Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o


Sanoatda va iqtisodiyotda axborot tizimlari



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/130
Sana28.07.2021
Hajmi2,13 Mb.
#131056
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   130
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Sanoatda va iqtisodiyotda axborot tizimlari 
Axborot texnologiyalarini sanoat, savdo, bank ishi sohalariga tadbiq 
etish birinchi navbatda axborot tizimlarini yaratish yo„li bilan rivojlandi. 
XX  asrning  60-yillarida  yuzaga  kelgan  KABT  (korxonalarni  avtomatik 
boshqarish  tizimi)  o„nlab  yillar  mobaynida  «og„izda»  bo„ldi.  Ammo, 
kompleks avtomatlashtirish bosh muammosi hal qilinmadi, lekin bunday 
tizimlarni  ishlab  chiqish  malakasi  jamlandi.  Axborot  texnologiyalarini 
zamonaviy  darajada  tijoratni  boshqarish  sohasiga  tadbiq  qilish 
masalalarini yecha oladigan malakali kadrlar tayyorlandi. 
KABTni  loyihalashda  standartlashtirish,  moslik  masalalari  hisobga 
olinmadi.  Bu  zamonaviy  texnologiyalarni  tadbiq  qilishni  qiyinlashtirdi 
va  o„zgartirishlar  kiritishga  katta  mablag„  talab  qildi.  Hozirgi  kunda 
predmet  sohasining  turliligiga  qaramasdan,  zamonaviy  standartlar  va 
korporativ  axborot  texnologiyalari  printsipiga  asoslangan  korporativ 
axborot tizimlari (KAT) keng tarqalgan. 
KAT yordamida yechiladigan masalalarni uch sinfga bo„lish 
mumkin: 
 standart buxgalteriya va statistik hisobot asosida olinadigan 
hisobot ko„rsatkichlarini shakllantirish (soliq xizmati, statistika, 
investorlar va h.k.); 
 yuqori agregirlangan ko„rsatkichlar asosida tijoratni rivojlantirish 
bo„yicha boshqaruvning strategik qarorlarini ishlab chiqish; 
 tarkib bajarilishining turli tomonlari tavsiflarini ifodalovchi 
yuqori detallashtirilgan ko„rsatkichlar asosida tezkor boshqaruvga 
yo„naltirilgan taktik qarorlarni ishlab chiqish. 
KATni tadbiq etishda asosiy qiyinchilik diagnostika hisoblanadi. Bu 
yerda uch bosqichni ajratish mumkin: 
 tizimli tahlil va mavjud tarkib hamda boshqaruv texnologiyasini 
baholash; 
 axborot texnologiyalari asosida boshqaruv tizimi va 
tashkillashtirish tarkibining yangi usullarini ishlab chiqish; 
 boshqaruvni qayta tashkillashtirish holati, tadbiq qilish rejasi, 
boshqaruv hujjat almashinuvi reglamenti (loyihasi)ni ishlab 
chiqish. 
KATni  shartli  ravishda  adadli  (tirajli),  yarim  buyurtmali  va 
buyurtmaliga bo„lish mumkin. 
Adadli  KATlar  ishlab  chiquvchi  tomonidan  qayta  ishlashni  talab 
qilmaydi  va  o„zgartirishlar kiritish imkonini  bermaydi.  Bunday tizimlar 
kichik korxonalar uchun mo„ljallangan. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
70 
 
Yarim  buyurtmali  tizimlar  buyurtmachi  talablariga  javob  beradi  va 
kichik  kapital  xarajatlarni  talab  qiladi.  Ularning  asosiy  qo„llanilish 
sohasi katta korxonalar (tijorat jarayon zanjirida beshtadan ortiq kishi va 
oyiga yuzlab hujjatlar). 
Buyurtmali  tizimlar  hozirgi  axborot  texnologiyalari  darajasida 
o„tmishga  ketdi,  ular  ishonchli  emas,  qabul  qilingan  standartlar 
talablariga mos kelmaydi, qiyinchilik bilan takomillashtiriladi. Ularning 
asosiy  qo„llanilish  sohasi  –  juda  katta  maxsus  ishlab  chiqarish 
korxonalari. 
Hozirgi  kunda  korporativ  tizimlar  bozorida  ko„p  sonli  chet  el 
ishlanmalari taklif qilinmoqda. KATlar moliyani, xodimlarni, zaxiralarni, 
ta‟minotni  va  ishlab  chiqarishni  boshqarishda,  texnik  xizmat 
ko„rsatishda, rejalarni boshqarishda keng qo„lanilmoqda. 
Bank faoliyatini axborotlashtirishda ikki asosiy yo„nalishni ajratish 
mumkin: 
 tezkor axborotni kiritish va tiklash masalasini axborotlashtirish, 
standart hisobni olish (korxona BBBT asosida OLTP-On-Line 
Tranzaction Processing – tizimlar); 
 yuqori darajali tahliliy masalalarni axborotlashtirish (bank 
faoliyati tahlili, tavakkalli boshqarish va h.k.). 
Birinchi  holatda  korxonaning  berilganlar  bazasini  boshqarish 
tizimlari  asosidagi  OLTP-tizimlar  deb  nomlanuvchi  tizimlardan 
foydalanadi. 
Ikkinchi 
holatda 
axborotlarni 
saqlash 
(Data 
Warrehouse) 
texnologiyasi  va  tezkor  tahliliy  (analitik)  ishlov  berish  ilovalari  OLAP 
(On-Line Analytic Processing) ishlatiladi. 
KATlardan tashqari, boshqaruvning alohida funksiyalarini bajaruvchi 
alohida dasturiy tizimlar ham mavjud: 
 Buxgalteriya dasturlari: 1S: Buxgalteriya, BEST, Parus, Turbo- 
buxgalter, Info-buxgalter
 Savdoni avtomatlashtirish tizimlari: 1S: Torgovlya, Parus, BEST 4, 
Folio
 Axborot-ma‟lumot tizimlari: Garant, Konsultant, Plyus, Kodeks
 Tijorat-loyihalash uchun dasturlar: Triumf-analitik, Project Expert, 
Microsoft Project
 Ombor hisobini avtomatlashtirish tizimlari: 1C: Sklad, Folio, BEST, 
Parus
 Hujjat almashinuvini avtomatlashtirish tizimlari: Delo, Lotus Notus, 
1S: Dokumentooborot
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
71 
 
KATni qurish jarayonida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan 
boshqarish  tizimlari  (TJABT)  alohida  ko„riladi.  Hozirgi  kunda  TJABT 
sohasida  quyidagi  tamoil  (printsip)larga  asoslangan  ochiq  tizimlar 
konsepsiyasi asosiy hisoblanadi: 
 pastdan yuqoriga turli ishlab chiqaruvchi firmalar dasturiy-
apparat vositalarining mosligi; 
 buyurtmachi yo„naliishi asosida jo„natuvchi firma stendida barcha 
tizimni kompleks sozlash va tekshirish. 
Ko„pgina  hollarda  TJABT  ikki  darajali  boshqaruv  tizimini 
ifodalaydi. Quyi daraja boshqaruv obyektidan to„g„ridan-to„g„ri keluvchi 
axborotga  birlamchi  ishlov  beruvchi  nazoratchilarni  o„z  ichiga  oladi. 
Nazoratchilarning  dasturiy  ta‟minoti  odatda  rele-kontaktli  sxemalar  tili 
kabi texnologik tillarda amalga oshiriladi. 
Yuqori  darajani  barcha  kelayotgan  axborotlarni  saqlovchi,  tahlil 
qiluvchi  va  ishlov  beruvchi  hamda  operator  bilan  muloqotda  bo„lishni 
ta‟minlovchi,  ma‟lumotlar  omborlari  va  ishchi  stantsiyalar  vazifalarini 
bajaruvchi  kuchli kompyuterlar tashkil  qiladi. Yuqori  darajaning  asosiy 
dasturiy ta‟minoti bo„lib  SCADA (Supervision Control And Acquisition) 
paketlari hisoblanadi. 
Ochiq 
tizimlar 
konsepsiyasi 
ochiq 
modulli 
nazoratchilar 
arxitekturasi  General  Motors  firmasi  tomonidan  ishlab  chiqilgan  OMAC 
(Open  Modular  Architecture  Controls)  da  kuzatiladi.  Unga  yaqin 
konsepsiyalar  Yevropa  (European  Open  Systems  Architecture  for 
Controle  within  Automatation  Systems-OSACA),  Yaponiya  (Japan 
International  Robotics  and  Factory  Automation-IFORA,  Japan  Open 
Systems  for  Controller  Architecture-OSEC)  va  Amerika  (Technologies 
Enabling  Agile  Manufacting-TEAM  Projects)  tashkilotlari  tomonidan 
taklif qilingan. 
OMAC-talablar mazmuni asosiy terminlarini quyidagicha bayon 
qilish mumkin: 
 Open – apparat va dasturiy ta‟minot integratsiyasini ta‟minlovchi 
ochiq arxitektura; 
 Modular – modulli arxitektura, Pluge and Play rejimida tashkil 
etuvchilardan foydalanish imkonini beradi; 
 Scalable – masshtablanuvchi arxitektura, aniq masala uchun 
konfiguratsiyani oson o„zgartirish imkonini beradi; 
 Economical – iqtisodiy arxitektura; 
 Maintenable – yengil xizmat ko„rsatiluvchi arxitektura. 
Nazoratchilar 
apparat 
platformalari 
yuqori 
ishonchlilikka, 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
72 
 
tezkorlikka ega bo„lgan PC-kompyuterlarda joylashadi. PC-nazoratchilar 
operatsion  muhiti  ham  ochiqlik  talablarini  qoniqtirishi  lozim.  Bu  yerda 
QNX (QSSL firmasi, Kanada) operatsion tizimi keng tarqalgan hisoblanadi. 
QNX arxitekturasi ochiq, modulli va oson o„zgartiriluvchi (modifikatsiya) 
hisoblanadi.  Bunday  tillarda  ishlashdan  jamlangan  malaka  IEC  1131-3 
standartida keltirilgan va beshta asosiy til vositalari belgilangan: 
1.
 SFG – ketma-ket funksional sxemalar tili; 
2.
 LD – releli diagrammalar tili; 
3.
 FBD – funksional blokli diagrammalar tili; 
4.
 ST – tarkiblangan matn tili; 
5.
 IL – qo„llanmalar (instruktsiya) tili. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish