanuvchini qayd qilish va uning foydalanish huquqlarini iniciallash dasturidir. Foydalanuvchi nomi va maxfiy so’z bo’yicha identifikaciyalanadi, bundan keyin o’nga joriy tartib nomeri beriladi va u tarmoqda uning uchun ruxsat еtilgan katalog va fayllar bilan ishlashi mumkin.
• Mail — yangi foydalanuvchini qo’shish vaqtida Net Ware tomonidan avtomatik yaratiladigan qismkataloglarni o’z ichiga oladi. Bu qismkataloglar foydalanuvchining tarmoqda qayd qilinishi vaqtida shakllantiriladigan, har bir foydalanuvchi uchun maxsus yozuvlarni o’z ichiga oladi va еlektron pochta dasturlari tomonidan ishlatilishi mumkin.
• ETC - Internet tarmohda ishlatiladigan TCP/IP bayonnomalarini qo’llab-quvvatlash uchun kerak bo’lgan fayllarni o’z ichiga oladi.
Ishchi stanciyaga kompyuterning lokal operacion tizimi (Net Ware MS DOS, OS/2, UNIX, Windows 95 va b. OS lar bilan
birgalikda ishlashi mumkin) va tarmoqkd murojaat qilishni ta’minlash uchun Net Ware ning ikkita dasturi Netx.com va IPX.com joylashtiriladi.