Volume: 02 Issue: 01 | 2022
ISSN: 2181-2624
www.sciencebox.uz
Analytical Journal of
Education and Development
183
BO‘LAJAK INFORMATIKA FANI O‘QITUVCHILARINING GRAFIK
AXBOROTLAR BILAN ISHLASH KOMPETENSIYASINI
RIVOJLANTIRISH
Aripov Masud Marufovich
Qo’qon DPI, Informatika kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi
Shirinov Feruzjon Shuxratovich
Qo‘qon DPI, Informatika kafedrasi katta o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bo‘lajak informatika fani o‘qituvchilarining grafik
axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar va takliflar
berilgan.
Kalit so’zlar:
kompyuter grafikasi, kompetensiya, infotmatika, grafik fayl, grafik
interfeys, grafik tasvir, rastr, vektor, fractal, piksel.
Ilmiy adabiyotlarda o‘quv jarayonining dastlabki bosqichi o‘rganilayotgan mavzu doirasida
axborotlar to‘plash bilan xarakterlanishi [6] ta’kidlab o‘tilgan. Ma’lumki, umumiy o‘rta ta’limda
o‘rganiladigan o‘quv fanlari ta’limning keyingi bosqichlarida o‘rganiladigan fanlar uchun
propedevtik materiallar (fanlar yuzasidan qat’iy algoritm asosida, aniq maqsad sari quyi
bosqichda o‘rganiladigan axborotlar) bilan ta’minlashni nazarda tutadi. Shuning uchun
o‘quvchilarda axborotlar bilan ishlash tayanch kompetensiyasini shakllantirishda informatika
fani ustuvor hisoblanadi.
An’anaviy ta’limda yangi mavzular o‘quvchilarga algoritmik tarzda berilib, so‘ngra uni
mustahkamlash uchun mashqlar berish orqali o‘rgatiladi. Mustahkamlovchi darslarda o‘z
navbatida, o‘tgan mavzularga oid bilimlar tizimlashtirilib chiqiladi. O‘quvchilar axborotlarni
tushunish, interpretatsiya (lot. «interpretatio» - tushuntirish, izohlab berish) qilish ya’ni,
axborotning ma’nosini, tub mohiyatini ochib berish, tushuntirishga kam jalb qilinadi. Lekin,
inson hayotiy faoliyat davomida doimiy ravishda muammolarni tahlil qilish, echimlarni sinovdan
o‘tkazish bilan shug‘ullanadi. Bu jarayonni qanday amalga oshirishni xayotiy faoliyatlarni
bajarish davomida o‘rganib boradi va muammolarni tahlil qilib boradi.
Bo‘lajak informatika fani o‘quvchisining asosiy kompetensiyasidan biri axborotlar bilan ishlay
olish kompetensiyasidir. Bunda o‘qituvchi oldida turli xil ko‘rinishdagi axborotlar bilan ishlay
olish bilimi talab etiladi. Bu axborotlardan eng asosiylaridan bir bu – grafik axborot
tushunchasidir.
Grafik axborotlar xozirgi xayotimizdagi barcha sohalarda keng ishlatiladigan axborot turi
hisoblanadi. Ma’lumki inson axborotni eshitish va sezish a’zolariga nisbatan ko‘rish a’zolari
orqali oladi. Ko‘rgazmali axborotning o‘zlashtirilishi oson bo‘ladi. Inson tabiatining ana shu
xususiyati grafik operatsion tizimlarda ishlatiladi. Ularda axborot grafik ob’ektlar: znachoklar
(belgilar), oynalar va rasmlar ko‘rinishida tasvirlanadi [1].
Axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish, ularga ishlov berish, shuningdek, grafik
ob’ektlar va fayllarda bo‘lgan nografik ob’ektlar o‘rtasida bog‘lanish urnatishni informatikada
kompyuter grafikasi deb atash qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |