Mantiqiy xatolar tafakkur qonunlarini buzish, xulosa chiqarish qoidalariga amal qilmaslik natijasida yuzaga keladi.
Sofistlar – isbotlash jarayonida ataylab (qasddan) xatoga yo`l qo`yuvchilar deb, ularning ta’limoti esa sofizm (grek. – ayyorlik) deb ataladi.
Paralogizm – fikr yuritish jarayonida bilmasdan mantiqiy xatoga yo`l qo`yilishiga aytiladi.
Paradoks – chinligini ham, xatoligini ham birday isbotlash mumkin bo‗lgan fikrlarga aytiladi.
Eristika – bahs yuritish san’ati. O`ziga xos qonun-qoidalarga amal qilishni talab etadi. Bularga asosan quyidagilar kiradi:
– zaruriyatsiz bahslashmaslik;
– mavzusiz bahs yuritmaslik
– bahs davomida mavzudan chetga chiqmaslik yoki mavzuni o‗zgartirmaslik;
– bahs mavzusi yuzasidan o`zaro zid yoki qarama-qarshi fikrlar bo`lmasa, bahsni tox`tatish;
– mavzuni yaxshi biladigan, aqlli odamlar bilangina bahslashish;
– bahs yuritishda mantiqiy qonun-qoidalarga amal qilish
Argumentlashning mantiqiy asoslarini bilish va bahs yuritish qoidalariga amal qilish tafakkur madaniyatini yuqori darajaga ko`tarish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |