Almashtirish usullari
Almashtirish usullari sifatida quyidagi usullar-ni keltirish mumkin:
Sezar usulida almashtiruvchi harflar k ta siljish bilan aniklanadi. Yuliy Sezar bevosita k=3 bulganda ushbu usuldan foydalangan.
k=3 bo‘lganda va alifbodagi harflar m=26 ta bo‘lganda quyidagi jadval hosil qilinadi: Misol.
Matn sifatida SAMARQAND so‘zini oladigan bo‘lsak, Sezar usuli natijasida quyidagi shifrlangan yozuv hosil bo‘ladi: VDPDUTDQG.
Sezar usulining kamchiligi bu bir xil harflarning, o‘z navbatida, bir xil harflarga almashishidir.
Affin tizimidagi Sezar usulida har bir harfga almashtiriluvchi harflar maxsus formula bo‘yicha aniqlanadi: at+b (mod m), bu yerda a,b — butun sonlar, 0< a, b
Hozirgi vaqgda kompyuter tarmoqlarida tijorat axborotlari bilan almashishda uchta asosiy algoritm-lar, ya’ni DES, CLIPPER va PGP algoritmlari qo‘llanilmoqda. DES va CLIPPER algoritmlari integral sxemalarda amalga oshiriladi. DES algoritmining kriptomustahkamligini quyidagi misol orqali ham baholash mumkin: 10 mln. AQSh dollari xarajat qilinganda DES shifrini ochish uchun 21 minut, 100 mln. AQSh dollari xarajat qilinganda esa 2 minut sarflanadi. CLIPPER tizimi SKIPJACK shifrlash algoritmini uz ichiga oladi va bu algoritm DES algoritmidan 16 mln. marta kuchliroqtsir. PGP algoritmi esa 1991 yilda Filipp Simmer-man (AQSh) tomonidan yozilgan va elektron pochta orqali uzatiladigan xabarlarni shifrlash uchun ishlatiladigan PGP dasturlar paketi yordamida amalga oshiriladi. PGP dasturiy vositalari Internet tarmog‘ida elektron pochta orqali axborot jo‘natuvchi foydalanuvchilar tomonidan shifrlash maqsadida keng foydalanilmoqda.
PGP (Pretty Good Privacy) kriptografiya dasturining algoritmi kalitli, ochiq va yopiq bo‘ladi.Ochiq kalit quyidagicha ko‘rinishni olishi mumkin:
EDF21pI4 BEGIN PGP PUBLIC KEY BLOCK
Version: 2.6.31
mQCNAzFHgwAAAEEANOvroJEWEq6npGLZTqssS5EScVUPV aRu4ePLiDjUz6U7aQr
Wk45dIxg0797PFNvPcMRzQZeTxY10ftyMHL/6ZF9wcx64jy
LH40tE2DOG9yqwKAn
yUDFpgRmoL3pbxXZx91 OOuuzlkAz+xU6OwGx/EBKYOKPTTt DzSLOAQxLTyGZAAUR
tClCb2IgU 3dhbnN vbiA8cmpzd2 F uQHNlYXRObGUtd2 V id2 9ya 3MuY29tPokAlQMF
h53aEsqJyQEB6JcD/RPxg6g7tfHFiOQiaf5yaHOYGEVoxcd-
FyZXr/ITz
rgztNXRUiOqU2MDEmh2RoEcDs! fGVZHSRpkCg8iS+35sAz 9c2S+q5vQxOsZJz72B
LZl :FT7?fhC3fZZD9X91MsJH+xxX9CDx92xmllglMT25SOX
2o/uB AEND PGP PUBLIC KEY BLOCK—
Ushbu ochiq kalit bevosita Web sahifalarda yoki elektron pochta orqali ochiqchasiga yuborilishi mumkin. Ochiq kalitdan foydalangan jo‘natilgan shifrli axborotni axborot yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o‘qiy olmaydi. PGP orqali shifrlangan axborotlarni ochish uchun, superkompyuterlar ishlatilganda bir asr ham kamlik qilishi mumkin. Bulardan tashqari, axborotlarni tasvirlarda va tovushlarda yashirish dasturlari ham mavjud. Masalan, S-tools dasturi axborotlarni BMP, GIF, WAV kengaytmali fayllarda saklash uchun qo‘llaniladi.Ba’zi hollarda yashirilgan axborotning hajmi rasmning hajmidan ko‘p bo‘lishi ham mumkin, ya’ni olingan natija faqatgina tanlangan rasmga bog‘liq bo‘ladi.Kundalik jarayonda foydalanuvchilar ofis dasturlari va arxivatorlarni qo‘llab kelishadi. Arxivatorlar, masalan PkZip dasturida ma’lumotlarni parol yordamida shifrlash mumkin. Ushbu fayllarni ochishda ikkita, ya’ni lug‘atli va to‘g‘ridan-to‘g‘ri usuldan foy dalanishadi. Lug‘atli usulda bevosita maxsus fayldan so‘zlar parol o‘rniga qo‘yib tekshiriladi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri usulda esa bevosita belgilar kombinatsiyasi tuzilib, parol o‘rniga qo‘yib tekshiriladi.
Ofis dasturlari (Word, Excel, Access) orqali himoyalash umuman taklif etilmaydi. Bu borada mavjud dasturlar Internet da to‘siqsiz tarqatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |