domenlarini dekart (bevosita) ishlab chiqaruvchi ko’plikka aytiladi.
A1
|
A2
|
A3
|
A4
|
A5
|
A6
|
dll
|
d21
|
d31
|
d41
|
D51
|
d61
|
d12
|
d22
|
K2 korteji
|
d62
|
d13
|
d23
|
d33
|
d43
|
d
o
m
e
n
|
d63
|
|
|
|
|
|
R munosabat = {K1, K2 }
Kortej
K2 = {d12, d22, d32, d42, d52, d62}
Atributlar (ustunlar) nomi
Domen
D5 = {d51, d52, d53, d54,..}
5.5-rasm. R - relyatsion jadval munosabatning tasviri
Jadval-munosabat ma’lumotlar tarkibiy qismi atributlar (A1, A2, ) nomiga
ega bo’lgan ustunlarni o’z ichiga olgan d atributlarning mazmuni jadvalning asosiy qismida joylashgan bo’lib satrlar va ustunlarni tashkil qiladi. Bir ustunda atributlar mazmunining ko’pligi domen Di ni hosil qiladi. Bir satrda atributlar mazmunining ko’pligi bir kortej Kj ni hosil qiladi. R munosabat ko’plab tartibga solingan kortejlar orqali hosil bo’ladi: R = { K j}, j = 1-m Kj = {dj d2j, dnj}
n - munosabat domenlarining soni; munosabatlarning ko’lamini belgilaydi.
j - kortej nomeri;
k - munosabatdagi kortejlarning umumiy soni bo’lib, munosabat koordinata soni deyiladi.
Jadval-munosabatining kaliti. Kortejlar jadval-munosabati ichida takrorlanmasligi zarur va ular tegishlicha yagona identifikator - dastlabki (birlamchi) kalitga ega bo’lishi kerak.
Dastlabki (birlamchi) kalit atributdan tashkil topgan bo’lsa oddiy, bir necha atributdan tashkil topganda esa turli tarkibli deb ataladi. Munosabatda dastlabki kalitdan tashqari ikkilamchi kalit ham bo’lishi mumkin.
Ikkilamchi kalit - mazmuni turli satr - kortejlarda takrorlanishi mumkin bo’lgan kalitdir. Ular bo’yicha ikkinchi kalitning bir xil mazmuni satrlar guruhi izlab topiladi.
Satrlar ustunlardan farqliroq o’z nomlariga ega emas, ularning jadvalda joylashish tartibi aniqlanmagan va satrlar soni mantiqan chegaralanmagan bo’ladi. Satrni tartib raqamiga ko’ra tanlab olib bo’lmaydi. Faylda har bir satr o’z raqamiga ega bo’lsa ham, bu narsa satrni tavsiflamaydi. Bu raqam satr jadvaldan olib tashlanganda o’zgaradi. Mantiqan satrlar o’rtasida “birinchi” va “oxirgi” degan tushuncha yo’q.
Relyatsion tizimlarning qo’llanilishi murakkab siljishlar zaruriyatini bartaraf qildi. CHunki ma’lumotlar endi bir fayl ko’rinishida emas, balki mustaqil to’plamlar asosida tuzilib, ma’lumotlarni tanlab olish uchun amaliy to’plamlar nazariyasi - relyatsion algebra amallari qo’llaniladi.
Ma’lumotlar bazalarning ob’ektga - mo’ljaHangan modeli dasturlashning ob’ektga mo’ljallangan tillari paydo bo’lishi bilan yuzaga chiqa boshladi. Bunday bazalarning paydo bo’lishi 90-yillarga to’g’ri keladi. Ushbu turdagi bazalar sinflar usullarini o’zida saqlaydi. Ko’pincha, doimiy sinflar ob’ektlarini o’zlarida saqlab ma’lumotlar orasida to’siqsiz uyg’unlashuvni hamda ilovalarda ularga ishlov berishni amalga oshiradilar.
Relyatsion modellarning hozirgi zamon MBBTlarida ustunlikka erishilishi quyidagi omillar bilan aniqlanadi:
rivojlangan nazariyaning mavjudligi (relyatsion algebrani);
ma’lumotlarni boshqa modellarini relyatsion modellarga keltirish apparatining mavjudligi;
axborotga ruxsatli kirishni tezlashtirishni maxsus vositalarini mavjudligi;
tashqi xotirada MB aniq ma’lumotlarni fizik joylashishi haqida bilimga ega bo’lmay ular bilan ishlash imkoniyatini yaratadigan MBga nisbatan standartlashgan yuqori darajadagi so’rovlar tilining mavjudligi.
Ma’lumotlar bazalarni ishlab chiqishda 2 xil usuldan foydalanish mumkin. Birinchi usulda, avval asosiy masalalar aniqlanib, ularni hal qilish uchun baza yaratiladi hamda masalaning ma’lumotlarga bo’lgan ehtiyoji aniqlanadi. Ikkinchi usulda, muammo sohasining namunaviy (tipik) ob’ektlari birdaniga o’rnatiladi. Bu erda eng optimal usul-ikkala usulni birgalikda ishlatishdir. Bu shu bilan bog’liqki, dastlabki bosqichda barcha masalalar to’g’risida etarlicha ma’lumotlarning yo’qligidadir.
Ma’lumotlar bazalarini loyixalashtirish jarayoni ikki bosqichga bo’linadi: muammo sohasining ma’lumotlarining axborot-mantiqiy modelini (MAMM) ishlab chiqish va ma’lumotlar bazasining mantiqiy tuzilishini aniqlash.
Axborot-mantiqiy model muammo sohasini axborot ob’ektlarining majmui va ular orasidagi tuzilmaviy aloqalar ko’rinishida aks ettiruvchi ma’lumotlar modelidir. Muammo sohasining ma’lumotlarining axborot-mantiqli modelini ishlab chiqish shu sohani tekshirish natijasida olingan tavsifigaasoslanadi (5.6-rasm).
Muammo sohasining infologik modeli asosida kontseptual (mantiqiy), ichki (jismoniy) va tashqi modellar tuziladi.
Ma’lumotlar bankiing mantiqiy tuzilishi—obektga tegishli bo’lgan
axborotlarning Mbda joylanishini ifodalaydi. Hosil bo’lgan Ma’lumotlar bankiing mantiqiy bog’lanish modeli ikkinchi bosqichining natijasi hisoblanadi. Bu modelda uch turli axborot ifodalanadi: ob’ekt to’g’risidagi xabarlar, ularning xususiyati va o’zaro munosabatlari. Har bir ob’ekt modeli yozuv turlari orqali ko’rsatiladi. Ularning xususiyatlari - yozuv maydonlari orqali ifodalanadi, munosabatlar esa -- yozuv va maydon turlari o’rtasidagi aloqalar yordamida tasvirlanadi. Bunday model EHM operatsion tizimining, MBBT ning mohiyatiga bog’liq bo’lmaydi, yahni axborotning ma’nosiga bog’liq bo’lmagan holda ularni ifodalash usuli va aloqasini ta’minlaydi.
5.6-rasm. MB loyihalash bosqichlari
Mantiqiy modelni chizmali va jadvalli usullar yordamida ifodalash mumkin. CHizmali usulda ma’lumotlar o’rtasidagi bog’lanish graflar yordamida tasvirlanadi. Bunda grafning uchlari yozuvlarni ifodalaydi, qirralari esa yozuvlar o’rtasidagi aloqalarni ko’rsatadi. Jadvalli usulda ob’ekt to’g’risidagi ma’lumotlar bir yoki bir nechta ustundan iborat bo’lgan jadvallar orqali ifodalanadi.
Hozirgi vaqtda mantiqiy modellarning pobonali (ierarxik), tarmoqli va relyatsion turlaridan foydalanilmoqda.
Pogonali model chizmali usul asosida tashkil qilinadi. Bunda ma’lumot yozuvlari grafning uchlarini ifodalaydi va xar bir yozuv oldingi pobona uchlariga bog’langan bo’ladi. Bunday tuzilishdagi MBdan tegishli axborotlar hamma vaqt bitta yo’nalish bo’yicha qidiriladi va uning joylashgan o’rni to’liq ko’rsatiladi. Pobonali (ierarxik) modelga asoslangan MB 1-chi va 2-chi avlod EHM lari yordamida ishlab chiqilgan. IBM firmasi 1968 yilda IMS (Information Menagement System) deb nomlangan ma’lumotlar bankini tashkil qilgan.
Tarmoqli model ham chizmali usul yordamida tashkil qilinadi. Lekin bunda tegishli axborotlar bir nechta yo’nalish bo’yicha olinishi mumkin. Tarmoqli model ierarxik modelning kengayishi hisoblanadi. Bu modelning asoschisi CH. Baxman. Tarmoqli modelga asoslangan MB - Integrated Database Menegement System (IDMS) Cullinet Software Inc. Kompaniyasi tomonidan 70 yillari ishlab chiqilgan. Ierarxik va pobonali Ma’lumotlar bankiing afzalligi — ularning tezkorligi.
SHaxsiy EHM larning paydo bo’lishi relyatsion modellarning keng tarqalishiga sababchi bo’ldi. Relyatsion model jadvalli usul asosida tashkil qilinadi. Bunda tegishli ma’lumotlar jadvalning ustun va qatorlarida joylashadi. Ustunlar ma’lumotning maydonlarini, qatorlar esa yozuvlarni ifodalaydi. Bir ustunda ma’lum sohaga tegishli bo’lgan bir qancha ma’lumotlar ko’rsatiladi. Ustun va qator o’rtasidagi bog’lanish munosabat deb ataladi. Har bir ustun, qator va munosabat o’z nomiga ega bo’ladi.
Relyatsion modeldagi munosabatlar quyidagi talablar orqali hosil qilinadi:
ustun va qator kesishgan erda joylashgan ma’lumotlar element hisoblanadi;
munosabatlarda ikkita bir hil qator bo’lmaydi;
ustun va qatorlarning tartibli joylashishi va nomlanishi majburiy emas.
Relyatsion model bir nechta munosabatlardan tashkil topishi mumkin.
Relyatsion modelning asoschisi—Amerika olimi E.F. Kodd. Bu modelning ikkinchi nomi - Kodd modeli.
Ma’lumotlar bankii tashuvchilarda xosil qilish bosqichi fizik tuzilishni tashkil etadi. Fizik tuzilishi tashqi xotiralarda ma’lumotlarni joylashtirish usullari va vositalaridan iborat bo’lib uning natijasida ichki model xosil qilinadi. Ichki model ma’lumotning mantiqiy modelini tashuvchilarda aks ettiradi va yozuvlarning joylashishini, aloqasini va tanlab olinishini ko’rsatadi. Ichki model MBBT orqali hosil qilinadi va unga quyidagi talablar qo’yiladi :
ma’lumotlarning mantiqiy tuzilishini saqlash;
tashqi xotiradan maksimal foydalanish;
Ma’lumotlar bankii yuritish xarajatlarini kamaytirish;
ma’lumotlarni qidirish va tanlash jarayonlarining tezkorligini oshirish va boshqalar.
1 blok
|
|
Foydalanuvchi interfeysi
|
|
|
i
|
к
|
2 blok
|
|
MB protsessori
|
|
|
i
|
к
|
3 blok
|
|
Ma’lumotlar bazasi
|
5.7-rasm. Ma’lumotlarga kirish arxitekturasi
Umumiy holda ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari (MBBT) ikki xil guruhga ajratiladi:
Professional yoki sanoat MBBTlari. Bu guruhga quyidagi MBBTlar kiradi: Oracle, DB2, Sybase, Informix, Ingres, Progress.
SHaxsiy (stolga joylashtiriladiganlar). Bu guruhga kiradigan MBBT lar: FoxBase/FoxPRO, Clipper, R:base, Paladox, Approach va Access.
Hozirgi vaqtda Access MBBT ning ishlab chiqarishda keng tarqalganligini hisobga olgan holda dasturning ma’lumotga kirish arxitekturasini ko’rib chiqamiz. Arxitektura uchta blokdan tashkil topadi (5.7-rasm).
Foydalanuvchi interfes bloki. Bunga MS Access ob’ektlari kiradi: jadvallar, formalar, hisobotlar va boshqalar. Ma’lumotlar ombori. Bu blokda ma’lumotlar jadvallarining fayllari saqlanadi (Access da mdb-fayllar). MB protsessori. MS Access MBBT 2000-da ma’lumotlar disketlari MS Jet (Joint Engine Technoligy) ma’lumotlar bazasi yadrosining yangi 32 razryadli 3.5. versiyasi qo’llanilgan. Bu versiya yuqoriroq unumli va yaxshilangan tarmoq tavsiflarga ega.
-bob bo’yicha xulosalar
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini joriy etishda axborot ta’minoti muxim o’rin egallaydi. Boshqaruv jarayonini aniq, etarli va tezkor axborot bilan ta’minlanishi sifatli qaror qabul qilish uchun zamin bo’lib xizmat qiladi. Zaruriy axborotni foydalanuvchiga tezkor taqdim etilishda ma’lumotlar bazasining imkoniyatlari cheksizdir.
Ma’lumotlar bazasi - ma’lumotlar bankining eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasi - zaruriy axborotni tezkor olish va modifikatsiyalash, axborotning minimal ortiqchaligi, amaliy dasturlarga bog’liq emasligi, izlash usulining umumiy boshqarilish imkoniyatlariga ega o’zaro bog’liq ma’lumotlar yig’indisidir.
Ma’lumotlar bazasini yaratish va yuritishda ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi alohida ahamiyat kasb etadi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi ma’lumotlar bankining tashkil etuvchi elementi hisoblanadi.
Ma’lumotlar banki - zaruriy axborotni olish maqsadida ma’lumotlarni markazlashgan holda saqlash va jamoa bo’lib foydalanish uchun mo’ljallangan axborotli, tematik, dasturiy, tillar, tashkiliy va texnik (saqlanayotgan ma’lumotlar hamda texnologik jarayonda band personalni qo’shganda) vositalarining tizimi sifatida ifodalanishi mumkin.
Ma’lumotlar banki uni ishlashi va qo’llanilishini ta’minlab beruvchi dasturiy to’plamlari bilan birgalikda avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banki deb ataladi.
bob Kompyuter tarmoqlarining modellari va texnologiyalari
Kompyuter tarmoqlarining turlari
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy informatikani rivojlantirish tamoyillari quyidagilardan iborat:
Birinchidan, zamonaviy axborot texnologiyalarini rivojlantirish, davlat muassasalari va xo’jalik su’ektlari, muassa va tashkilotlar, xususiy shaxslar uchun axborot xizmatlarini yo’lga qo’yish;
Ikkinchidan, iqtisodiyot, fan, ta’lim, ijtimoiy sohada axborot tizimlarini shakllantirishga ko’maklashish;
Uchinchidan, respublikaning jahon axborot tizimlari va xalqaro tarmoqlarga ulanishni ta’minlash.
Axborot texnologiyalarini zamonaviy texnika yutuqlari bilan o’zaro bog’lash ehtiyoji global kompyuter tarmoqlarini mamlakatlararo hamkorlik dasturini amalga oshirishning ajralmas qismi qilib qo’ydi. Ilmiy va maorif maqsadlari va biznes uchun ko’plab kompyuter tarmoqlari tashkil etilgan. Ko’proq tarmoqlarni birlashtira oluvchi va dunyo hamjamiyatiga kirish imkoniyatini beruvchi tarmoq - bu Internet. Internet foydalanuvchilarga cheksiz resurslarni taqdim etadi. Bu esa ish unumdorligini oshiradi. Unga ulangan odamlar dunyoda sodir bo’layotgan hodisalar haqida qisqa muddatda ma’lumotga ega bo’lishadi. Quyidagi rasmlarda kompyuter tarmoqlarini hosil qilishning uch xil usullari krersatilgan. Kompyuterlarni bir-biriga bog’lashda Etherrnet, HPNA va simsiz bog’lanish adapterlaridan foydalanilgan[24,25]
Kontsentrator yordamida tarmoq hosil qilish. Bu usulda barcha kompyuterlar tarmoq kontsentratoriga bog’lanadi. Buning uchun barcha kompyuterlarda tarmoq
adapteri mavjud brelishi kerak.
Barcha kompyuterlarda tarmoq adapteri rernatiladi. Telefon kabellari yordamida tarmoq hosil qilinadi.
Barcha kompyuterlarda simsiz tarmoq adapteri rernatiladi. Tarmoqdagi kompyuterlar bir-biri bilan signallar orqali ma’lumot almashadi.
SHuning uchun bu tarmoqlardan foydalana olishni o’rganish maqsadida biz quyida telekommunikatsiya va Internet Explorer dan foydalanish usullarini aytib o’tamiz.
Telekommunikatsiya. Global kompyuter tarmog’i - Internet
Keng ma’noda telekommunikatsiya - bu bir-biri bilan bevosita aloqada bo’la olmaydigan masofada turuvchi sub’ektlar (odamlar, uskunalar, kompyuterlar) o’rtasidagi muloqotdir. ( “Tele”- uzoqdagi, “ kommunikatsiya”- aloqa, xabar).
Masalan: kemalar o’rtasidagi yorug’lik signallari almashuvi, telegraf,
televidenie, telefon va boshqalar. Kompyuter telekommunikatsiyasining rivojlanishi Internet va Windows ning kelib chiqishidan ancha oldin boshlangan.
Misol qilib oladigin bo’lsak, asrimizning 80 yillarida butun dunyoda, shu jumladan, sobiq ittifoqda ham MS DOS muhitida ishlovchi BBS (Bulletin Board System) faylli serverlar faoliyat ko’rsatgan.
BBS abonentlari tekinga e’lonlarni ko’rib chiqish va yozib qoldirishi, pochta
ma’lumotlari va fayllari bilan almashinish imkoniyatiga ega bo’lishdi.
Kompyuterlarning lokal tarmoqlari (LVS), bir - biridan uncha uzoq bo’lmagan (bir necha yuz metr atrofida foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatadi.
LVSni “mijozlari” (terminallari) ulangan katta bir kompyuter deb tasavvur etishi mumkin. Biroq kompьterlar va LVS lar turli xil aloqa vositalari orqali xududiy va jahon (xalqaro) tarmoqlariga ulanishi mumkin.
Kompyuterlarni telekomunikatsion tarmoqqa ulash uchun quyidagilar zarur:
Kommunikatsion jihozlar va aloqa kanali (hech bo’lmaganda modem va telefon tarmog’i);
Kommunikatsion dasturlar.
Modem - bu kompyuterni xalqaro tarmoqqa ulanish imkonini beruvchi standart qurilma (Modulyator - Demodulyator).
Modemning bir tomoni kompyuterga, ikkinchi tomoni telefon tarmog’iga ulanadi.
Modemning yagona funktsiyasi - bu kompyuterning diskret ( raqamli ) signalini, telefon tarmog’ida uzatiladigan uzluksiz ( analogli ) signalga aylantirish va aksincha.
Modem bilan ishlash uchun maxsus dastur ta’minoti ishlatiladi. Kompyuter bilan provayder uzeli o’rtasidagi aloqa vositasi sifatida oddiy yoki maxsus telefon tarmog’idan foydalaniladi. Biz asosan telekommunikatsiyaning dasturli ta’minotini ko’rib chiqamiz va u o’z navbatida ikki sinfga bo’linadi.
Mijoz - dasturlar. Bu dasturlar sizning kompyuteringizda joylashgan bo’lib, o’z talablarini (savollarini ) serverga yuboradi.
Server - dasturlar .Bu dasturlar tarmoqning narigi uzelida joylashgan bo’lib, ular sizning kompyuteringizga xizmat ko’rsatadilar.
Telefon tarmog’iga qiyos qilganda, ATS - bu server, sizning telefoningiz - bu mijoz. Kommunikatsion tarmoqlar texnologiyasini ko’pincha “mijoz - server” texnologiya deb atashadi. Bu tushuncha keng ma’noda to’g’ri, lekin shu narsani esda saqlashimiz lozimki, axborotlar tizimida “mijoz - server” tushunchasi ma’lumotlarning qayta ishlashning funktsional modelini bildiradi. Umuman olganda, server va mijozlar universal emas: tarmoqli xizmat ko’rsatishning har bir turi o’z serveri va mijoziga ega. Masalan, pochta serverlari va mijozlari mavjud, FTP - serverlar va FTP - mijozlar.
Ko’pincha server deb, serverli dasturlarga ega bo’lgan kompyuterlarni ham aytishadi. SHu narsani esda saqlash lozimki, bir server - kompyuterda bir necha server dasturlar ish olib borishi mumkin.
Zamonaviy telekommunikatsiyalarning rivojlanishida ikki xil jarayonni ajratish mumkin: Bir tomondan, tarmoqli xizmat turlari asta sekin Internet texnologiyalari bilan qo’shilib ketmoqda.
Ikkinchi tomondan, Internet vositalari grafikli texnologiyaning tarkibi bo’lib kelmoqda.
Hozirda eng katta global axborot tizimi bu Internet tarmog’idir. Haqiqatdan olganda, Internet aniq bir tashkiliy tuzilishga ega emas.
Internet tizimi hukumatlar, ilmiy, tijorat va notijorat tashkilotlari tashabbusi bilan tashkil etilgan bir qancha mustaqil kompyuterlar tizimlarini birlashmasidan iborat.
Internet tarixini asrimizning 60 yillarida AQSH mudofaa vazirligida hisoblash tarmog’ining - ARPAnet ning paydo bo’lishi bilan bog’lashimiz mumkin. Bu tarmoq urush vaqtida harbiy operatsiyalarni hamda mamlakatni boshqarish uchun mo’ljallangan bo’lib, uning asosiy kontseptsiyasi quyidagidan iborat:
Tarmoqdagi har bir kompyuter bir - biridan mustaqil ravishda muloqatda bo’ladi, ular orasidagi aloqa mutlaqo ishonchsiz bo’lib, xoxlagan paytda buzilishi mumkin. (Misol uchun, bombordimon qilinganda). Bunda, birinchidan, butun bir tarmoqning ish qobiliyati saqlanib qoladi, ikkinchidan esa, sog’ qolgan kompyuter boshqa butun qolgan aloqa kanallari orqali tarmoqqa ulanishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, tarmoqning hamma uzellari bir - biridan ma’lum darajada mustaqil ishlashi kerak.
SHunday qilib, Internet ning asosiy printsipi - bu tarmoqdagi har bir uzel (kompyuter)ning shu uzel bilan bevosita bog’liq bo’lmagan tarmoq qismlaridagi buzilishlardan hamda nuqsonlardan mustaqilligidir.
Foydalanuvchining nuqtai nazaridan qaraganda, zamonaviy tarmoq - bu bir-biri bilan aloqa kanallari orqali ulangan yirik uzellarning to’plamidan iborat. Har bir uzel - ko’pincha UNIX operatsion sistemasi boshqaruvi ostida ishlovchi, bitta yoki bir nechta qudratli server- kompyuterlardir. Ko’pincha bu kompyuterlarni bosh kompyuter yoki xost kompyuter (anglizcha “xost”- xo’jayin ) deb atashadi.
Bu uzelni uning egasi bo’lmish provayder deb ataluvchi tashkilot boshqaradi (ingl. “Provide”- ta’minlamoq so’zidan olingan). Ko’p hollarda alohida olingan tarmoqning nomi - bu uning provayderining nomi. Provayderlar ma’lum bir turdagi xizmatlar bilan ta’minlaydilar. Rossiyadagi ko’p taniqli provayderlardan biriga: GlasNet ni, Relkomni, Demosni, Sovam Teleport ni kiritishimiz mumkin. CHet eldagi eng yirik provayderlar bu- CompuServe va Amerika - Online hisoblanadi. Provayderlarning darajasi, ixtisosligi va boshqa omillariga qarab, kompaniyalarning xizmat turlari va xizmat xaqlari farqlanadi.
SHunday qilib Internet ga ulanish degani bu:
Modemga ega bo’lish va kompyuterga uni ulash;
Provayder bilan shartnoma tuzib, u bilan telefon tarmog’i yoki alohida boshqa aloqa kanali orqali muloqot o’rnatish demakdir;
Internet qanday ishlaydi.
Bayonnomalar. Internet tarmog’iga turli xil apparat platformalarida, ma’lumotlar formatlarida, har xil operatsion sistemalar boshqaruvi ostida ishlovchi millionlab kompbterlar va kompyuterlar tarmoqlari kiradi.
Biroq hamma kompyuterlar axborot almashish paytida ma’lumotni shakllantirish va uzatishning yagona kelishuvidan (bayonnomalardan) foydalanishlari kerak (YA’ni yagona “interfeysdan”).
Bayonnoma - bu tarmoq abonentlari o’rtasidagi axborot almashinuvi usullari xamda Internet mablumotlarini shakllantirish qonun qoidalari va formatlari to’g’risidagi kelishuvlar to’plamidan iborat.
Internet bayonnomalarining ikki xil turini ajratish mumkin:
Bazisli bayonnomalar. Bu bayonnomalar kombyuterlar o’rtasidagi ixtiyoriy turdagi elektron axborotlarning fizik uzatilishiga javob beradi (IP va TCP). Bu bayonnomalar bir - biri bilan kuchli bog’liq bo’lganligi uchun, ularni ko’pincha “TCP/ IP bayonnomasi” deb ham atashadi.
Amaliy bayonnomalar. Bu bayonnomalar Internet ning ixtisoslashgan xizmatlarining ishlashini nazorat qiladi (ta’minlaydi ). Masalan: NTTR bayonnomasi (giper matnli ma’lumotlarni uzatish), FTP bayonnomasi (fayllarni uzatish), elektron pochta bayonnomalari va boshqalar.
Amaliy bayonnomalar bazisli bayonnomalar “ustida” joylashadi, agar TCP/IP o’rnatilmagan bo’lsa, sizning kompyuteringiz tarmoqda ishlay olmaydi. Biroq, amaliy bayonnomalarning ma’lum bir qismi kompyuteringizda bo’lmasligi mumkin.
Internet ning asosiy xizmat turlari.
Bu erda biz tarmoqda faoliyat ko’rsatuvchi asosiy xizmat turlariga qisqacha tavsif berib o’tamiz. Keyinchalik tarmoqning eng asosiy xizmat turi bo’lmish xalqaro axborot tarmog’i (WWW) haqida to’xtalib o’tamiz.
Telnet. Bu termin bilan mijozning olisdagi server - kompyuteri bilan aloqasini ta’minlovchi bayonnoma va dasturlar ataladi. Aloqa o’rnatilgandan so’ng, olisdagi kompyuterning operatsion sistemasi muhitiga tushadi va u erda bemalol uning dasturi bilan xuddi o’zining - dasturi bilan ishlaganday ishlayveradi.
FTP. (File Transfer Protokol - fayllarni uzatish bayonnomasi). Olisdagi kompyuterlarning fayllari va dasturlari bilan ishlashni ta’minlovchi dastur va bayonnomalar shu termin bilan ataladi. FTP vositalari serverning fayllari va kataloglarini ko’rib chiqishga hamda bir katalogdan boshqa katalogga o’tishga, nusxa olish va fayllarning Internet Explorer muhitida ishlashini ko’rib chiqamiz.
Gopher. Bu so’z inglizcha so’z bo’lib “kovlamoq” degan ma’noni bildiradi. Gopher - bu FTP ga nisbatan taraqqiy etgan qidirish va axborotlarni chiqarib olish vositalari bilan ta’minlovchi bayonnoma va dasturlari kiradi. Gopher bayonnomalari zamonaviy navigator - dasturlarida qo’llaniladi.
Archie. Internet uzellarida FTP - server tarkibi to’g’risidagi qidirilgan axborotlarni yig’uvchi va saqlovchi maxsus serverlar shunday ataladi. Agar o’zimiz biladigan faylni qidirayotgan bo’lsak u holda mijoz Archie ni ishga tushiramiz va u bizga FTP serverdagi mos adresni ko’rsatadi.
WAIS Wide Area Information Servers - bu tarmoqlardagi ma’lumotlar bazasi va kutubxonalarda axborot qidiruvini amalga oshiruvchi taqsimlangan axborot tizimidir. Xususan, WAIS Internet dagi tuzilishiga keltirilmagan hujjatlarni indekslashtirish va ularda qidiruvchi tashkil etish qo’llaniladi.
E - mail. Bu elektron pochtaning inglizcha belgilanishi bo’lib, u orqali - hamma qit’alarda yashovchi insonlar bir-biri bilan elektron (ma’lumotlar) xabarlar va fayllar bilan almashishadi.
Usenet. Usenet tizimi - telekonferentsiyalar, yangiliklar guruhi. Elektron pochtadan farqli ravishda, Usenet mijoz xabarlarini individual adresat bo’yicha emas, balki abonentlar guruhiga (telekonferentsiyalarga) yuboradi. SHu konferentsiya ishtirokchilari biror bir savolni hal qilishda teng huquqga ega. Har bir konferentsiya o’z adresiga ega va biror bir mavzuga tegishli (fanga, madaniyatga, sportga va boshqalar) bo’ladi. SHu bilan birga muhokama qilinadigan savollar turlicha bo’lishi mumkin. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, 10000 dan ortiq telekonferentsiyalar Internetda mavjud. Windows 95 boshqaruvi ostidagi telekonferentsiyalar bilan ishlash uchun Internet Explorer 6.0 navigatori tarkibiy qismiga kiruvchi Internet News qo’shimchasini ishlatish mumkin.
IRC - Buni telekonferentsiyalarning turlaridan biri deb hisoblasa bo’ladi. (Internet Relay Chat). IRC-server va IRC - mijoz yordamida klaviatura orqali jumlalarni terib, foydalanuvchilar bir- birlari bilan “virtual” muloqat olib borishadi.
Internet - telefoniya. Hozirgi paytda tarmoqning yangi turi - Internet - telefoniya tezda rivojlanib bormoqda. Bunda foydalanuvchilar Internet tarmog’i orqali telefonlashishadilar.
Internetning afzalliklari va kamchiliklari. Internet tarmog’ida ishlash
Kiber faza va virtual haqiqat keng tarqalgan tushunchalar Internet tarmog’i bilan bog’liq. Kiber faza deb, kompyuterli kommunikatsiyalar tizimi va axborotlar oqimining butun to’plamiga aytiladi. Virtual haqiqat deb, kompyuterli texnologiya yordamida ekrandagi yaratilgan real ob’ektlar va turli xil xususiyatlarga ega jarayonlar obraziga (insonlar, musiqa uskunali narsalar, stanoklar, adabiy asarlar va boshqalar) bilan xuddi haqiqiy narsalar kabi ishlash mumkin .
Bizning hayotimizga asta sekin kirib kelayotgan kiberfaza va virtual haqiqat, bizni butun insoniyatning axborot resurslariga umumlashtiradi, dunyoqarashimizni kengaytiradi va hayot tarzimizni o’zgartiradi.
SHuni esimizdan chiqarmasligimiz kerakki, axborotli texnologiyalar (shu jumladan Internet xam) inson tomonidan yaratilgan axborotlarni yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatishning yangi usuli hisoblanadi xolos. Fan texnikaning boshqa yutuqlari kabi Internet ham jamiyatning ko’pgina masalalarini hal qiladi va ish bilan birga yangi muommolarni keltirib chiqaradi[24,25].
Ko’pgina ruhshunoslar kombyuterlarning, o’yinlar va kommunikatsiyalarning inson ruhiyatiga, intellektual rivojlanishiga va xulq atvorini salbiy ta’sir etishini ta’kidlashmoqda. Tarmoqning eng muhim tomoni shundaki, u insonlarni bir biriga yaqinlashtiruvchi, ularni o’ylashga majbur etuvchi, sherigi oldida ma’suliyatini ushlashga undovchi, jonli muloqotni inson hayotidan siqib chiqarmoqda. Tarmoqda yaxshi va foydali axborotlardan tashqari insonni chalg’ituvchi bo’lmog’ur va kerak bo’lmagan ma’lumotlar ham bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |