193
ABTlari o’z xizmatlarining keng, turli-tumanligi bo’yicha mijozlarga tez va
sifatli xizmat ko’rsatuvchiga imkon beradi. Tizimning
asosiy xizmat modullari
quyidagilarni amalga oshiradi:
- yuridik shaxslarga hisoblash-kassa xizmatini ko’rsatish;
- bank-korrespondentlari schyotlari bo’yicha xizmat ko’rsatish;
- kredit, depozit, valyuta operatsiyalari;
- xususiy shaxslar kiritmalarining har qanday turlari va ular bo’yicha
operatsiyalar;
- fond operatsiyalari;
- plastik kartochkalar yordamida hisob-kitoblar;
- buxgalteriya vazifalari;
- tahlil, qarorlar qabul qilish, menejment, marketing va boshqalar.
Oxirgi avlod ABT «Mijoz-server» arxitekturasidagi tarmoqli texnologiyalarga
suyanadi. Keyingi vaqtda moliyaviy tahlilning vazifalari va biznesni boshqarishning
maqsadlariga katta ahamiyat berilmoqda. Moliyaviy xavf-xatarni nazorat qilishda,
resurslarni
boshqarishda, operatsiyalarning foydaliligini, yangi bank xizmati
(mahsulot)ning mijoz va bo’linmalar daromadliligini tahlil qilishga imkon beruvchi
tizimlar ishlab chiqarilgan va ishlab chiqarilmoqda.
Majmua shaxsiy sabablar bo’yicha (hujjatlarni rasmiylashtirilgan
buxgalteriya
yozuvlari bo’yicha) mablag’larning haqiqiy va rejalashtirilgan harakatini amalga
oshiriradi. Hujjatlar bundan keyingi nazorat operatsiyasidan o’tadi, barcha
parametrlar mos kelganda hujjatlarning ro’yxati tuziladi va hisoblash-kassa
markaziga jo’natish uchun fayl shakllantiriladi. Korrespondentlik
schyoti orqali
o’tgan hujjatlar schyotlari bo’yicha tarqatiladi.
Bankning operatsiya kuni dasturi-texnologik majmua sifatida bank hisobining
ko’p mehnat talab qiluvchi operatsiyalarini avtomatlashtiradi. (14.2-rasm).
Mijozlarning shaxsiy schyotlari bo’yicha operatsiyalar to’lov hujjatlari bo’yicha
amalga oshiriladi. SHaxsiy schyotdan ko’chirma esa har bir buxgalteriya yozuvlarini
aks ettiradi.
Bank biznesining rivojlanishi bunday qurollardan kundalik faoliyatda
foydalanish zarurligiga olib keladi. «Imkomservis» firmasi misolida ABT ning asosiy
vazifaviy tizimlarining qisqacha ta’rifi ustida to’xtaymiz.
Filiallar faoliyatining hisobi bo’yicha majmua filialning hisobxonasi va boshqa
bo’limlardagi ish joylarini avtomatlashtirishga mo’ljallangan. «Bank filiallar»
darajasida filiallardan olingan axborotlarni bilish, ishlab
chiqish va tahlil qilish,
barcha filiallar o’rtasidagi hisob-kitoblar avtomatlashtiriladi. Filiallar orasidagi o’zaro
hamkorlik to’g’ridan-to’g’ri yoki bankning markaziy bo’limi orqali tashkil qilinishi
mumkin. Filial doiralaridagi majmua o’z ichiga valyutali va so’mni kassa
operatsiyalarini oladi, filial bo’yicha balansni ichki buxgalteriya yozuvlarini hisobga
olish bilan hisoblab chiqadi. Korrespondentlik munosabatlari bo’yicha
hisob-
kitoblarni bajaradi.
Mijozlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha ABT ning eng keng tarqalgan
tizimchalari quyidagilardir:
mijozbank, plastik kartochkalar bilan ishlash
operatsiyalari.