Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/145
Sana02.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#310869
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   145
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Menyu
 
tur  interfeyslar  foydalanuvchining  kompyuter  bilan 
muloqotini  yengillashtiradi  va  tizim  bilan  muloqot  qilish  tilini 
qo„shimcha  o„rganishni  talab  qilmaydi.  Muloqotning  har  bir  qadamida 
joriy  vaqtda  mumkin  bo„lgan  barcha  buyruqlar  menyu  bo„limlari 
to„plamlari  ko„rinishida  taqdim  etiladi.  Foydalanuvchi  zarur  buyruqni 
tanlaydi.  Bunday  muloqot  usuli  boshlovchi  va  mutaxassis  bo„lmagan 
foydalanuvchilar uchun juda qulay. 
Buyruq  tili
 
asosidagi  interfeys  foydalanuvchiga  kompyuter  bilan 
muloqot  qilish  tili  sintaktikasini  talab  qiladi.  Axborotni  taqdim  qilish 
texnologiyasi  foydalanuvchilar  tomonidan  ma‟lumotlarni  tushunish 
uchun  qo„shimcha  imkoniyatlar  berishi  lozim.  Shu  sababli  grafika, 
diagramma, kartalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Obyektlar va ularning namunalariga turli oynalar tizimi orqali kirish 
mumkin.  Bir  qator  oynalar  aniq  obyekt  bilan  bog„langan.  Shu  sababli 
foydalanuvchining predmet sohasini axboriy to„ldirish jarayonida ikkita 
bosqichni ajratish mumkin: oynalarni tanlash va oynalar bilan ishlash. 
Oyna – foydalanuvchi va tizim o„rtasidagi o„zaro aloqa vositasidir. 
Oyna  maxsus  obyekt  sifatida  qaraladi.  Ishchi  stol  va  haqiqatga  yaqin 
bo„lgan bir qator tushunchalar (oyna, tugma, menyu va h.k.)ni qo„llovchi 
MS Windows oynali interfeysga misol bo„la oladi. 
Axborot 
tizimi 
foydalanuvchisi 
ma‟lumotlarni 
turli 
ta‟minotchilardan  olishga  majbur:  fayllar,  berilganlar  bazasi,  elektron 
jadvallar,  elektron  pochta  va  h.k.  Ma‟lumotlar  turli  ko„rinishlarga  ega 
bo„ladi: matn, jadval, grafika, audio va videoma‟lumotlar va boshqalar. 
Shu  sababli,  ayrim  noqulayliklar  yuzaga  keladi.  Birinchidan, 
foydalanuvchilar  axborotni  qubul  qilishlari  uchun  maksimal  qulay 
formada  berilishi  lozim.  Ikkinchidan,  u  tayyorlangan  axborot  bilan 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
25 
 
ishlash  imkonini  beruvchi  yagona  universal  interfeysdan  foydalanishi 
lozim.  Bu  talablarni  Web-  texnologiya  qanoatlantiradi.  Hisoblash 
texnikasi  vositalarining  rivojlanishi  ananaviy  parametrlar  o„rniga 
murakkab 
vaziyatlarga 
olib 
keldi 
(qobiliyatining  o„zgarishi, 
samaradorlik, o„tkazuvchanlik, xotira hajmi). Bu vaziyatdan chiqishning 
birinchi  qadami 
Teodor  Xolm  Nilson
 
tomonidan  taklif  qilingan 
gipermatn
 
bo„ldi.  Gipermatn  bu  oddiy  matn  bo„lib,  o„z  qismlariga  va  boshqa 
matnlarga murojaatlarni o„z ichiga oladi. 
Gipermatn  sifatida  kitobni  olish  mumkin:  mundarija  boblar, 
bo„limlar va mavzularga murojaatni ifodalaydi. Kitobning ichida boshqa 
manbalarga 
murojaatlar 
mavjud. 
Turli 
hududiy 
masofaviy 
kompyuterlarda  matnlar  joylashtirish  imkonini  beruvchi  Internet 
tarmog„ining  yuzaga  kelishi  bilan  gipermatnning  rivojlanishi  davom 
etdi. Bunda mavjud interfeysning turli ko„rinishdagi axborotlarni taqdim 
etish  imkoniyati  mavjud  bo„lmaganligi,  yagona  tartiblangan  axborot 
to„plamiga  ko„pgina  iste‟molchilarning  kirish  imkoniyati  yo„qligi 
sababli  interfeysni  rivojlantirish  talab  qilinadi.  Bu  masalani  yechish 
uchun  Web-  navigator  taklif  qilindi  va  joriy  etildi.  Web-server  turli 
ta‟minotchilardan  olingan  axborotlarni  foydalanuvchiga  yagona 
ko„rinishda taqdim etuvchi axborot kontsentratori sifatida yuzaga keldi. 
Web  vositalar  axborotlarni  Web-navigator  yordamida  zarur  darajada 
detallashtirish imkoniyatini yaratib berdi. 
Foydalanuvchilarga  axborot  xizmatlari  ko„rsatishning  eng  qulay 
shakli bo„lgan Web-texnologiya quyidagi xususiyatlarga ega: 
 
axborotni qabul qiluvchiga nashr ko„rinishida taqdim etiladi; 
nashr turli xil axborot manbalarini va geografik joylashuvlarni 
birlashtirishi mumkin; 
 
axborot manbalaridagi o„zgarishlar tezda nashrlarda aks ettiriladi; 
nashrlar boshqa nashrlarga joylashuvi va so„nggi manbadan 
chegaralanmagan holda murojaat qilishi mumkin; 
 
chop etuvchi axborotning foydalanuvchiga yetkazilish jarayoni 
bilan qiziqmaydi; 
 
axborotdan foydalanuvchilar soni chegaralanmagan; 
 
nashrda taqdim etilgan axborotlar, gipermatnli murojaatlar va 
kontekstli qidiruv vositalari hisobiga kirish uchun qulay; 
texnologiya axborot manbalari va turlariga alohida talablar 
qo„ymaydi; 
 
nashrlar sifati zamonaviy multimedia standartlariga mos keladi 
(matn, grafika, ovoz, video, animatsiya). 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
26 
 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish