Koncentratorlar bir nechta past tezlikli aloqa kanallaridan keladigan qiymatlar oqimini kamroq miqdordagi tezkorroq aloqa kanallariga asinxron vaqtinchalik zichlashtirish usuli bilan qayta ulashni amalga oshiradi.
Uzoqlashtirilgan multipleksorlar uzoqlashtirilmagan multipleksorlar bajaradigan vazifalardan tashqari, bir nechta past tezlikli aloqa kanallarining ma’lumotlar oqimini bitta tezkorroq, chastotali yoki vaqt bo’yicha (bunisi ko’proq) zichlashtirish usullari bilan birlashtirishni amalga oshiradi.
Tarmoqlarni o’zaro bir-biri bilan ulash uchun tarmoqlararo interfeys sifatida takrorlagichlar, ko’priklar, marshrutizatorlar va shlyuzlar ishlatiladi. Bu qurilmalar katta ofislarda lokal hisoblash tarmoqlarini birlashtirish uchun aktiv qo’llanganligi uchun ular keyingi paragrafda batafsilroq ko’rib chiqiladi.
LOKAL HISOBLASH TARMOQLARI
Lokal xnsoblash tarmog’a (LXT) deb, еlementlari — hisoblash mashinalari (shu jumladan mini- va mikro-ЕHM lar), terninallar, aloqa apparaturasining bir-biridan nisbatan uncha katta bo’lmagan uzoqlikda (15 km gacha) joylashgan tarmoyuta aytiladi (lokal hisoblash tarmoqlari — tarmoqning hisoblash jarayonlari ma’lumot jarayonlariga qaraganda ustun bo’lgan yagona turidir, shuning uchun «hisoblash» sifati bu erda o’rinlidir).
Lokal tarmoq odatda bitta firma yoki ofis chegarasida ma’lumotlarni yig’ish, uzatish, bo’lib-bo’lib yuborilgan va tarmoqlangan qayta ishlash uchun mo’ljallangandir, ko’pincha firmaning va uning uzoqlashgan bo’limlarining faoliyatiga mos ravishda aniq bir vazifalarni bajarishga ixtisoslashadi. Ko’p holdarda punktlari lokal ma’lumotli tizimiga xizmat ko’rsatayotgan LXT boshqa hisoblash tarmoqlari, ichki va tashqi, xatto hududiy va global tarmoqlar bilan bog’langandir.
Har qanday hisoblash tarmog’ining asosiy vazifasi unga ulangan foydalanuvchilarga ma’lumotli va hisoblash resurslarini taqdim еtishdir.
KOMPYUTERLARNING TARMOQDA MULOQOT
BAYONNOMALARI
Internet tarmoga turli tiplardagi o`n millionlab kompyuterlarni turli modellar va fasonlardagi shaxsiy kompyugerlardan tortib to katta va o`ta katta ЕHM mеynfreymlargacha birlashtiradi. Bunday xilma-xil mashinalarning bir-biri bilan umumiy muloqot tilini topish juda murakkab masaladir. Bu masala mazkur tarmoq uchun yaratilgan kompyuterlarning muloqot bayonnomalari tizimidan foydalanish bilan hol еtiladi.
72-rasm. Internet tarmog`i lavhasining strukturasi:
LXT lokal hisoblash tarmog`i
Bu tizimning asosini ikkita asosiy bayonnoma tashkil еtadi:
Internet Protocol (IP) tarmoqlararo bayonnoma, ISO modelining tarmoqli darajasi vazifasini bajaradi;
Tgansmission Control Protocol (TCP) uzatishni boshqarish bayonnomasi, ISO modelining transportli (tashish) darajasi vazifasini bajaradi.
IP bayonnomasi axborotlarni еlektron paketlarga (IP deytagramma) bo`lib chiqishni tashkil еtadi, yuboriladigan paketlarni marshrutlaydi va olinadiganlarini qayta ishlaydi.
TCP transportli darajaning tipik bayonnomasi hisoblanadi: u ma`lumotlar oqimini boshqaradi, xatoliklarni qayta ishlaydi va barcha ma`lumot paketlari olinganligini va kerakli tartibda yig`ilganligini kafolatlaydi. Internet uchun transportli darajaning yana bir bayonnomasi mavjuddir: foydalanuvchi deytagrammasining bayonnomasi (UDP User Datagram Protocol) oddiyroq va ma`lumotlarni masuliyatsiz jo`natishlarda ishlatiladi.
Bu bayonnomalarni ishlatish jarayonlarining ketma-ketligi quyidagicha bo`ladi.
Uzatiladigan axborot amaliy dastur vositalari bilan aniq bir formatli bloklarga joylanadi. IP bayonnomasi bu bloklarni paketlarga ajratadi, olingan axborotlarning to`liqligini tekshirish mumkin bo`lishi uchun paketlarning har biri nomer va sarlavxa oladi.
Tarmoqlararo TCP/IP bayonnomalarining ish mexanizmi pochta xizmatiga o`xshashdir:
Oddiy pochta bo`yicha jo`natiladigan yozma axborotlar (xatlar) konvertlarga joylanadi, ularda jo`natuvchining va oluvchining adreslari bo`lishi kerak. Kompyuterlar ham xuddi shunday harakat qiladi: axborot bloklarini ajratib chiqadi va еlektron paketlarga joylaydi hamda ularni optimal yo`l bilan bir kompyuterdan boshqasiga uzatadi. Bu еlektron axborot paketlarida pochtadagilarga o`xshash standart joylashtirish bor: ma`lumotli axborot matni kodli konvertlarga joylanadi, u konvert axborotning boshlanishi va tugallanishi hamda sarlavhasining maxsus belgilaridan shakllantiriladi, konvertda еsa jo`natuvchining va oluvchining adreslari (IP-adres deb ataladi) ko`rsatiladi. Bunday kodli konvert axborotning butunligini ta`minlaydi va uning tarmoqdagi yo`l ko`rsatuvchisi bo`lib xizmat qiladi.
Xat jo`natilgandan keyin u pochta xizmatining ixtiyorida bo`ladi. Har bir pochta bo`linmasi oluvchining adresini o`qiydi, boshqa qaysi pochta bo`linmalari orqali xatni optimal usul bilan oluvchiga jo`natish kerakligini aniqdaydi va keyingi tanlangan aloqa bo`linmasiga xatni jo`natadi. Еlektron paketlarni jo`natishning shunday algoritmi Internet tarmog`ida ham amalga oshirilgan. Pochta bo`linmalari vazifasini tarmoq uchastkalarini o`zaro birlashtiruvchi marshrutlovchilar bajaradi.
Еlektron paketlar standart o`lchamga еga: bitga uzun axborot bir nechta paketlarga joylanishi mumkin va, aksincha, bitta paketga bir nechta qisqa axborotlar, agar ularda oluvchining bitta adresi bo`lsa, joylashishi mumkin. Har bir paket boshqa barcha paketlarga bog`liq bo`lmagan ravishda joriy vaqtdagi optimal marshrut bo`yicha oluvchiga etkazib beriladi. Boshqacha aytganda, o`zaro aloqador paketlar va bir kompyuterdan boshqa kompyuterga paketlar turli xil yo`llar bilan uzatilishi mumkin. Bunda bitta kanaldan tarmoqning umuman turli qismlariga yuborilayotgan paketlar uzatilishi mumkin. Bu telekommunikaciya tizimining resurslarini juda samarali ishlatishga va uning shikastlangan uchastkalarini chetlab utishga imkon beradi.
Oluvchining qabul punktida har bir kelgan paketning sifati tekshiriladi (ma`lumotlarni uzatishda buzulishlar bo`lmadimikan), bitta uzun axborotli barcha paketlar birga yig`adi, bu axborotli barcha paketlarning borligi tekshiriladi va ishonchli bo`lsagina, ular umumiy axborotga birlashtiriladi. Agar ma`lumot paketi yo`qolgan yoki buzilgan bo`lsa, uning nusxasi so`raladi. Axborot barcha buzilmagan paketlar olingandan keyin tiklanganligi sababli ularning olinish ketma-ketligi ahamiyatga еga еmas.
IP va TCP bayonnomalari shunchalik chambarchas bog`langanki,
cha ularni bitta nom ostida keltiriladi ` TCP/IP bayonnomalari.
Bu bayonnomalar asosida kuo`gina tarmoqdi servis bayonnomalari ishlab chiqilgan, ularning orasida quyidagilarni takidlash kerak:
Do'stlaringiz bilan baham: |