Axborotlashgan jamiyat va uning rivojlanish istiqbollari
AXBOROTLASHGAN JAMIYAT VA UNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI BAJARDI:Abdullayev Husniddin Tekshirdi: Reja:
1.Axborotlashgan Jamiyat
2.Axborotlashtirish
3.axborotlashtirish bo’yicha qonun
4. Yangi va raqamli davrda O‘zbekiston: o‘zgarishlar, ustuvor yo‘nalishlar, yutuqlar va rejalar
Axborotlashgan jamiyat
Zamonaviy jamiyatda insonning ishlab chiqarish faoliyati umumlashgan ishlab chiqarish (UICh) doirasida kechmokda. UICh bir-biri bilan uzviy bog’liq fizik(moddiy) xamda axboriy-mantikiy qismlardan iborat. Ishlab chiqarishning axboriy-mantikiy qismiga kuch bergan mamlakatlar yukori ish unumdorligi va zamonaviy, xaridorgir maxsulotlar ishlab chiqarishga erishganliklari ma'lum. Axboriy-mantiqiy ishlab chiqarish (AMICh)ning resurslari asosini axborot, mexnat vositalarini Esa hisoblash texnikasi, uning dasturiy ta'minoti, axborot texnologiyalari va boshqalar tashkil qiladi. Mexnat vositalari xamda aqliy mexnatni sarf qiluvchi, tajriba va bilimga ega insonlar AMIChning ishlab chiqarish kuchlarini tashkil qiladi. AMIChning maxsuloti abstrag’t ob'ekt (axborot, model) iste'mol predmeti sifatida namoyon bo’lmoqda.
Axborotlashtirish
Axborotlashtirish (ingliz tilidan „Informatization“) — bu koʻp maʼnoli atama boʻlib, ilgʻor axborot texnologiyalari yordamida jamiyatda axborotdan foydalanish samaradorligini oshirish jarayonida, shuningdek, jamiyatning rivojlanishi va axborot jamiyatiga aylanishi jarayonida va postindustrial jamiyatning rivojlanishida asosiy omil hisoblanadi.
Axborotlashtirish bo’yicha zid fikr
Filippin universiteti professori Aleksandr Florning fikricha, axborotlashtirish anʼanaviy jamiyatlarga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Uning fikricha insonlar ko’p vaqtlarini internet va texnalogiyalarda o’tqazib atrofidagi holatlarni kormayotgani takidlangan.
Axborotlashish to’g’risida qonun
O’zbekiston Respublikasida Axborotlashish to’g’risidagi qonun 11.12.2003-yilda qabul qilingan. Bu qonun orqali insonlarning axborotdan to’g’ri foydalanishi tartibga solingan.
Yangi va raqamli davrda O‘zbekiston: o‘zgarishlar, ustuvor yo‘nalishlar, yutuqlar va rejalar
Yangilanayotgan O‘zbekiston o‘z oldiga bugun shunchaki rivojlanishni emas, balki jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida eng kuchli davlatlar qatoridan o‘rin olishni asosiy marra qilib qo‘ygan. Buni oldindan ko‘ra bilgan, his qilgan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yildagi parlamentga Murojaatnomasida taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar hamda zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shartligi, bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini berishi, zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib borayotganligiga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab etishi, biroq qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishishimiz zarurligi, shu bois raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish – kelgusi besh yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri sifatida belgilab berildi. Chunki raqamli texnologiyalar mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga, eng og‘ir illatlardan biri – korrupsiya balosini yo‘qotishda ham ular samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Raqamli texnologiyalarni keng joriy etish davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy soha rivojlanishiga xizmat qilishi qatorida odamlar turmushini keskin yaxshilashi mumkinligini o‘tgan qisqa fursat ko‘rsatib berdi.
E’tiboringiz uchun rahmat
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |