2.4-rasm. Yashash siklining Spiralli modeli
Spiralli modelda loyihaning keying bosqichiga oldingi bosqichni
toʻliq tugatmasdan ham oʻtish mumkin boʻladi. Bunda yashash siklidagi
birinchi bosqichdan beshinchi bosqichgacha bajarilgan ishlar bitta iterasiyani
tashkil qiladi. Axborot tizimlarining yashash sikillari tizimning sodda
murakkabliligiga qarab bir qancha iterasilardan tashkil topish mumkin. Har
bir iterasiyada oldingi iterasiyaga nisbatan takomillashuv amalga oshiriladi.
Spiralli model kaskadli madeldagi kamchiliklarni toʻgʻirlab yana bir
qator qoʻshimcha imkonyatlar yaratadi. Bunda ishlab chiqish jarayoni yupqa
(gibki) moslashuvchandir. Spiralli modelni shartli ravishda iterasiyon model
deb atashimiz ham mumkin.
Spiralli model yoki iterasiyali yandashuvning quydagi avzalliklarini
koʻrsatishimiz mumkin.
1. Iterasiyalik yondashuvda buyurtmachining qoʻshimcha talablarini amalga
oshirishning qullaylik.
2. Tavakkalchilik darajasini kamaytirilishi.
3. Iterasiyali yondashuv loyihani boshqarishda katta moslashuvchanlikni
taminlaydi.
4. Spiralli model yanada ishonchli va chidamli tizimlarni yaratish imkonini
beradi.
5. Iterasiyali yondashuvda ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirish
imkonyatiga ega.
Spiralli modelning quyidagi kamchiliklarini koʻrsatishimiz mumkin.
Keyingi bosqichda oʻtish vaqtini aniqlash ( yashash siklining har bir
bosqichiga vaqt boʻyicha chegaralar qoʻyilishi lozim).
Loyiha va uni boshqarish haqida malumotlar. Tashkilotda qandaydir
axborot tizimini ma’lum bir loyiha asosida yaratiladi. Loyihani boshqaruv
xususiyatlari va ularning bosqichlari umumiy boʻlib biror – bir sohada
bogʻliq boʻlmaydi, yani bu injenerlik loyihasini, texnik loyihani, iqtisodiy
loyihani.
Loyiha – bu boshidanoq aniqlangan maqsad bilan ma’lum bir vaqtga
nisbatan chegaralangan alohida tizimning maqsadga yoʻnaltirilgan
oʻzgartirishdir. Maqsadga erishish esa loyihaning tugallanganligini bildiradi,
bundan albatta vaqtga muddatlarga tavakkalchilikka vosita resurslarini sarf
qilishga hamda tashkiliy sturukturaga qoʻyiladigan talablar ham bajarilish
lozimdir.
Boshqaruv ob’ekti sifatida loyihaning quyidagi farqlanuvchi belgilarini
koʻrsatish mumkin.
I. Oʻzgaruvchanlik – bu tizimni mavjud holatidan koʻzlangan holatga
oʻtqizish xisoblanib u loyiha maqsadlari terminida aniqlanadi.
II. Yakuniy maqsadning chegaralanganligi.
III. Muddatlarining chegaralanganligi.
IV. Bujjetning chegaralanganligi.
V. Talab qilinayotgan resurslarning chegaralanganligi.
VI. Loyiha qilinayotgan korxona uchun yangilik ekanligi.
VII. Komplelistlik - bu bevasita yoki bilvosita jarayonga va loyiha
natijasiga tasir oʻtkazuvchi koʻplab amallarning mavjudliligidir .
VIII. Huquqiy va tashkiliy ta’minot – bu loyihani amalga oshirish davrida
spetifik tashkiliy sturukturani yaratishdir.
Loyihani rejalshtirish va uni boshqarishda ob’ekt dinamik ob’ekt
sifatida qaralishi lozim. Umumiy xolda loyiha “Qora yashik” koʻrinishida
tasdiqlanishi mumkin. Bunda ishning bajarilishi quyidagi kerakli resurslarni
mavjudligi bilan taminlaydi.
Materiyallik.
Qurilmalar.
Inson resurslari.
Loyihaning bir qator xarakteristkalari ichidan quyidagi texnik iqtisodiy
koʻrsatgichlarni koʻrsatib oʻtish lozim.
Ish hajmi
Bajarish muddatlari.
Tan narxi.
Iqtisodiy samaradirligi.
Loyihaning ishtimoiy zarurlugi.
Loyihalar bir - biridan qoʻllanilayotgan sohalari, tarkibi, muddati,
qatnashuvchilar soni, murakkabligi darajasi, natijalari muhumligi va
hokozalardan qarab fikirlanadi yoki sinflarga boʻlinadi. Yana loyiha sinfi,
loyiha tipi, loyiha mashtabi.
Loyiha sinfi loyihaning tarkibiga va sturukturasi boʻyicha aniqlanadi
va quydagilarga boʻlinadi.
1) Manoloyiha – bu alohida loyiha boʻlib u istalgan tipli koʻrinishli va
mashtabli boʻlishi mumkun .
2) Multi loyiha – bu kompleks loyiha boʻlib u bir qator
monoloyihalardan iborat boʻladi hamda multi loyiha bosqichni talab
etadi.
Loyiha tipi asosiy faolyat sferallari boʻyicha aniqlanib ulardan loyiha
yaratish amalga oshiriladi loyihalarning quyidagi 5 ta tipini ajratish mumkin .
Texnik loyiha .
Tashkiliy loyiha.
Iqtisodiy loyiha.
Ishtimoiy loyiha.
Aralash loyiha.
Loyiha mashtabi bujjet oʻlchami va qatnashuvchilar soni bilan
aniqlanib quydagilarga boʻlinadi.
Mayda loyihalar.
Kichik loyihalar.
Oʻrtacha loyihalar.
Katta loyihalar.
Shuningdek loyihalarning sohaviy, korparativ, vidimestival va bir
korxona loyihasiga boʻlinadi.
Loyihalash bosqichi axbarot tizimlarini yashash siklining asosiy
bosqichlaridan xisoblanib u yaratilayotgan axbarot tiziming sifati va
samarasiga katta xissa qoʻshadi .
Loyihalsh buyurtmachi talabiga koʻra ma’lumbir mutaxasislar guruhi
tamonidan amalga oshiriladi. Guruh mutaxasislarinig tajribasi bilimi va
saviyasi bajarilayotgan loyihaning sifati va yashash siklining davomiyligiga
tasir koʻrsatadi.
Axbarot tizimini loyihalash oʻz navbatida quyudagi bosqichlarni oʻz
ichiga oladi .
1) Texnik topshiriqni ishlab chiqish.
2) Texnik loyihani ishlab chiqish.
3) Ishchi loyihani ishlab chiqish.
4) Axbarot tizimlarini ishlab chiqish.
Loyihalsh natijasida quyidagi asosiy masalalar yechimlari .
1) Hisob kitob, reja va analitek ishlarni tashkil qilishni yaxshilash.
2) Masalalarni yechish va kerakli natijani olish uchun qurulmalarni
tanlash va samarali texnalogiyani ishlab chiqish.
3) Axbarotlarning korxona ichida ishlab chiqarish boʻlimlari orasida va
funksiyanal tizim qisimlari orasidagi oʻtish grafigini chizish.
4) Rejalashtirish xisob-kitob va xoʻjalik faolyatining tahliliga bogʻliq
hamda axbarotlardan optimal foydalanish taminlovchi ma’lumotlar
bazasini yaratish.
5) Normativ spravkaviy axbarotlarni yaratish .
Har qanday axbarot tizimini yaratish loyihalash guruhi xodimlari
tamonidan obyektni oʻrganishdan boshlanadi.
Obyektni oʻrganish jarayonida xujjatlarning yogona formalari albomi
yaratiladi va har bir hujjatning asosiy xarattiristkalari aniqlashtiriladi. Oʻrganish
jarayonida obyekning tarkibiy sturukturasi formasi va xabarlarning mazmuni
oʻrganiladi.
Shuningdek, birlik axbarotlarni yigʻish, saqlash va boshqaruv
yechimlarini qabul qilish uchn tyorlash masalalari koʻrib chiqiladi .
Obyektni oʻrganish asosida loyihalash guruhi texnik iqtisodiy asosnoma
tayorlaydi unda quydagi ma’lumotlar koʻrsatiladi.
Korxonanig material texnik bazasi xarakteristkasi.
Kategoryalar boʻyicha xizmatchilar soni.
Koaxonaning asosiy texnik iqtisodiy koʻrsatgichlar.
Korxona boʻlimlarining va lavozimdagi shaxslarning bajaradigan
fdunksiyalar haqida ma’lumot.
Davrlar boʻyicha axboraviy aloqolar sxemasi va axbarotlarning hajmi.
Xujjatlar xarakatlanishi mashrutlari sxemasi.
Boshqaruv tizimini va boshqaruv usullarini aftamatlashtirish darajasi.
Texnik iqtisodiy asosnamadan soʻng texnik topshiriq ishlab chiqiladi.
Texnik topshiriq va belgilangan tartibda tastidlangan ishlab charilayotgan
aftomatlashtirilgan axbarot tizimining maqsadi asosiy boshlangʻich
ma’lumotlarga qoʻyilgan talablar va tizimining dastlabki iqtisodiy samarali
darajaligini koʻrsatuvchi xujjatlardir.
Texnik topshiriq xujjat sifatida quydagi boʻlimlardan iborat.
1) Loyiha haqida umumiy ma’lumotlar .
2) Tizimning maqsadi va vazifalari .
3) Aftamatlashtirish obyekti xarakteristkasi .
4) Tizimga qoʻyilgan talablar .
5) Tizim tarkibi va vazifalar roʻyxati .
6) Tizimni qabul qilish nazaryasi .
7) Tizimni ishga tushirish jarayonidagi ishlarning tarkibiva mohiyatiga
qoʻyiladigan talablar.
8) Xujjatlashtirishga qoʻyilgan talablar .
9) Ishlab chiqarish manbalari .
10)
Tizim iqtisodiy samaradorligi xisobi texnik topshiriq ishlab
chiqarishdan soʻng loyihalah jarayonlari.
Tizimning tenik loyihasi bu brlgilangan tartibda tasqidlangan umumtizim
loyiha yechimlari masalalarini yechish algaritmlarini shiningdek tizim
iqtisodiy samaradorligini bahalash va obyektni ishga tushirishga tayorlash
tadbirlari roʻyxatidan tashkil topgan texnik xujjatlar toʻplamidir.
Texnik loyiha quydagi 10 ta hujjatni oʻz ichiga oladi.
1) Tushintirish xati.
2) Tizimning fuksiyanal va tashkiliy sturukturasi.
3) Masalalarning qoʻyilishi va ularning yechimi algaritimlari .
4) Information fozomi tashkil etish .
5) Xujjatlar formalari albomi.
6) Matimatik taminot tizimi.
7) Texnik vasitalar kopleksini yaratish prinsipi.
8) Tizimning iqtisodiy samaradoligi xisobi .
9) Obyektni ishga tushirishdagi tadbirlar.
10)
Xujjadlar qaytnomalari.
Texnik loyiha bosqichidan soʻng ishchi loyiha bosqichi boshlanadi .
Ishchi loyiha bu belgilangan tartibda tasdqilangan texnik xujjatlar boʻlib unda
tizim boʻyicha aniqlashtirilgan ma’lumotlar va detallashtirilgan loyiha
yechimlari masalalarini yechimlari boʻyiocha dastur va koʻrsatmalar
shuningdek tizimlarning yanada aniqlashtirilgan iqtisodiy samaradorligi va
obyektini ishga tushirishga tayyorgarligi boʻyicha aniqlashtirilgan tadbirlar
roʻyxati keltiriladi.
Axborot tizimlari loyihalash jarayonini shartli ravishda 2 asosiy
prinsipga asoslanadi .
1) Tahlil ( sintez ).
2) Sintez .
Analiz yoki tahlil-bu berilgan tashqi xarasteristik belgilarga qarab
tizimni yoki obyektni mayda elementlarga (tizim qisqichlariga) boʻlish
jarayonidir . Bunda tahlil prinsipiham oʻz navbatida quyidagi 3 ta prinsipga
amal qilishi kerak :
1) Funksional toʻliqlik prinspi: Funksional toʻliqlik prinspi - bu istalgan
bir toʻplam mavjud boʻlib boʻlib u quyidagi xossalarga ega deganidir :
- Toʻliqlik.
- Inkor qimaslik (toʻplamga kiradigan har qanday funksiya boshqa
funksiyani inkor qilmaydi);
- Bogʻlanmaganlik yani biror funksiya boshqa funksiya orqali kelib
chiqmaydi .
2) Juftlik prinspi – bu biror bir funksiyaga mansub har bir element kirish
va chiqish xossaariga ega deganidir.
3) Elementlar va xususan tizimning ishonchliligi prinspi.
Sintez – bu tarkibiga kiruvchi elementlar orqali bir butun funksional birlikni
tashkil eish jarayonidir:
Sintez jarayoni aniq yakunlanishi uchun unda quyidagi prinsiplar bajarilishi
kerak :
Koordinasiya prinspi – bu prinspda barcha elementlar aniq sxema
asosida bogʻlanishi kerak yoki boshqaruv kordinasiyalangan boʻlishi
kerak yoki vaqt boʻyicha kordinasiyalangan boʻlishi kerak .
Tizim elementlarida oʻtish jarayonlarini yakunlanganlik yoki tugganlik
prinspi bunda tizimda boshqa bosqichga oʻtish faqat oldingi bosqich
tugagandan keyingi boʻlishi mumkun.
Tizim elementlari ishining aftonomligi prinspi .
Tizim elementlari ishining sifatligi prinsipi .
Axborot tizimlarini loyihalash orqali tizimni ishlab chiqarishda quyidagi
muammolar paydo boʻlib ular yaratish jarayonida albatda echilishi lozimdir.
1. Texnalogik (tizimni amalga oshirish vositalarni tanlash , tizim ishlashi
rejimlari).
2. Konseptua (tizimni loyihalash boʻyicha sistemali prinsplarni ishlab chiqish
yani ilmiy tezuslar toʻplami , texnik loyiha sxemalarini tanlash , ma’lumotlar
bazalari sturuktirasini aniqlash).
3. Uslubiy (tizmni loyihalash uslubiyati va qoydalarini ishlab chiqish).
4. Nazariy (sturukturali va imitasiyali modellashtirish uchun matematik
modellarni tanlash).
5. Til (tasvirlash, loyiha va tizim faoliyati uchun til tanlash ).
6. Baholash (loyiha va tizim faoliyati bosqichida yaratlayotgan tizim sifatini
baholash).
Nazorat savollari va topshiriqlari
1. Axborotlarning xayotiylik sikli deganda nima tushuniladi
2. Kaskad modeli bu qanday model va uning bosqichlari
3. Loyihalash nima uchun kerak
4. Spiral modeli bu qanday model va uning yutuqlari
Mustaqil ish topshiriqlari
1. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining xayotiylik sikli
2.
Axborot tizimlarini loyihalashtirish
3.
Axborot tizimlari hayotiylik siklining kaskadli modeli
4.
Axborot tizimlari hayotiylik siklining spiralli modeli
Do'stlaringiz bilan baham: |