Davlat xavfsizligi sohasida davlat siyosatini amalga oshirishga imkon beruvchi sharoitlarni yaratish, mamlakatni iqtisodiy va ilmiy-texnik taraqqiyotiga ko‘maklashish, axborotni muhofaza qilish usul va vositalarini qo‘llab, O‘zbekiston milliy xavfsizligiga bo‘lgan zararni jiddiy kamaytirish – bularning barchasi axborotni muhofaza qilishning davlat tizimida ko‘zlangan maqsad bo‘lib, ularni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish kerak: Davlat xavfsizligi sohasida davlat siyosatini amalga oshirishga imkon beruvchi sharoitlarni yaratish, mamlakatni iqtisodiy va ilmiy-texnik taraqqiyotiga ko‘maklashish, axborotni muhofaza qilish usul va vositalarini qo‘llab, O‘zbekiston milliy xavfsizligiga bo‘lgan zararni jiddiy kamaytirish – bularning barchasi axborotni muhofaza qilishning davlat tizimida ko‘zlangan maqsad bo‘lib, ularni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish kerak: – yagona texnik siyosatni o‘tkazish, harbiy, iqtisodiy, ilmiy-texnik va boshqa sohalar faoliyatlarida axborotni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni muvofiqlash va tashkil etish; – razvedkaning texnik vositalar yordamida axborotni qo‘lga kiritishni jiddiy qiyinlashtirish yoki yo‘l qo‘ymaslik; – axborotni muhofaza qilish sohasida munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni qabul qilish; – axborotni muhofaza qilish vositalarini yaratish va ularning samaradorligini nazorat qilish kuchlarini tashkil etish; – davlat idoralari va tashkilotlarida axborotni muhofaza qilish holatini nazorat qilish; – axborotni muhofaza qilish sohasidagi davlat tizimi holatini tahlil qilish, asosiy muammolarni aniqlash; – axborotni muhofaza qilishni davlat tizimining muhim yo‘nalishlarini aniqlash; – axborotni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni me’yoriy-metodik va axboriy ta’minlash. Axborot xavfsizligi sohasida mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi Hozirgi kunning asosiy masalalaridan biri bo‘lib kompyuter jinoyatchiligi va kiberterrorchilikka qarshi kurash hisoblanadi. Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilik spektri nihoyatda keng, u internet- firibgarlikdan tortib to bolalar pornografiyasi va elektron-josuslik (ayg‘oqchilik), hamda terrorlik aktlarga tayyorgarlik kabi potensial xavfli harakatlarni o‘z ichiga oladi. To‘g‘ri tanlangan milliy kadrlarni tayyorlash siyosati orqali axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning o‘sishiga jiddiy to‘sqinlik yaratish mumkin. Mutaxassislarni tayyorlash masalasi, ayniqsa juda dolzarb hisoblanadi. Chunki hozirgi kunda kompyuter tarmoqlarini buzishni va boshqa kiberjinoyatlarni amalga oshirishni o‘rganish bo‘yicha axborotga ega bo‘lish juda oson. Kompyuter jinoyatchiligini sodir etish texnologiyasi keltirilgan bosma nashrlar erkin tarqatiladi (misol uchun yoshlar orasida ommalashgan «Xaker» va «Spetsxaker» jurnallarini keltirish mumkin). Hozirgi kunda ixtiyoriy o‘spirin arzimagan pulga axborot tizimlariga hujum qilishning elementar usullarini o‘rgatuvchi kitobni sotib olishi mumkin. Kitobda bayon etilgan usullarni o‘zlashtirgan bunday o‘spirin kompyuter tizimlari xavfsizligiga tahdid soluvchiga aylanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |