Axborot tizimining boshqaruvdagi o‘rni. Boshqarish tizimi-insonlarning moddiy dunyoda biron bir jarayonni tashkil etish sohasidagi muayyan maqsadga qaratilgan faoliyatdir.
Boshqarish tizimi ishlashi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar quyidagilardan iborat:
1. Boshqarish ob’ektlarining mavjudligi.
2. Mazkur ob’ekt faoliyatining maqsadi ma’lum bo‘lishi.
3. Boshqarish tizimi mustaqil harakatqilishi uchun muayyan huquqlarga ega bo‘lishi.
4. Boshqaruvchi ob’ektning boshqariluvchi ob’ekt haqida mufassal ma’lumotlarga ega bo‘lishi.
Boshqaruv pog‘onalari: Odatda istalgan tashkilot bir necha ob’ektlardan iborat murakkab majmua bo‘lib, ularning o‘zi ham boshqaruv jarayoni va qismlaridan tashkil topgan. SHu bois ham majmuaning kelishilgan holda ishlashi uchun qo‘shimcha boshqarish qismi kiritiladi. U boshqa boshqarish qismlari va boshqariluvchi jarayonlar harakatlarini muvofiklashtiradi, ular faoliyatini majmuaning umumiy maqsadlarini bajarishga yo‘naltiradi. Ancha murakkab tuzilishli boshqaruvchi jarayonda boshqarish qismi ko‘p darajali tuzilmaga ega bo‘lishi mumkin.
Odatda ob’ektning boshqarish qismida boshqarishning oliy, o‘rta, quyi darajasi bilan farqlanadi. Ixtiyoriy tashkilotning boshqaruv tuzilishi an’anaga ko‘ra uch darajaga: operatsion, funksional va strategik darajaga bo‘linadi.
Boshqaruvning operativ darajasi:
Tezkor boshqaruv darajasi ko‘p marta kaytariluvchi vazifalar va operatsiyalarini hal etishini hamda keladigan joriy axborotlar o‘zgarishini qayd etishni ta’minlaydi. Mazkur darajada bajariladigan operatsiyalar hajmi ham, boshqaruv qarorlarini qabul qilish dinamikasi ham etarlicha yukori. Uni ko‘pincha vaziyat o‘zgarishiga tez javob qaytarish zaruriyati tufayli tezkor boshqaruv darajasi deb ham yuritishadi.
Boshqaruvning o‘rta darajasi: O‘rta (taktik funksional) boshqaruv darajasi birinchi darajada tayerlangan axborotlarni oldindan tahlil etishni talab qiladigan masalalar echimini ta’minlaydi. Hal etiladigan masalalar xajmi kamayadi, biroq ularning murakkabligi oshadi. Ayni paytda kerakli echimni har doim ham tezkor ishlab chikish imkoni bo‘lmaydi. Buning uchun etmagan ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil etish va fikrlashga ko‘shimcha vaqt talab etiladi.
Boshqaruvning strategik darajasi: Strategik daraja tashqilotning uzok muddatli strategik maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan boshqaruv qarorlarni tanlashni ta’minlaydi. Madomiki, qabul qilinadigan qarorlar natijalari oradan uzoq vaqt o‘tgach ko‘rinar ekan, ushbu darajada strategik rejalashtirish kabi boshqaruv vazifalari muhim ahamiyatga ega. Ko‘pincha boshqaruvning strategik darajasi strategik yoki uzok muddatli rejalashtirish deb yuritiladi.