Axborotlar ustida bajariladigan amallar
Darsning maqsadi:
1) ta’limiy: O`quvchilarga axborotli jarayonlar haqida ma’lumot berish;
2) tarbiyaviy: O`uvchilarga estetik va iqtisodiy tarbiya berish;
3) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning axborotli jarayonar haqida bilim va ko`nikmalarini rivojlantirish.
Kompetensiya:
TK3 - doimiy ravishda o‟z-o‟zini intelektual va kreativ rivojlantirish, hayot davomida mustaqil kognitivlik ko‟nikmalarini mustaqil ravishda rivojlantirib boradi;
FK1 - axborotlarni izlash va elektron vositalarda yig„ish ko‟nikmasiga ega bo‟ladi
Dars uslubi: : Guruhlarda ishlash, tushunchalar tahlili
Dars jihozi: Darslik, kompyuter,
Darsning borishi:
№
|
Dars bosqichlari
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2 minut
|
2
|
O`tgan o`quv yilida o`tilganlarni takrorlash va baholash
|
15 minut
|
3
|
Yangi mavzuning mazmunini ochish va xulosalar chiqarish
|
25 minut
|
5
|
Uyga vazifa va topshiriqlar
|
3 minut
|
I. Tashkiliy qism: 1.Salomlashish.
2.Yo'qlama qilish.
3.Uyga vazifani so'rash.
II. Takrorlash
1. Axborot qanday ko'rinishlarda uchraydi? Misollar keltiring.
2. Film namoyish etilayotganda qanday ko'rinishlarda axborot olasiz?
3. Sinf doskasida biror axborot obyekti to'g'risidagi axborotni ikki xil ko'rinishda tasvirlang.
4. Axborotning asosiy xususiyatlari haqida so'zlab bering.
5. Axborotning qanday turlari bor?
III. Yangi mavzu bayoni:
Avvalgi darslarda axborotni aniqlash va undan foydalanishga oid mashqlarni bajardingiz. Bunda Siz berilgan qonuniyatlarga ko'ra axborot oldingiz, ya'ni axborot to'pladingiz (hosil qildingiz), olingan axborotni daftaringizga qayd etdingiz, ya'ni saqlab qo'ydingiz, shu axborotga asosan
o'ylab ko'rib xulosa chiqardingiz, ya'ni qayta ishladingiz va berilgan vazifani hal etdingiz, ya'ni axborotni ishlatdingiz. Mashqni bajarish jarayonida axborotni eslab qolish va boshqa ko'rinishga o'tkazishga to'gri keldi. Bu darsda shu kabi axborotlar ustida bajariladigan amallardan asosiylarini ko'rib chiqamiz.
Axborotli jarayonlar
Axborot ustida hosil qilish, to'plash, izlash, saqlash, uzatish, qabul qilish, o'lchash, ishlatish, qayta ishlash, nusxalash, his etish, eslab qolish, boshqa ko'rinishga o'tkazish, tarqatish, bo'laklarga ajratish, soddalashtirish, birlashtirish, formallashtirish, kodlash, buzish kabi amallarni bajarish mumkin.
Axborotlar ustida bajariladigan amallar bilan bog'liq barcha jarayonlar axborotli jarayonlar deb ataladi.
Axborotlar ustida bajariladigan amallarning ko'plari Sizga tanish. Masalan, axborotni to'plash, birlashtirish, saqlash, his etish, eslab qolish, ishlatish bilan fanlarni o'zlashtirish jarayonida, boshqa ko'rinishga o'tkazish yoki formallashtirish amallaridan matematika va fizika darslarida formulalar, tenglamalar va jadvallar tuzib, nusxalash amalidan esa Paint va Word dasturlarida ko'p foydalandingiz. Keyingi darslarimizda axborotlar ustida bajariladigan kodlash va buzish amallari bilan tanishasiz.
To'plangan axborotlardan kerak bo'lganda foydalanish uchun ularni saqlab qo'yish kerak. Axborotlar turli xil vositalarda, masalan, kitoblarda, gazetalarda, magnitli tasmalarda, kompyuterlarning esa maxsus vositalarida saqlanadi. Ular axborot tashuvchi vositalar deb ataladi.
Shu kabi axborot tashish vositalariga ko'plab misol keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |