Tasniflash - bu faqat borliq modeli va uni turli belgilar ya’ni, kirish va chiqish jarayonlarining bayoni, ularning kelib chiqishi, boshqaruv turi, boshqaruvning resurslari bilan ta’minlanganligi va hakozo bo’yicha amalga oshirish mumkin. Tizimni mazkur belgiga ko’ra tasniflash 4.1-rasmda keltirilgan.
Sun’iy tizimlar - bu inson tomonidan yaratilgan tizimlardir.
Tabiiy tizimlar bu tabiatda yoki jamiyatda inson ishtirokisiz yuzaga kelgan tizimlar.
Aralash tizimlar ta’biy va sun’iy tizimlarni o’z ichiga oladi.
Ergonomik tizimlar - bu, «mashina - inson - operator» majmui.
Biotexnik tizimlar - tirik organizmlar va texnik qurilmalar kiradigan tizimlardir. Tashkiliy tizimlar - bu, zaruriy vositalar bilan jihozlangan kishilar jamoasidan tashkil topgan tizimlar sanaladi.
Xalq xujaligi tarmoqlarining asosiy vazifasi - davr talabiga javob beradigan maxsulot ishlab chikarish. Ishlab chikarishni tashkil etish va ana shu vazifasining bajarilishini ta’minlash boshqarish zimmasiga yuklatilgan. Bu esa uz navbatida moxiyatiga kura axborot jarayonidir. Axborot - boshqaruvning negizi xisoblanadi. Mazkur vaqtdagi boshqarish tizimining xolati axborot bilan belgilanadi. Boshqaruv axborot jarayoni sifatida karalar ekan, bunda kuyidagi asosiy uch boskich kuzga tashlanadi:
Boshqariladigan ob’ekt xolati to’g’risidagi axborotlarni to’plash, chamalash, qayd qilish, uzatish va saqlash.
Olingan axborotlar ustida ishlash.
Boshqaruvchi axborotni (boshqaruv karorini) qabul qilish.
YUkoridagi boskichlarni amalga oshirish natijasida ob’ekt bir xolatdan ikkinchi xolatga utadi va boshqaruv jarayonida turli axborotlar xosil qilinadi.
Axborot tizimlari, deganda kuyilgan maqsadga erishish uchun axborotni saqlash, unga ishlov berish va uni uzatish maqsadida foydalaniladigan, qo’llaniladigan vositalar, usullar va xodimlarning uzaro boglangan majmuasi tushuniladi.
Iktisodiy tizimlar boshqarish nuktai nazaridan axborot tizimi kabi karaladi va kupincha avtomatlashtirilgan tizim, deyiladi. Bu tizimlarning asosiy vazifasi foydalanuvchilarning talabiga muvofik ravishda axborotlarni tuplash va tayyorlash, saqlash, uzatish va takdim etishdan iborat.
Axborot tizimlarini ikkita asosiy guruxga ajratish mumkin:
Axborot ta’minot tizimi.
Maqsadli faoliyat kursatuvchi tizim.
Axborot ta’minoti tizimi xar kanday ABTning tarkibiga kiradi. Xozirgi davrga
kelib kuyidagi avtomatlashtirilgan tizimlar paydo buldi:
Loyixalashtirishning avtomatlashtirilgan kismi;
Ilmiy izlanishning avtomatlashtirilgan kismi;
korxonaning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi.
Maqsadli faoliyat kursatuvchi tizimlar tarkibiga:
Axborot qidiruv tizimi;
Axborot ma’lumotnoma beruvchi tizim;
Axborot boshqaruvchi tizim kiradi.
Axborot - qidiruv va axborot - ma’lumotnoma beruvchi tizimlar foydalanuvchi tomonidan berilgan talabga mos ravishda tegishli axborotlarni saqlash va takdim etish uchun muljallangan. Bunday tizimlar faoliyati ikki kismdan iborat:
Axborotni yigish va saqlash.
Axborotlarni kidirish va foydalanuvchiga berish.
Ma’lumotlarni tarkatish usuliga kura axborot qidiruv tizimlari kuyidagi uch turga
bulinadi:
Axborot qidirishni tartibli amalga oshiruvchi tizim.
Berilgan talab buyicha qidirishni amalga oshiruvchi tizim.
Umumlashtirilgan tizim.
Axborot - boshqaruvchi tizimlardan, asosan, texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida foydalaniladi.
Zamonaviy sharoitda axborot tizimi axborotlarni qayta ishlashning asosiy texnik vositasi sifatida shaxsiy kompyuterlardan foydalanishni kuzda tutadi. Yirik tashkilotlarda shaxsiy kompyuterlar bilan axborot tizimining texnik tarkibiga Mayk Freym yoki Super EXM kirishi mumkin. Bundan tashqari, axborot tizimi tarkibiga inson xam kiradi, chunki ishlab chikilayotgan axborot unga muljallangan buladi va u siz bu axborotni olish yoki takdim qilish mumkin emas.
Har bir tizim xossalar (xususiyatlar) to’plami M bilan ta’riflanadi. Tizim xossalari (xususiyatlari) t vaqt davomida o’zgarib turishi mumkin H(t) M. Bunday tizimlar yuqorida ta’kidlaganimizdek dinamik tizimlar, deb yuritiladi. Dinamik tizimlarda vaqt f o’tishi bilan xossalar to’plami o’zgarar ekan, demak tizim holati A(t) ham o’zgarib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |