AXBOROT TIZIMINING TEXNIKAVIY TA'MINOTI.
Atayev Atabek Bobajanovich Xorazim viloyati Xiva tumani 8-umumiy o’rta ta’lim maktabining informatika fani o‘qituvchisi
Annotatsiya. Foydalaniladigan texnik vositalarning miqdori va tarkibi axborot oqimlarining jadalligi va hajmlari, ishning usullari va bank tizimi vazifalarini amalga oshirishning xususiyatlari bilan belgilanadi. Korxonalarning keskin rivojlanishi ularni kuchli kompyuterlarni va yuqori samarali texnik vositalarni xarid qilishga majbur qiladi.
Kalit so’zlar. UNIX server, konfiguratsiyalash, Tarmoqli boshqaruv, global, korporativ tarmog‘,telekommunikatsion, klasterl, server.
Mijoz-server arxitekturasi ko‘pgina korxonalarning axborot texnologiyalarini yaratishdagi zamonaviy texnik yechimi bo‘lib hisoblanadi. Bunda mijoz serverga so‘rovlar yuboradi, server esa ularga xizmat ko‘rsatadi. Texnik vositalarni ishonchlik darajasini oshirish maqsadida ularni guruhlarga,
klasterlarga birlashtirish keng qo‘llaniladi. Natijada foydalanuvchi qaysi bir server bilan ishlashini aniqlay olmasada, lekin uning ish samarasi oshadi va qo‘yilgan so‘rovlarga bevosita javoblarni olish tezligi oshadi.
Korxonaning biznes jarayonlarining telekommunikatsion ta’minlanilishi o‘zining
korporativ tarmog‘iga xizmat ko‘rsatish va har qanday boshqa mahalliy va global tarmoqlarga kirishni hisobga olish bilan ko‘riladi.
Axborotlashtirilgan tizimlarda mahalliy, mintaqaviy va global hisoblash tarmoqlarini qo‘llanilishi ularni ishonchliligi, hamda ma’lumotlarni himoyalanishi yaxlitligi oldiga oshirilgan talablarni qo‘yadi. Tarmoqli vositalarning tayyorlik va voz kechishiga barqarorlik darajasi tarmoqli-tarkibli qismlardan birini ishdan chiqishida ish qobiliyatini buzilishi imkoniyatini bartaraf qilish uchun yuqori bo‘lishi kerak. Masalan, uzoqlashtirilgan filiallar
bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilishda foydalanuvchilarga qo‘shimcha kommutatsiyalanadigan liniyalarga o‘tish, aloqaning asosiy kanalini takrorlanishi yoki uning o‘tqazish qobiliyatini ko‘paytirish imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak.
Tarmoqli boshqaruvning markazlashtirilgan tizimini tatbiq etish tarmoqni texnik qo‘llab-quvvatlashning qiymatini qisqartirishga imkon beruvchi muhim omil bo‘ladi. U masofadan konfiguratsiyalash , nazorat qilish, buzilishlarni bartaraf qilish va bir qator boshqa vazifalarni amalga oshirishga imkon beradi. Kommunikatsion qurilmalarning to‘liq majmuasidan iborat
bo‘lgan tarmoqning uskunalarini bitta ishlab chiquvchisiga texnologiyalarni integratsiyalash boshqaruvning xodimlarni tayyorlashni soddalashtiradi, uskunalarning miqdoriy qiymatini pasaytiradi, hamda umuman tizimning foydalanishdagi ishonchliligini oshiradi. Tarmoqning infratuzilmalarini zamonaviylashtirish har qanday korxona xizmatlarining
kengayishi, yangi bozorlarga chiqishi jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.
Tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, serverlar hisoblash tarmoqlarida eng kuchsiz bo‘g‘in hisoblanadi. Ulardan eng istiqbollisi UNIX server. Pastroq darajadagi serverlar, masalan, IBM PC serverlar diskli tizimchani kengaytirish, uzilishli vaziyatlarni oldindan aytib berish bo‘yicha yechimlarini talab qiladilar.
Kompyuterning qiymatini pasayishi korxonaning axborotli infratuzilmasini qo‘llab–quvvatlashdagi xarajatlarini qisqarishiga olib kelmaydi. Tizimga egalik qilish qiymati bu kompyuter tizimini o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlashga harajatlarning ko‘rsatkichidir va u boshlang’ich xarid
narxidan taxminan olti marta ko‘proq. Egalik qilish qiymati kompyuterlarga dasturiy ta’minlashlarni o‘rnatish, ularni tarmoqli muhitga ulash, birga bo‘la olishligini ta’minlash, operatsion tizimga sozlashga va texnik vositalarning majmuasini qo‘llab-quvvatlash va kuzatish bo‘yicha tizimning mutaxassislarini ish vaqtida vujudga keladigan boshqa ko‘pgina majburiy kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar harajatlaridan vujudga keladi. Axborot tizimlari ishida va uning texnologik jarayonida aniq farq qilib turuvchi bir
qancha bosqichlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
1.Ma’lumotlarning paydo bo‘lishi -ya’ni xo‘jalik operatsiyalari natijalarini, boshqaruv ob’ektlari va sub’ektlari xususiyatlarini, ishlab
chiqarish jarayonlari parametrlarini, normativ va yuridik aktlar mazmunini qayd etuvchi boshlang’ich ma’lumotlarning yuzaga kelishi.
2.Ma’lumotlarning to‘planishi va sistemalashtirilishi, ya’ni kerakli ma’lumotlarni tezlik bilan topish va tanlash,ma’lumotlarni metodik jihatdan yangilash, ularning buzib ko‘rsatilishidan , yo‘qolishidan saqlash darajasida ma’lumotlarni joylashtirish.
3.Ma’lumotlarni qayta ishlash- bu ilgarigi to‘plangan ma’lumotlar asosida yanada
to‘ldiruvchi, tahliliy, tavsiyalovchi, bashoratli ma’lumotlarning yangi ko‘rinishlari shakllanuvchi jarayondir.
4.Ma’lumotlarni aks ettirish -ma’lumotlarni inson qabul qilishi uchun foydali shaklda taqdim etish. Eng avvalo -bu bosqichga chiqarish,ya’ni hujjatlarni kishi qabul qilishi uchun qulay holatda tayyorlash.
Avtomatlashtirilgan axborotlar tizimining texnik vositalar tasnifi quyidagilar:
Axborotlarni kiritish qurilmasi: klaviatura, manipulyator, joystik, nurli pero-mexanik “sichqon”,optik “sichqon”,skaner, grafik planshet, sensorli ekran, nutqni kiritish vositasi. Axborotlarni chiqarish qurilmalari: displey va displey adapterlari, elektron-nurli trubka, vektorli displey .
Shaxsiy kompyuterlar foydalanuvchilariga axborot kiritish turli qurilmalarining keng turi tavsiya etiladi.Shunday bo‘lsada, ko‘pincha SHKlar yagona kiritish qurilmasi-klaviatura bilan ishlab chiqariladi. Keng ko‘lamda qo‘llanishi jihatdan klaviaturadan so‘ng uni funksional jihatdan to‘ldiruvchi turli xil manipulyatorlar va asosan “sichqon” xilidagi manipulyatorlar
qo‘llaniladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
Axborot tizimlari va texnologiyalari: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik// Mualliflar jamoasi: S.S. G‘ulomov, R.X. Alimov, X.S. Lutfullayev va boshq. /; S.S. G‘ulomovning umumiy taxriri ostida.-T.: «Sharq», 2000.
Informatsionnie sistemi v ekonomike/Pod red. V.V.Dika - M.: Finansi i statistika, 1996.-10-12,72-73, 96-97
www.ziyouz.com
Do'stlaringiz bilan baham: |