Qo‘zg‘almas tasvir. Faksimil aloqaning paydo bo‘lishi inson imkoniyatini yetarlicha kengaytirdi. Faqat matnli va ovozli xabarlarni uzatishni emas balki chizmalarni, rasmlarni va grafiklarni uzatish imkoniyatini kengaytirdi.
Qo‘zg‘almas tasvirlarni masofadan uzatishni 1855 yil italyan fiziki Dj. Kazelli tomonidan amalga oshirilgan.
1902 yil Artur Kern (Germaniya) fotoelektrik tizim orqali tasvirlarni skanerlash to‘g‘risida patent olgan.
1910 yili Berlin – Parij – London orasida xalqaro faksimil aloqa ishga tushgan.
Tasvir. Tasvir – biror voqea, xodisa yoki jarayonlarni o‘zida ifodalagan rasm bo‘laklari va ranglardan iborat ma’lumotdir. Foto, manzara, matematik funksiyalar grafigi, statistik ma’lumotlar diagrammasi va shunga o‘xshash ma’lumotlar tasvir xisoblanadi.
Kompyuter yordamida tasvirlarga ishlov berishni to‘rt guruxga ajratish maqsadga muvofiq xisoblanadi:
kulrang va rangli tasvirlar;
ikki xil va bir necha “rangli” tasvirlar;
uzluksiz egri va to‘g‘ri chiziqlar;
nuqtalar yoki ko‘pburchaklardan iborat tasvirlar.
Bu turkumlash tasvirni ko‘rib idrok qilish mexanizmi bilan emas, balki ularni taqdim etish va qayta ishlashga yondashish bilan bog‘liq.
Muayyan vaqtdagi ish, o‘z tabiatiga ko‘ra statik bo‘lgan matn va grafikadan farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma’lum oralig‘ida ko‘rib chiqiladi.
Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun:
markaziy protsessor tez harakatchanligi;
ma’lumotlarni uzatish shinasining o‘tkazish qobiliyati;
operativ (tezkor) va video-xotira;
katta sig‘imli tashqi xotira (ommaviy xotira);
hajm va kompyuter, kirish va chiqish kanallari bo‘yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi.
Amaliyotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, multimedia vositalari asosida talabalarni o‘qitish uchun ikki barobar unumli va vaqtdan yutish mumkin. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30 %gacha vaqtni tejash mumkin bo‘lib, olingan bilimlar esa xotirada uzoq muddat davomida saqlanib qoladi.
Agar talabalar berilayotgan materiallarni ko‘rish (video) asosida qabul qilinsa, axborotni xotirada saqlanib qolinishi 25-30 % oshadi.
Bunga qo‘shimcha sifatida o‘quv materiallari audio, video va grafika ko‘rinishda mujassamlashgan holda berilsa, materillarni xotirada saqlab qolish 75 % ortadi.
Multimedia axborotlarini uzatish asosi bo‘lib ko‘pincha multiservis tarmoqlari bo‘lib qolayapti. Ular turli xildagi ma’lumotlarni uzatishga va turli trafiklarni integratsiya qilish imkoniyatiga ega.
Multiservich tizimlarini yorqin va murakkab misoli bo‘lib audio va video uzatishlar bo‘lib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |