Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o


Tashkiliy (korporativ) boshqaruvda axborot tizimlari



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/130
Sana28.07.2021
Hajmi2,13 Mb.
#131056
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   130
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Tashkiliy (korporativ) boshqaruvda axborot tizimlari 
Tashkiliy boshqaruv va tashkiliy axborot tizimlarini yaratish hozirgi 
kunda  turli  axborot  texnologiyalariga  tayanadi.  Afsuski,  yagona 
universal texnologiya mavjud emas. Boshqaruv usullarini umumiy holda 
quyidagi  uch  guruhga  ajratish  mumkin:  manbalarni  boshqarish, 
jarayonlarni  boshqarish  va  korporativ  bilimlarni  (kommunikatsiyalarni) 
boshqarish. 
Axborot  tizimlari  ichida  keng  qo„llaniladiganlari  sifatida 
quyidagilarni ajratish mumkin: 
 BBBT (manbalarni boshqarish: ishlab chiqarish, buxgalteriya va 
moliya); 
 Workflow (Workflow Manajement Coalition assotsiatsiyasi 
standartlari – jarayonlarni boshqarish: ishlab chiqarish, hujjat 
almashinuvi); 
 Internet (kommunikatsiyalarni boshqarish: sifat, rejalar, korporativ 
bilimlar, kadrlar). 
Manbalarni  boshqarish  masalasi  boshqaruvning  klassik  usuli 
hisoblanadi va axborot texnologiyalari birinchi bo„lib keng qo„llanilgan. 
Manbalarni boshqarish masalasining rivojlanish jarayonlarini ko„rib 
chiqaylik. 
Birinchi  navbatda  kalendar-hajmiy  loyihalash  usuli  MPS  (Material 
Planning  Shedule)  bilan  birga  korxona  material  manbalarini  loyihalash 
MRP (Material Requirements Planning) usuli ishlab chiqildi. Navbatdagi 
qadam  ishlab  chiqarish  manbalari  (quvvati)ni  loyihalash  usuli  bo„ldi  – 
CRP  (Capacitiy  Requirements  Planning).  Bu  usul  MRPga  o„xshash 
bo„lib,  material  va  tashkil  etuvchilar  emas,  balki  ishlab  chiqarish 
quvvatini hisoblashga qaratilgan. Bu masala zamonaviy darajadagi katta 
hisoblash manbalarini talab qiladi. 
Yuqorida  keltirilgan  usullarning  birlashtirilishi  «ikkinchi  darajali» 
MRP  II  (Manufacturing  Resource  Planning)  masalasi  –  loyihalashning 
integrallashgan  usulini  yuzaga  kelishiga  olib  keldi.  Bu  usul  MRP/CRPni 
o„z  ichiga  oladi  hamda  MPS  va  FRP  (Finance  Resource/Requirements 
Planning)  moliyaviy  loyihalashdan  foydalanadi.  So„ngra  korxonaning 
barcha  «tijorat-manba»larini  integrallashgan  loyihalash  konsepsiyasi 
ERP (Economic Requirements Planning) taklif qilindi. 
Keyingi 
qadam 
ishlab 
chiqarish 
manbalarini 
boshqarish 
konsepsiyasini yaratish bo„ldi – CSPP (Customer Synchronized Resource 
Planning)  –  manbalarni  loyihalash.  Bu  konsepsiyaning  farqli  tomoni 
marketing,  savdo  va  savdodan  keyingi  xizmat  ko„rsatish  bilan  bog„liq 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
66 
 
bo„lgan yordamchi manbalarni hisobga olish hisoblanadi. 
Zamonaviy  ishlab  chiqarishda  ko„plab  yetkazib  beruvchi  va 
xaridorlar ishtiroki tufayli yangi mantiqiy zanjirlar konsepsiyasi (Supply 
Chain) yuzaga keldi. 
Bu konsepsiyaning maqsadi ishlab chiqarish faoliyatini tahlil 
qilishda tovarning xom-ashyodan tayyor mahsulotga aylanish barcha 
zanjiri (tarmoq) faoliyatini hisobga olish. 
Bunda quyidagi omillarga e‟tibor beriladi: 
 butun mantiqiy zanjirda mahsulot narhi shakllanadi, ammo 
tijoratchi iste‟molchiga sotish bosqichi aniqlovchi hisoblanadi; 
 barcha amallarning samaradorligi mahsulot narhiga ta‟sir 
ko„rsatadi; mahsulotni boshlang„ich ishlab chiqarish bosqichi 
ko„proq boshqariluvchi hisoblanadi, ko„proq sezilarlisi – yakuniy 
(sotilgani). 
 
Mantiqiy zanjirlar konsepsiyasining navbatdagi rivoji mahsulotning 
hayot  siklini  to„liq  o„zida  jamlagan  bir  necha  kompaniyalar  tizimiga 
yoki  bir  kompaniyaning  bir  necha  «virtual  tijoratlarga»  taqsimlangan 
virtual tijorat g„oyasi hisoblanadi. 
 
Yuqorida  ko„rib  o„tilgan  usullar  alohida  dasturiy  mahsulotlarda  va 
Intranet doirasida korporativ boshqaruv anjomi sifatida ko„rinadi. 
Ishlab  chiqarish  jarayoni  to„g„ridan-to„g„ri  ta‟sir  ko„rsatuvchi 
axborotlarni  qabul  qilish  sifatining  ortishi  bilan  bog„liq.  Bu  borada 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
67 
 
Intranet  tashkilot  faoliyatida  sezilarli  iqtisodiy  samara  beradi. 
Tashkilotning  axborot  tizimi  uchun  «axborotni  chop  qilish»,  «axborot 
oluvchilar»,  «axborotni  taqdim  etish»  tushunchalari  asosiy  bo„lib 
bormoqda. 
Intranet arxitekturasi axborot tizimlarining tabiiy rivojlanishi bo„ldi: 
markazlashtirilgan arxitekturadan «mijoz-server» orqali Internetga. 
Shaxsiy kompyuterlarning qo„llanilishi bilan axborot tizimining bir 
qismini ishchi stolga ko„chirish imkoniyati yuzaga keldi. Shunday qilib, 
taqsimlangan  axborot  tizimlarni  yaratish  zarurati  yuzaga  keldi.  Bu 
maqsadlarga tarmoqda dastur va kompyuterlar o„zaro aloqalari modeliga 
asoslangan «mijoz-server» arxitekturasi mos keladi. 
An‟anaviy  tushunchada,  «mijoz-server»  tizimi  ma‟lumotlarni 
yetkazib  berishni  amalga  oshiradi  va  ular  uchun  quyidagilar 
xarakterlidir: 
 serverda axborot emas, ma‟lumotlar yuzaga keladi; mijozlar bilan 
ma‟lumot almashish uchun yopiq protokol qo„llaniladi; 
 ma‟lumotlar mijozlar kompyuterlariga uzatiladi, qayta ishlanadi 
(interpretatsiya qilinadi) va axborotga almashtiriladi; 
 amaliy tizim qismlari mijozlar kompyuterlariga joylashtiriladi. 
«Mijoz-server» tizimining asosiy afzalliklari: 
 tarmoqda bosimning kamligi (ishchi stantsiya serverga ma‟lum 
bir ma‟lumotlarni qidirish uchun so„rovlar uzatadi, server 
qidirishni o„zi amalga oshiradi va tarmoq orqali faqat so„rovga 
ishlov berish natijalarini, ya‟ni bir yoki bir necha yozuvlarni 
uzatadi); 
 yuqori ishonchlilik («mijoz-server» texnologiyasiga asolangan 
MOBT, uzilishlarda avtomatik tiklashni ta‟minlaydi); 
 foydalanuvchilar huquqlarini sozlash darajasi (bir 
foydalanuvchiga ma‟lumotlarni faqat ko„rishni sozlash, 
boshqalariga ko„rish va tahrirlash, uchinchilari hech qanday 
ma‟lumotlarni ko„rmasliklari mumkin); 
 katta o„lchamli maydonlarni qo„llash (o„lchamlari bir necha yuz 
Kbayt va Mbayt bo„lgan ma‟lumotlar turlarini ta‟minlash). 
«Mijoz-server» tizimi bir qator kamchiliklarga ham ega: 
administrator tayinlashning qiyinligi; 
 axborotning ruxsatsiz kirishdan yetarli darajada 
himoyalanmaganligi; 
 bu axborot tizimi uchun server va mijozning muloqot qilishi 
uchun yopiq protokol. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
68 
 
Keltirilgan kamchilliklarni yo„qotish uchun markazlashgan tizim va 
an‟anaviy  «mijoz-server»  tizimining  eng  yaxshi  sifatlarini  birlashtirgan 
Intranet  tizimi  arxitekturasi  ishlab  chiqilgan.  Bunda  barcha  axborot 
tizimi  markaziy  kompyuterda  joylashadi.  Ishchi  o„rinlarda,  axborot 
tizimlaridagi jarayonlarni boshqarish imkoniyatini beruvchi, sodda kirish 
qurilmalari (navigatorlar) joylashadi. Ekranga uzatish va pultda bosilgan 
klavishlar  kodlari  sodda  protokoli  yordamida  kirish  qurilmasi  muloqot 
qiladigan barcha jarayonlar markaziy EHMda amalga oshiriladi. 
Intranet tizimining asosiy ustunliklari sifatida quyidagilarni keltirib 
o„tish mumkin: 
 amaliy tizim serverda jamlangan, mijozlarda faqat navigator-
dastur joylashtiriladi; 
 server qism va ishchi o„rinlarini markazlashgan boshqaruv 
yengillashtirilgan; 
 foydalanuvchi tomonidan qo„llanilayotgan dasturiy ta‟minotga 
bog„liq bo„lmagan interfeys (OT, BBBT va h.k). 
Intranetning muhim ustunligi texnologiyaning ochiqligi hisoblanadi. 
Mavjud yopiq texnologiyalarga asolangan dasturiy ta‟minot, qaror biror 
firma  tomonidan  bir  ilova  uchun  ishlab  chiqilgan  bo„lsa,  qulay  bo„lib 
ko„rinadi.  Ammo,  axborot  tizimlarining  rivojlanishini  keskin 
chegaralaydi. 
Hozirgi  kunda  Intranetda  quyidagi  yo„nalishlar  bo„yicha  ochiq 
standartlardan keng foydalanilmoqda: 
 tarmoq manbalarini boshqarish (SMTP, IMAP, MIME); 
telekonferensiyalar (NNTP); 
 axborot xizmati (servisi) (HTPP, HTML); ma‟lumot xizmati 
(LDAP); 
 dasturlash (Java)
Intranetning  keyingi  rivojlanishi  tendentsiyalarini  quyidagicha 
keltirish mumkin: 
 intellektual qidiruv tarmog„i; 
 Java-texnologiyalarni qo„llash hisobiga navigatorlarning yuqori 
darajada interfaolligi; 
 tarmoq kompyuterlari; 
 navigator interfeysining kompyuter bilan universal interfeysga 
aylanishi. 
 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
69 
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish