Аxborot vа murаbbiylik soаti


Bobur shajarasi: Ota tomonidan



Download 115,59 Kb.
bet2/3
Sana18.02.2022
Hajmi115,59 Kb.
#456520
1   2   3
Bog'liq
Z.M.Bobur hayoti va faoliyati

Bobur shajarasi: Ota tomonidan: Bobur - Sulton Umarshayx Mirzo - Sulton Abusaid Mirzo - Sulton Muhammad Mirzo -Sulton Mironshoh - Amur Temur Ko‘ragon. Ona tomonidan: Qutlug‘ Nigorxonim - Yunusxon - Vaysxon - Sher Alixon - Muhammad Xo‘jaxon - Xizir Xo‘jaxon - To‘g‘luq Temurxon - Eson Bug‘axon - Dava Chiqon - Baraqxon - So‘kach o‘g‘li - Qamg‘or - Chig‘atoy - Chingizxon.
Zahriddin Muhammad shoirning ismi bo‘lib, Bobur uning tahallusidir. Shoir tahallusi o‘z she’rlarida, rus, tojik, turk adabyotShunoslari tomonidan “Bobur” shaklida aytilib, yozilib kelinsa-da, o’zbek adabyotShunosligida “Bobur” shaklida aytilib, yozilar edi. 1983-yili adabyotshunos A.Abdug‘afurov “O’zbekiston madanyati” gazetasida maqola e’lon qilib, shoir tahallusini “Bobour” aytish va yozish to‘g‘ri ekanini ko‘rsatib beradi. Olim “G’iyos-ul lug‘at” kitobida yo‘lbars so‘zi shaklida, yani ikkinchi tovushi ustida belgisi borligini keltirib bu holatda, albatta “Bobur” o‘qilishi to‘g‘ri ekanini uqtiradi. Ikkinchidan, Bobur bir ruboyisida o‘z tahallusini beradiki, unda “Bobur” ekaniga shak-shubha qolmaydi.

She’ring eshtish fikrini bobur qildi.


Ne fikri xuShu yaxshi tasavvur qildi.
Ko’zni yorug’ aylaydi savodi birla.
Mazmuni birla quloqni purdur qildi.

Qofiya bo‘layotgan so‘zlarga e’tibor berilsa, “purdur” “tasavvur” so‘zlari ikkinchi bo‘g‘inida “u” tovushini kelishi aniqdir. Demak, shoir tahallusi “Bobur” ekanini shoir o‘zi ham tasdiqlamoqda.


1494-yili Umarshayx kabutarxonasi bilan jarga qulab o‘ladi 12-yanvarda Bobur taxtga o`tiradi. Otasi vafot etganda Bobur endigina o‘n bir yoshdan o‘tgan edi. U Farg‘ona viloyatining vorisi sifatida otasining o‘rniga taxtga o‘tiradi. Farg‘onada hokimiyatni qo‘lga olgan Bobur o‘z hukmronligi doirasini kengaytirishga, Movarounnahrda yirik bir davlat vujudga keltirishga urinadi. Uning diqqatini eng avval bobosi Amur Temurning poytaxti Samarqand o‘ziga jalb qiladi. Bobur o‘ziga tayinlangan bek atka va oqila onasi Qutlug‘ Nigorxonim rahbarligida qo‘shinni qayta tuzadi, shahar va qo‘rg‘onlarni mustahkamlaydi, Andijonga hujum qilgan o‘z tog‘asi Sulton Ahmadning hujumini mohirlik bilan qaytarib, ularni chekinishga majbur qiladi. Qo‘shini to‘zg‘igan Sulton Ahmad sulx tuzib, Samarqandga qaytishga majbur bo‘ladi. Bu jang yosh Boburning birinchi va katta g‘alabasi edi. Mana shu jangdan keyingina Boburdagi yagona va katta davlat tuzish, uni osoyishta tutish va farovon qilish niyati paydo bo‘ladi.
Bobur Samarqandni 1498-yilda, 15 yoshida egallab oladi. Uning ixtiyoriga o‘tgan bu ulkan shahar dunyoning eng boy va mashhur shaharlaridan edi. Temur davlatining markazi bo‘lgan bu shaharning masjid va madrasalarini, saroy va maqbaralarini hayrat bilan kuzatgan Bobur Samarqandning tarixda tutgan o‘rni va o‘sha davrdagi salohiyatini g‘urur bilan ta’riflaydi.
Samarqandning ichki vaziyati Boburning kutganicha bo‘lib chiqmadi. O‘zaro ichki urushlar, haddan ziyod soliqlar shahar ahlini nihoyatda qashshoq ahvolga keltirgan edi. Buning ustiga Farg‘onada qolgan ayrim beklar fitna va xiyonat yo‘liga o‘tgan edilar. Samarqandda atigi 100 kun hukmronlik qilgan Bobur Andijondan mahrum bo‘lmaslik uchun qaytib kelayotganda, Xo‘jandga yetganda Andijonni Jahongir Mirzo qo‘liga o‘tganini eshitadi. Bu orada Samarqandni Boburning amakivachchasi Sulton Ali Mirzo egallab olgan edi.
Shundan ikki yilga yaqin vaqt o‘tgandan keyingina Bobur Andijonni qo‘lga kiritdi, so‘ngra u butun e’tiborini yangidan Samarqandga qaratib, qo‘shin bilan Shahrisabzga yetganida Shayboniy ham Samarqandga yaqinlashib qolganini va Samarqand hokimi Sulton Ali mirzo tang ahvolda qolib Shayboniyga taslim bo‘lganini eshitadi. Biroq, Shayboniyning bu yerga hokim tayinlab, o‘zi urushni davom ettirayotgani sababli Bobur Samarqandni ortiqcha qarshiliksiz qo‘lga kiritadi.
1501-yilning aprel oyida Shayboniy Samarqandni qamal qiladi, to‘rt oy davom etgan qamal shaharni qiyin ahvolga keltiradi va Bobur uchun Samarqandda qolish xavfli bo‘lib qoladi. Shayboniyning sulh sharti bahonasi bilan Bobur shaharni tashlab chiqib ketadi va Andijonga kirolmay, O‘ratepa, Mastchoh, Dahkat, Ohangaron, Piskentda bo‘ladi va nihoyat mo‘g‘ul xonlaridan bo‘lgan tog‘asi, Toshkentning hokimi - Mahmudxonning oldiga boradi. Uzoq vaqtlar sarson-sargardon yurgan Bobur 1504-yilda 300 dan ziyodroq yigiti bilan Afg‘onistonga qarab yuradi. Afg‘onistonning katta qismini egallagan Bobur Shayboniyga qattiq zarba bergan Eron shohi Shox Ismoildan yordam so‘raydi va uning yordami bilan 1512-yilda Samarqandni qayta qo‘lga kiritdi. Uning bu sa’i-harakatlari yuqorida aytilganidek, Movarounnahrda markazlashgan, farovon davlat tuzishdan iborat edi. Ammo, o‘z kuchlarini yana mustahkamlab olgan Shayboniyxon, Bobur bilan hamkorlikda jang olib borayotgan Najmi soniyning xalqni parokanda qilganidan foydalanib, Samarqandni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Afg‘onistonda o‘z hokimiyatini mustahkamlab olgan Bobur u yerning xo‘jalik va madaniy hayotiga katta e’tibor berdi, mahalliy aholining urf-odatlari, diniy e’tiqodlariga erkinlik berdi va amaldorlarini izzat-hurmat qildi. Bularning barchasi Boburning shon-Shuhratini oshiradi. Bobur o‘z davlatini janub tomonga kengaytirish, Hindistonni egallab olish harakatini boshlab yuboradi. 1525-yil 21-aprelidagi Panipat, so‘ngra Dehli janglari 1527-yilning 16-martida Boburning g‘alabasi bilan tugaydi.
Yevropalik olimlar Bobur imperiyasini «Buyuk mo`g`ul imperiyasi» nomi bilan ataydilar. O`zbek olimlari esa bu atama noto`g`ri ekanini uqtirib, Boburning mo`g`ul emasligini ta'kidlaydilar. Yevropa olimlari “Boburnoma”da Bobur o‘z shajarasini Chingiz avlodiga bog’lab ko‘rsatgan o’rnini asos qilib oladilar. Temur Chingizxon avlodidan uylangani sabab temuriylar qoniga Chingiz avlodi qoni quyulgan. Bobur o‘z shajarasini Chingizxondan boshlab, o’zini 16-avlod ekanini uqtrirgan. Bobur shajarasini e`tiborga olib, uning imperiyasini “Buyuk Bobur imperiyasi” deb atash ma`quldir.
Bobur inqirozga yuz tutgan temuriylar davlatining Shuhratini saqlab qolishga va mustahkamlashga, Markaziy Osiyoda markazlashgan yirik davlat vujudga keltirishga uzoq va qattiq kurash olib bordi. Biroq tarixiy sharoit bunga imkon bermagach, u Afg‘onistonni, keyinchalik esa Hindistonni egallab oldi va katta imperiyani vujudga keltirdi. U asos solgan imperiya Afg‘oniston va Hindistonning siyosiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida o‘chmas iz qoldirdi.
Bobur asos solgan davlat Hindistonning Angliya tomonidan bosib olinishiga qadar yashadi. Boburiylar sulolasi Hindistonning siyosiy hokimiyatini mustahkamlash, madaniyatini rivojlantirishda katta ijobiy rol o‘ynadi.
Bobur insoniyat madaniy hayoti tarixida ham chuqur iz qoldirdi. Uning faoliyati hamda merosini o‘rganishda turli soha olimlari: tarixchilar, filologlar, o‘lkaShunoslar katta natijalarga erishdilar. Uning asarlari ko‘p martalab nashr etildi, tadqiqotlar, ilmiy va ommabop asarlar yaratildi. Uning ijodini o‘rganuvchi o‘nlab olimlar yetishib chiqdi, bu borada ingliz sharqShunosi U.Erskinning xizmatlari katta. U Bobur va Boburiylar sulolasining Hindiston tarixi, uning davlat tuzumi hamda Hindiston yarim orolidagi madaniy hayotning shakllanishida tutgan o‘rni haqida oqilona va odilona xulosalarni bayon qilgan beg‘araz mutaxassislardan biridir.
Bobur Kobulda Hindistonda katta bunyodkorlik ishlarini olib bordi. Yurtni obod qildi. 1530-yili 26-dekabrda Agra shahrida vafot etadi.
Istiqlol yillarida
Download 115,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish