Axborotni himoya qilish deganda:
Axborotning jismoniy butunligini ta’minlash, shu bilan birga axborot
elementlarining buzilishi yoki yo’q qilinishiga yo’l qo’ymaslik;
Axborotning butunligini saqlab qolgan holda, uning elementlarini
qalbakilashtirishga (o’zgartirishga) yo’l qo’ymaslik;
Axborotni tegishli huquqlarga ega bo’lmagan shaxslar yoki jarayonlar orqali
tarmoqdan ruxsat etilmagan holda olishga yo’l qo’ymaslik;
Egasi tomonidan berilayotgan (sotilayotgan) axborot va resurslar faqat
tomonlar o’rtasida kelishilgan shartnomalar asosida qo’llanilishiga ishonish kabilar
tushuniladi.
Axborot xavfsizligi deb, ma’lumotlarni yo’qotish va o’zgartirishga
yo’naltirilgan tabiiy yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta’sirlardan har
qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga aytiladi. Ilgarigi xavf
faqatgina konfidensial (maxfiy) xabarlar va hujjatlarni o’g’irlash yoki nusxa
olishdan iborat bo’lsa, hozirgi paytdagi xavf esa kompyuter ma’lumotlari
to’plami, elektron ma’lumotlar, elektron massivlardan ularning egasidan ruxsat
so’ramasdan foydalanishdir. Bulardan tashqari, bu harakatlardan moddiy foyda
olishga intilish ham rivojlandi.
Axborotning himoyasi deb, boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining
axborot xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot axborot zahiralarining
yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta’minlovchi
qat’iy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi.
Axborotni
iborat:
|
himoyalashning
|
maqsadlari
|
quyidagilardan
|
- axborotning kelishuvsiz chiqib ketishi, o’g’irlanishi, yo’qotilishi,
o’zgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish;
- shaxs, jamiyat, davlat xavfsizligiga b’lgan xavf – xatarning oldini olish;
- axborotni yo’q qilish, o’zgartirish, soxtalashtirish, nusxa ko’chirish,
to’siqlash bo’yicha ruxsat etilmagan harakatlarning oldini olish;
- hujjatlashtirilgan axborotning miqdori sifatida huquqiy tartibini
ta’minlovchi, axborot zahirasi va axborot tizimiga har qanday noqonuniy
aralashuvlarning oldini olish;
- axborot tizimida mavjud bo’lgan shaxsiy ma’lumotlarning shaxsiy
maxfiyligini va konfidensialligini saqlovchi fuqarolarning konstitutsion
huquqlarini himoyalash;
- davlat sirini, qonunchilikka mos hujjatlashtirilgan axborotning
konfidensialligini saqlash;
- axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlovchi vositalarni
yaratish, ishlab chiqish va qo’llashda sub’ektlarning huquqlarini ta’minlash.
Axborot xavfsizligining huquqiy ta’minoti axborotni himoyalash tizimida
bajarilishi shart bo’lgan qonun chiqarish aktlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar,
qoidalar yo’riqnomalar, qo’llanmalar majmuidir. Hozirda axborot
xavfsizligining huquqiy ta’minoti masalasi ham amaliy, ham qonunchilik
jihatidan faol o’rganib chiqilmoqda.
Kompyuter jinoyatchiliklarini qilish instrumentlari sifatida
telekommunikatsiya va hisoblash texnikasi vositalari, dasturiy ta’minot va
intellektual bilim ishlatiladi. Kompyuter jinoyatchiliklarini qilish sohasi
sifatida nafaqat kompyuterlar, global va korporativ tarmoqlar (Internet), balki
axborot texnologiyasining zamonaviy, yuqori unumli vositalari hamda
axborotning katta hajmi ishlanadigan, masalan, statistik va moliya institutlari
tanlanadi.
Shu sababli, har qanday tashkilot faoliyatini turli-tuman axborotni olish
uchun qo’lda yoki hisoblash texnikasi vositalari yordamida ishlash, axborotni
tahlil qilish natijasida qandaydir muayyan yechimlarni olish va ularni aloqa
kanallari orqali uzatishsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Kompyuterga ham tajovuz
ob’ekti, ham tajovuz qiluvchi instrument sifatida qarash mumkin.
Agar axborotning o’g’irlanishi moddiy va ma‟naviy boyliklarning
yo’qotilishi bilan bog’liq bo’lsa, bu fakt jinoyat sifatida baholanadi. Shuningdek,
agar ushbu fakt bilan milliy xavfsizlik, mualliflik manfaatlari bog’liq bo’lsa,
jinoiyjavobgarlik O’zbekiston Respublikasi qonunlarida bevosita ko’zda
tutilgan. Har qanday davlatda axborot xavfsizligining huquqiy ta’minoti xalqaro
va milliy huquqiy me’yorlarni o’z ichiga oladi.
Axborot xavfsizligini ta’minlashning huquqiy me’yorlari
Do'stlaringiz bilan baham: |