SOCKS protokoli
SOCKS (SOCKet Secure) protokoli server – vositachi yoki proksi – server
orqali OSI modelining seans darajasida mijoz/server dasturlarning o’zaro
munosabatini tashkillashtiradi.
Dastlab SOCKS protokoli faqatgina mijoz dasturlari tomonidan keladigan
so’rovlarni serverlarga qayta yo’llash, shuningdek olingan javoblarni qayta mijozga
uzatish uchun ishlab chiqilgan. Mijoz/server dasturlari o’rtasida so’rov va
javoblarni qayta yo’llash NAT (Network Address Translation) IP – adreslarini
translyatsiyalash funksiyalarini qo’llash imkonini yaratadi. NAT texnologiyasini
qo’llash ichqi tarmoq topologiyasi yashirishga yordam beradi, bu esa o’z
navbatida tashqaridan uyushtiriladigan hujumlarni amalga oshirishni
qiyinlashtiradi.Tarmoq manzillarini translyatsiyalash himoyani kuchaytirishdan
tashqari, o’zining shaxsiy adresatsiyasini amalga oshira olish imkoniyati tufayli
ichki adres sohasini kengaytirishga imkon beradi.
SOCKS v.5 protokoli IETF (Internet Enfineering Task Force) tashkiloti
tomonidan Internet standarti sifatida tasdiqlangan bo’lib, RFC 1928 (Request for
Comments) ga kiritilgan.
SOCKS v.5 protokoli asosida quriladigan ulanishning umumiy sxemasini
quyidagicha tasvirlash mumkin:
tarmoqdagi biror – bir amaliy server bilan ulanish o’rnatmoqchi
bo’lgan mijoz so’rovi shu kompyuterda o’rnatilgan SOCKS – mijozga murojaat
qiladi;
SOCKS – server bilan ulangan SOCKS – mijoz o’zi qo’llab –
quvvatlaydigan barcha autentifikatsiya usullarining identifikatorlarini uzatadi;
SOCKS – server autentifikatsiyaning qaysi usulidan foydalanishni hal
qiladi (agar SOCKS – server SOCKS – mijoz tomonidan taklif etilgan autentifikatsiya
turlaridan birortasini ham qo’llab – quvvatlamasa, ulanish uziladi);
tanlangan usul yordamida server mijozni autentifikatsiyalaydi;
muvaffaqiyatsiz autentifikatsiyada SOCKS – server ulanishni uzadi;
muvaffaqiyatli autentifikatsiyadan so’ng SOCKS – mijoz SOCKS –
serverga tarmoqdagi so’ralayotgan amaliy serverning DNS – nomi yoki IP –
adresini uzatadi, va keyin SOCKS – server oldindan aniqlangan qoidalar asosida
ushbu amaliy server bilan ulanishni o’rnatish haqida qaror qabul qiladi;
Imzo
Sana
“Axborot xavfsizligining usul va vositalari” fanidan “Kompyuter
tarmog’ida informatsiya himoyasi” moduli bo’yicha laboratoriya
ishlarini bajarish uchun elektron qo’llanma yaratish
37
Rahbar
IbragimovU.
Talaba
IbragimovN.
ulanish o’rnatilgan holda, mijoz va amaliy server bir – birlari bilan
ulanishlar zanjiri orqali aloqa qilishadi, bu zanjirda SOCKS – server ma’lumotlarni
qayta translyatsiyalaydi, shuningdek tarmoq orqali o’zaro aloqa himoyasida
vositachi funksiyasini ham bajarishi mumkin: masalan, agar autentifikatsiya
vaqtida SOCKS – server va SOCKS – mijoz o’zaro seans kalitlari bilan
almashinishgan bo’lsa, ular o’rtasidagi butun trafik shifrlanadi.
Bundan tashqari SOCKS – server quyidagi qo’shimcha funksiyalarni ham
bajarishi mumkin:
ichki tarmoq resurslariga ruxsatni chegaralash;
tashqi tarmoq resurslariga ruxsatni chegaralash;
xabarlar oqimi filtratsiyasi, masalan viruslarni dinamik axtarish;
hodisalar registratsiyasi va belgilangan hodisalarga ta’sir;
tashqi tarmoqdan so’raladigan ma’lumotlarni keshlash.
Imzo
Sana
“Axborot xavfsizligining usul va vositalari” fanidan “Kompyuter
tarmog’ida informatsiya himoyasi” moduli bo’yicha laboratoriya
ishlarini bajarish uchun elektron qo’llanma yaratish
38
Rahbar
IbragimovU.
Talaba
IbragimovN.
Do'stlaringiz bilan baham: |