Axborot miqdori va uzatish tezligi.
Axborot ham boshqa kopgina tushunchalar (masalan , vaqt ish harorat, masofa va boshqalar) kabi olchanadi, Ammo uning olchov birligi siz bilgan matematika yoki fizika kursida tanishgan olchov birlilarimizdan farq qiladi.Axborotni olchash uchun unda ishtirok ekgan harf , raqam va boshqa belgilar 0 va 1 raqamlari bilan kodlanadigan kodga almashtiriladi.
Axborotning eng kichik o`lchov birligi sifatida bit qabul qilingan. Bit axborotning raqamli ifodasidagi 0 yoki 1 belgisi bolib,inglis tilidagi “binariy digt” sozidan olingan va “ikkilik raqami”” degan ma`noni anglatadi.
Masalan: 100101001da 9 ta bit bor. Chunki unda 9 ta raqam ishtirok etmoqda.
Axborotni kompyuterda tasvirlash.
Kompyuter fakat sonli ko‘rinishda ifodalangan axborotni kayta ishlay oladi. Shuning uchun kompyuterda kayta ishlanishi lozim bo‘lgan axborotni sonli ko‘rinishda tasvirlash kerak. Boshlangich mA‘lumot kompyuterga kiritilishi jarayonida har bir rakamga, harfga va belgiga mA‘lum bir son mos quyiladi. Kelgusida kompyuterga ishlatiladigan barcha harflarni, rakamlarni va belgilarni kiskarok belgi yoki simvol deb ishlatamiz. Belgilar bilan ularga mos quyiladigan sonlar orasida moslik o‘rnatish belgilarni kodlash deyiladi. Kompyuterda barcha belgilar 0 va 1 rakamlari yordamida kodlanadi. Bunday kodlash ikkili kodlash deyiladi. 0 va 1 rakamlari bitlar deb ataladi. Bu atama quyidagi ingliz so‘zlarida kelib chikkan: binary digit – ikkilik rakamlar. Har bir belgi 8 ta 0 va 1 lar ketma-ketligi ko‘rinishida kodlanadi. Masaslan, katta A harfining kodi, 9 rakamining kodi, + va ) belgilarining kodi quyidagicha.
А - 01000001 + - 00101011
9 - 00110011 ) - 00101001
Axborotni kodlash
EHMda operatsiyalar bajarish uchun sonlar maxsus mashina kodlari bilan kodlanadi.
EHMning arifmetik mantiqiy qurilma (AMQ) si sonlarni uzluksiz ayirish va qo‘shish operatsiyalarini qisqartirish maqsadida to‘g‘ri, to‘ldirish va teskari kodlar ishlatiladi.To‘g‘ri kod. Sonlarni absolyut ahamiyatini mos keluvchi belgi asosi: musbat va manfiy.
ikkilik sonni to‘g‘ri kodlash formulasi quyidagi ko‘rinishga ega:
To‘g‘ri kod xotira qurilmasida sonlarni saqlash uchun, kiritish va chiqarish qurilmalarida shuningdek, ko‘paytirish amalini bajarishda qo‘llaniladi.To‘ldirish kod. A sonini ikkilik sanoq tizimsida to‘ldirish kod formulasi quyidagi ko‘rinishga ega:formuladan ko‘rinib turibdiki, musbat sonning to‘ldirish kodi to‘g‘ri kodning son tasviri bilan mos tushadi.A sonini to‘ldirish kodi bilan tenglashtirilganda quyidagi qoidani olish mumkin: Manfiy sonni to‘ldirish kodda yozish uchun, shu sonning belgili razryadini o‘rniga 1 sonini qo‘yiladi, sonli razryadlar o‘rniga esa 0 o‘rniga 1, 1ni o‘rniga 0 qo‘yiladi va olingan natijaga kichkina razryaddagi birni qo‘shish kerak.
Manfiy sonli to‘ldirish kodni to‘g‘ri kodga aylantirish uchun, shu sonni sonli razryadida nollarni birlarga va birlarni nollarga almashtirib, ulardan olingan natijaga kichik razryaddagi birni qo‘shish kerak.To‘ldirish kodda manfiy nol mavjud emas.Teskari kod. Teskari kod formulasi quyidagi ko‘rinishga ega. A manfiy sonini shu sonning teskari kodi Ates bilan tenglashtirilganda quyidagi koidani olish mumkin: Manfiy sonni teskari kodda yozish uchun, shu sonning belgili razryadida 1 qo‘yiladi, sonli razryadida esa nollarni birga, birlarni nolga almashtiriladi.
Teskari kodda nol bir xil ko‘rinishga ega emas.
А=+0,00...00; Атес=0,00...00;
А=-0,00...00; Атес=1,11...11;
Musbat sonni teskari kodi to‘g‘ri koddagi son ko‘rinishi bilan mos keladi.Modifikatsiyalashgan kod. Ular razryadlari setkani to‘ldirishni ko‘rsatishga o‘ng bo‘lib, sonlar qo‘shilishida chiqadi. Bu kodlar oddiy mashina kodlaridan shunisi bilan farq qiladiki, belgini ko‘rinishiga ikkita razryad olib boriladi: musbat-ikkita nol, manfiy-ikkita bir ko‘rinishiga ega.Ikkilik sanoq tizimsini to‘g‘ri, to‘ldirish va teskari modifikatsiyalashgan kod Holatiga keltirish uchun yuqorida qayd qilingan qoidalar ishlatiladi. Raqamli va matnli axborotni kodlashdagi o’xshashlik quyidagilardan iborat: bu turdagi ma’lumotlarni taqqoslash mumkin bo’lganligi uchun, har xil son har xil kodga ega bo’lishi kerak. Sonli ma’lumotlarning matnli ma’lumotlardan asosiy afzaligi shundan iboratki, sonlar ustida taqqoslash amalidan tashqari turli-tuman matematik amallarni bajarish mumkin: bo’lish, ko’paytirish, ildi chiqarish , logarifmni hisoblash va h.k. matematikada sonlar ustida bu amallarning bajarilishi qoidalari batafsil ishlab chiqilgan . Kompyuterga kiritilgan sonlarning asosiy hisoblash tizimi pozitsion ikkilik tizimidir.Hozirgi vaqtda foydalanuvchilarning katta qismi kompyuter yordamida harflar, sonlar, tinish belgilari va boshqa belgilardan iborat matnli ma’lumotlarni qayta ishlaydi. Hisoblab ko’ramiz, hamma belgilar nechta va bizga qancha miqdordagi bitlar kerak. 10ta son, 12 ta tinish belgi, 15 ta arifmetik amal, lotin va rus alfaviti harflari: jami 8 bitga to’g’ri keladigan 155ta belgilar.
Axborot o’lchovi birliklari:
1 bayt = 8 bit
1 Kbayt = 1024 bayt
1 Mbayt = 1024 Kbayt
1 Gbayt = 1024 Mbayt
1 Tbayt = 1024 Gbayt
Kodlashning mohiyati shundan iboratki, har bir belgiga ikkilik koddagi 00000000 dan 11111111gacha bo’lgan sonlardan biri yoki o’nlik koddagi 0dan 255 gacha bo’lgan sonlardan biri mos qilib belgilangan. Hozirgi vaqtda rus harflarini kodlash uchun 5 turlicha kodlash jadvallaridan(КОИ - 8, СР1251, СР866, Мас, ISO) foydalaniladi. Bir jadval yordamida kodlangan matn boshqa jadvalda to’g’ri ko’rinmaydi. Asosiy belgilarni kodlashning usuli ASCII(American Standard Code for Information Interchange-ma’lumotlarni almasish uchun Amerika standarti)-kodi deb nomlanib, 16 lik sanoq tizimida kodlangan 16 ga 16 jadvaldan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |