Axborotlar ustida bajariladigan amallar



Download 2,28 Mb.
Sana18.01.2022
Hajmi2,28 Mb.
#391649
Bog'liq
Axborotlar ustidabajariladigan amallar

Axborotlar ustida bajariladigan amallar

  • 7-sinf Informatika va axborot texnologiyalari fani 2-mavzu

Axborotli jarayonlar

  • Informatikada narsa, jarayon, moddiy va nomoddiy xususiyatli hodisalar ularning axborot berish xususiyatlaridan kelib chiqib axborot obyektlari deb
  • ataladi.

Axborotlarning ma’lum qismini yodda saqlab qoldingiz, qolganlarini esa daftar, albom yoki kitoblardan foydalanib, kerakli vaqtda xotirangizda qayta tiklay olishingiz mumkin.

  • Olgan axborotlaringiz yillar o‘tishi bilan chuqurlashdi va kengaydi, birbiri bilan bog‘lanib, narsa yoki jarayonlar haqidagi bilimingizni to‘ldirdi.

Bilingki, axborotlar ustida bajariladigan amallar bilan bog‘liq barcha jarayonlar axborotli jarayonlar deb ataladi.

  • Axborot ustida hosil qilish, to‘plash, izlash, saqlash, uzatish, qabul qilish, o‘lchash, ishlatish, qayta ishlash, nusxalash, his etish, eslab qolish, boshqa ko‘rinishga
  • o‘tkazish, tarqatish, bo‘laklarga ajratish, soddalashtirish, birlashtirish, formatlashtirish, kodlash, buzish kabi amallar bilan tanishib bo‘ldingiz.

Axborotga qo‘yiladigan talablar umumiy mazmuniga ko‘ra birlashtirilsa, ular, asosan, quyidagi muhim uchta xususiyatga ega bo‘lishi lozim:

  • Ma’lum darajada qimmatli bo‘lishi. Aks holda undan foydalanish
  • ehtiyoji tug‘ilmaydi. Qimmatli axborot vaqt o‘tishi bilan o‘z qimmatini yo‘qotishi mumkin. Masalan, «30sentyabr kuni tantana o‘tkaziladi» degan axborot 1noyabrda o‘z qimmatini yo‘qotadi;
  • To‘liq bo‘lishi. Ya’ni axborot o‘rganilayotgan narsa yoki hodisani
  • har taraflama to‘liq ifodalashi lozim. Aks holda axborotni noto‘g‘ri tushunishga va natijada, xato qaror qabul qilishga olib eladi. Masalan, sinf rahbaringizning «Yakshanba kuni barchamiz teatrga boramiz, shuning uchun hamma teatr binosi oldida yig‘ilsin»
  • Ishonchli bo‘lishi. Aks holda undan foydalanish xato qaror
  • qabul qilishga va noxush natijalarga olib keladi. Masalan, hazilkash sinfdoshingizning «Matematikadan bo‘ladigan nazorat ishi qoldirildi»

Axborotlar inson xotirasidan tashqari turli xil vositalarda, masalan, kitob, gazeta va magnitli tasmalarda, kompyuterlarning esa maxsus vositalarida saqlanadi.

  • Ular axborot tashuvchi vositalar deb ataladi.

Axborotni qayta ishlash va uzatish

  • Axborotlarni qayta ishlash bir axborot obyekti ustida zarur amallarni bajarib, boshqa axborot obyektini hosil qilishdir. Axborotni qayta ishlashning ikki turini ajratish mumkin:
  • 1) mazmunini o‘zgartirish, ya’ni yangi axborot olish maqsadida axborotni qayta ishlash;
  • 2) mazmunini o‘zgartirmagan holda axborotni uning ko‘rinishini
  • o‘zgartirish maqsadida qayta ishlash.

Keltirilgan misollar axborotlarni to‘plash va ularni qayta ishlash kabi jarayonlarni o‘z ichiga olganligini ko‘rish mumkin.

Bu jarayondagi axborot manbayiga misol sifatida borliqni, qabul qilish vositasiga esa insonni olish mumkin.

  • Axborot
  • manbayi
  • yoki uzatish
  • vositasi
  • Axborotni
  • qabul qilish
  • vositasi
  • Aloqa vositalari
  • Axborot manbayi bo‘lib borliqdagi ob-havo harorati bo‘lsa, aloqa vositasi sifatida badandagi sezgi retseptorlari va nerv kanallari xizmat qiladi va nihoyat, axborotni qabul qilish vositasini esa inson ongi tashkil etadi.

Axborotlarni qayta ishlash uchun uni uzlukli ko‘rinishga o‘tkazar ekan.

  • Axborotlarning bu kabi uzlukli ko‘rinishi diskret axborotlar deb ataladi.

Diskret axborotlardan eng ko‘p tarqalgani raqamli axborotlardir, ya’ni uzluksiz axborotning raqamlar orqali ifodalangan ko‘rinishidir.

  • Analog signallar bilan ishlaydigan qurilmalar analog qurilmalar, raqamli axborotlar bilan ishlaydigan qurilmalar raqamli qurilmalar deb ataladi.

Analog qurilmalarga televizor, telefon, radio, fotoapparat, videokamerani, raqamli qurilmalarga esa shaxsiy kompyuter, raqamli telefon, raqamli fotoapparat, raqamli videokamerani misol qilish mumkin.

Inson hayoti uzluksiz axborotga misol bo‘lsa, uning yurak urishi, nafas olishi uzlukli (chunki qachondir nafas chiqarishi zarur) axborotga misol bo‘ladi.

Endi borliq ta’sirining inson ongida axborot ko‘rinishida aks etish jarayonini quyidagi ko‘rinishda tasvirlashimiz mumkin:

  • Borliq
  • ko‘rish,
  • hid bilish,
  • eshitish,
  • ta’m bilish,
  • Tana orqali
  • Axborot
  • Inson
  • ongi

Savol va topshiriqlar:

  • 1. Axborotni hosil qilish, to‘plash, soddalashtirish jarayonlariga
  • misollar keltiring.
  • 2. Axborotni nusxalash, o‘lchash, buzish jarayonlarini tahlil etib
  • bering.
  • 3. Axborotlarni uzoq masofaga uzatish usullariga misollar keltiring.
  • 4. Axborotlarni kompyutersiz va kompyuterda saqlash vositalariga
  • misollar keltiring.
  • 5. Inson tanasiga bog‘liq ravishda axborot manbayi, aloqa vositasi
  • va axborot qabul qilish vositalariga misollar keltiring.
  • 6. Texnik vositalardan axborot manbayi, aloqa vositasi va axborot
  • qabul qilish vositalariga misollar keltiring.

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish