O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
O’ROLOV SARDORNING
AXBOROT XAVFSIZLIGI
FANIDAN TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
Axborot xavfsizligi va
m’lumotlarni himoya qilish
bo’yicha normativ xujatlar.
Mavzu: Axborot xavfsizligi va m’lumotlarni himoya qilish bo’yicha normativ
xujatlar.
1. Kirish
2. Axborotning kriptografik himoyasi
3. Assimetrik shifrlash algoritmlari.
4. Assimetrik shifrlash algoritmlarini yaratish usullari.
5. RSA usullari orqali shifrlang
6. Xulosa
Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, ma’lumotlarni uzatish
tarmoqlarining rivojlanishi hozirgi kunda bizlarga ko‘pgina qulayliklar va
yangiliklarni taqdim etmoqda. Lekin shu bilan birga ma’lumotlarni uzatish
tarmoqlaridan foydalanish xajmining ortishi uni xavfsizligini ta’minlash borasida
qiyinchiliklarni yuzaga keltirmokda. Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida axborot
xavfsizligini ta’minlashning asosiy masalalaridan biri bu axborot xavfsizligini
tahlil kilish masalasidir.
Hozirgi kunda dunyo mamlakatlarida va O‘zbekiston hududida axborot
texnologiyalari soxasida juda ham tezlik bilan rivojlanish bormokda. Kundan
kunga rivojlanish bor ekan, turli xilda tartib buzarliklar sodir bo‘ladi. Natijada
jinoyatga yo‘l ko‘yiladi, bu jinoyatchilik komp’yuter jinoyatchiligi deb ham
yuritiladi. Bu jinoyatchilarga qarshi butun dunyo bo‘ylab kurash olib borilmokda,
shu katori O‘zbekiston Respublikasida ham. Afsuski bu harakatlar o‘z natijasini
to‘lakonli ravishda oqlay olganicha yo‘k. Chunki zamonoviy texnikalar bilan
taminlangan komp’yuter jinoyatchilari ko‘pchilik joylarda o‘z ustunligi bilan
oldinda bormoqda. Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarida axborot xavfsizligini
ta’minlashning asosiy masalalaridan biri bu axborot xavfsizligini tahlil qilish
masalasidir.
Mustaqil maqsadi va vazifalari
: Ushbu ishning maqsadi assimetrik shirflash
usullarini tadqiq etish va ularni himoya masalasini yechishda foydalanishini
o‘rganish, bu maqsadga erishishda qator vazifalar qo‘yildi:
axborotning kriptografik usullarini tahlil etish;
assimetrik shifrlash usullarini yaratish asoslarini tahlil etish;
assimetrik shifrlash usullaridan xavfsizlikni ta’minlashda foydalanish
usullarini tahlil etish.
Hozirgi kunda axborot hajmini, qiymatini ortishi natijasida, ularni himoyalash
muammosi kengayib boradi. Axborotning ko‘plab himoya usullari mavjud bo‘lib,
ular ichida kriptografiya o‘zining bardoshligi va ishonchligi bilan ajralib turadi.
Kriptologiya
fani o‘zaro qarama-qarshi bo‘lgan,
kriptografiya
va
kriptoanaliz
sohalaridan iborat. Kriptografiya yangi algoritlarni yaratish ishlari bilan
shug‘ullansa, kriptoanaliz ushbu yaratilgan algoritmni qanchalik darajaga bardoshli
ekanligi tekshiradi
Simmetrik shifrlash
tizimlari asosan ma’lumotni maxfiyligini ta’minlashda
foydalanilib, ular ma’lumotni shifrlashda yuqori tezlikga ega. Simmetrik shifrlash
usullari ochiq ma’lumotdan foydalanish tartibiga ko‘ra
oqimli
va
blokli
turlarga
ajratiladi. Ushbu tizimlar ma’lumotlarni shifrlash va deshifrlash uchun aynan bir
kalitdan foydalanganligi natijasida ularda kalitlarni taqsimlash muammosi mavjud.
Assimetrik shirflash
tizimlari o‘zida simmetrik shifrlash usullarida mavjud
muammolarni bartaraf etgan (ma’lumotlarni shifrlashda va deshifrlashda alohida
kalitlardan foydalanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |