Internet manbalari:
1. http://metalcandy.ru/documentation-centos
2. Kniga Fedora Linux Toolbox. Avtor: Negus Ch. 2007
3. http://xbb.uz/FOSS/Distributiv-Linux-CentOS
4. http://openwiki.ru/wiki/CentOS
5. http://metalcandy.ru/how-to-forge-centos/361-installing-webmin-on-centos-55
6. http://www.stealthsettings.com/ru/instalare-si-configurare-centos-5-6-pe-virtualbox-windows-7-vista-windows-xp.html
7. www.security.uz
8. www.cert.uz
9. www.uzinfocom.uz
10. http://sebeadmin.ru/
11. http://pc-rep.ru/
MUNDARIJA
Kirish
Taqriz
Ishchi o’quv dastur
Ekspert xulosasi
Foydalanilgan adabiyot
Taqvim
Maruza matnlari
Kirish
Mazkur “Axborot xavfsizligi” fani dasturi kasb-hunar maktablarining fani bo‘yicha ta’lim oladigan Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi mutaxassisliklarini tayyorlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, “Milliy dastur” talablaridan kelib chiqib o‘quvchilarga bir necha kasb bo‘yicha chuqurlashtirilgan mutaxassislik ko‘nikmalarini olish uchun negiz yaratishdir. Dasturda Axborot xavfsizligi fanidan nazariy bilim va ko’nikmalarini oshirib borish ko’zda tutuilgan.
O‘quvchilarning Axborot xavfsizligi fanni o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish, o‘qitishning zamonaviy texnik vositalari, shu jumladan kompyuter, videoproektor, multimediya texnologiyalari, Microsoft office, Adobe Photoshop,Ulead video studio,Pinacle video studio grafik muharriri dasturlaridan va Internet tarmoqlarini sozlash ulardan keng qamrovda foydalanish,brouzerlardan Interner explorer,Chrome,Mozilla,Opera va shunga o’xshash internet dasturlaridan foydalanish muhim ahamiyatga egadir. Axborot xavfsizligi fanini o‘zlashtirishda darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallari, elektron materiallar, virtual stendlardan foydalaniladi. Ma’ruza, nazariy darslarga mos ravishda ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalaniladi.
Xozirgi kunda ko’pgina korxona va tashkilotlarda asosiy xujjatlar kompyuterda bajarilgani bois uni foydalanuvchilari va ta’mirlovchilarga xam talab katta.Kelajakda kompyuter mutaxassislarni tayyorlab berishda ushbu fan dasturini vazifasi muxim axamiyatga ega.
Bo‘stonliq tuman 2-son kasb-hunar maktabi ishlab chiqarish ta’limi ustasi Mirzaabdullayev Miralining “Axborot xavfsizligi” fani uchun tuzgan ishchi o‘quv dasturiga
|
TAQRIZ
“Axborot xavfsizligi”fanidan tuzilgan ishchi o‘quv dastur namunaviy o‘quv dasturi asosida tuzilgan.Mazkur dastur milliy kadrlarni zamon talabiga javob beradigan qilib etishtirishda muhim ahamiyatga ega.Fanning muhim vazifalaridan biri o‘quvchilarda,kichik mutaxasislarda ish faoliyati davomida zarur bo‘ladigan amaliy ko‘nikmalar va malaka hosil qilishdan iboratdir.
Ishchi o‘quv dasturida mavzular ketma-ketligi izchil va aniq bo‘lib o‘quv fanining mashg‘ulot turlari bo‘yicha mavzularning rejasi va mazmuni bir-biriga mutanosibligi mos qilib bajarilgan.
Mustaqil ish soatlari ajratilgan.Foydalanish kerak bo‘lgan adabiyotlar va internet saytlari aniq ko‘rsatilgan. Ishchi o‘quv dasturida o‘qituvchi bilim olishning asosiy manbasi qilib o‘quvchilarning mustaqil ishlash jarayonini bajaruvchisi qilib olishga ahamiyat bergan.Har bir ma’ruza mavzusi rejasi mavjud bo‘lib,sodda atroflicha yozilgan.
O‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan bilim,ko‘nikma va malakalar ishchi o‘quv dasturida ma’lum izchillikda berilgan.
Mirzaabdullayev Mirali tomonidan ishlab chiqilgan ishchi o‘quv dasturni o‘quv jarayoniga foydalanish uchun tavsiya etaman.
Taqrizchi:
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI KASBIY TA`LIMNI RIVOJLANTIRISH VA MUVOFIQLASHTIRISH HUDUDIY BOSHQARMASI
Do'stlaringiz bilan baham: |