Marketing axboroti haqida tushuncha bering.
Marketing axborotini to‘plash usullarini ayting.
Marketing tadqiqoti uchun qanday axborotlar zarur?
Axborotlarga qanday talablar qo‘yiladi?
Marketing tadqiqotlari o‘tkazishda qaysi axborot manbalaridan foydalanish samarali hisoblanadi?
Bozor tadqiqoti nima maqsadda o‘tkaziladi?
Marketing axborot tizimi - insonlar, texnik vositalar va amalga oshirish uslublaridan tashkil topib, muhim va to‘g‘ri axborotni to‘plash, tartibga solish, tahlil qilish, kuzatish natijasida marketing sohasida qaror qabul qiluvchiga samarali yordam ko‘rsatish vazifasini bajaradi. Marketing axboroti tizimi o‘zaro mushtarak bog‘langan elementlar va munosabatlar majmuini tashkil etadi.
Axborotni to‘plash va undan foydalanish jihatlariga ko‘ra axborot tizimini to‘rtta quyi tizimga ajratish mumkin. Bular jumlasiga 1)tashkilot ichki hisobot tizimi, 2) marketing tashqi xabarnoma - axborot tizimi, 3) qaror qabul qilishni quvvatlovchi tizim, 4) marketing tadqiqoti tizimi kiradi. Ushbu quyi tizimlarning shakllanishida axborotga bo‘lgan ehtiyoj, zaruriy shakldagi va talabdagi axborotni taqdim etish tartibi va muddati muhim ahamiyat kasb etadi.
Odatda marketing tadqiqotlari 5 ta yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi: 1. Reklamani tashkil etish tadqiqotlari. 2. Strategik rejalashtirish va tashkilot siyosati (qisqa va uzoq muddatli bashoratlar o‘tkazish, amaliy faollik, narx siyosatidagi o‘zgarishlar va korxona natijalari, bozor manzilgohlari, operativ yalpi tahlil, tashkilot ichki muhiti tahlili, eksport bozori kuzatuvlari va h.k.) 3. Tashkilot mas’uliyati bo‘yicha izlanishlar. 65 4. Bozor tahlili. 5.Sotuv imkoniyatlari va marketing izlanishlari (salohiyatli bozorlarni aniqlash, bozor tarkibi tahlili, sotuv hajmi o‘zgarishlari tahlili, sinov marketingi o‘tkazish, sotishni rag‘batlantirish tadbirlarini o‘rganish bo‘yicha va h.k.)
Axborot olish manbalari xususida fikr yuritilganda faqatgina tegishli mamlakatda chop etiladigan axborotlargina emas, balki xorijiy matbuot, xalqaro iqtisodiy-moliyaviy tashkilotlarning axborotlarini ham inobatga olmoq lozim. Masalan, AQSHda nashr etiladigan Fortune, Forbes kabi jurnallarda Evropa mamlakatlari bozori xususida axborotlar, undagi o‘zgarishlar, siljishlar haqida ham ma’lumotlar keltiriladi. Bu esa o‘z navbatida, barcha qiziquvchi va tegishli bozorga ishtiyoqmand kompaniyalar uchun axborot manbai bo‘lib hisoblanadi. Jahon iqtisodiyoti yanada shakllanayotgan va xalqaro munosabatlar takomillashayotgan sharoitda xalqaro iqtisodiy, moliyaviy tashkilotlar: Xalqaro savdo tashkiloti, Jahon banki, Xalqaro rivojlanish va rekonstruksiya banki va shu kabilar o‘zlarining yillik hisobotlarini nashr qiladilar. Bunday ma’lumotlardan xalqaro bozorda faoliyat boshlayotgan va yuritayotgan kompaniyalar foydalanishlari mumkin. Masalan, tegishli bir davlatning tashqi savdo balansi, eksport-import tarkibi, sanoat, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish hajmi va h.k. ma’lumotlar ushbu manbalardan olinishi mumkin.

Bozorda vujudga kelayotgan o‘zgarishlarni o‘z vaqtida seza bilish, muayyan davr mobaynida xaridorlar atvorini, mijozlar hatti-harakatini, raqobatchilar taktikasini o‘rganish korxona va tashkilotlarning marketing faoliyatini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu xususda axborotni to‘liq olish, qayta ishlash va undan qaror qabul qilish bosqichida unumli foydalanish imkoniyatlari bir muncha cheklangan bo‘ladi. Chunki, bozorda ro’y berayotgan o‘zgarishlarning jadalligi, o‘zaro bog‘liqligi va ta’sirchanligi yuqoridir. Shu sababdan, o‘rganilayotgan jarayon yoki ob’ekt xususida auditlik bilan axborot olish, uning imkoni boricha to‘laligini, ishonchliligini ta’minlash talab etadi, bunday tarzda axborot olish uslubi bo‘lib-kuzatish uslubi hisoblanadi.
Marketing tadqiqotlari o‘tkazishda qaysi axborot manbalaridan foydalanish samarali hisoblanadi?
Bozor tadqiqoti nima maqsadda o‘tkaziladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |