Isbotlash usulini tanqid qilish orqali rad etish. Rad etishning bu usulida isbotlashda yo`l qo`yilgan xatolar aniqlanadi. Isbotlash usulida yo`l qo`yilgan xato aniqlanganda tezis rad etilmaydi, uni qayta isbotlash talab qilinadi. Isbotlash va rad etish qoidalari, ularni buzganda kelib chiqadigan mantiqiy xatolar tezisga aloqador qoidalar: 1. Tezis mantiqan aniq va ravshan bo`lishi kerak. 2. Tezis isbotlash yoki rad etishning boshidan oxirigacha o`zgarmasligi kerak. Argumentlarga nisbatan qoidalar: 1. Tezisni asoslash uchun keltirilgan argumentlar chin hukmlar bo`lishi va bir-biriga zid bo`lmasligi lozim. 2. Argumentlar tezisni asoslash uchun yetarli bo`lishi kerak. 3. Argumentlar tezisdan mustaqil holda chinligi isbotlangan hukmlar bo`lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |