Axborot texnologiyalaridan foydalanib maktabgacha yoshdagi bolalarda son-sanoq haqidagi tasavvurlarni shakllantirish



Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/30
Sana29.12.2021
Hajmi1,42 Mb.
#77240
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
Bog'liq
axborot texnologiyalaridan foydalanib maktabgacha yoshdagi bolalarda son-sanoq haqidagi tasavvurlarni shakllantirish

Moddiy  zahiralar  -  ijtimoiy  mahsulot  ishlab  chiqarish  jarayonida 

foydalanish uchun mo`ljallangan mexnat predmetlari yig`indisidir, masalan, xom-

ashyo,  materiallar,  yoqilg`i,  energiya,  yarim  tayyor  mahsulotlar,  detallar  va 

hokazolar.  



Tabiiy  zahiralar  -  kishilarning  moddiy  va  ma‟naviy  ehtiyojlarini  qondirish 

uchun  jamiyat  tomonidan  foydalanadigan  tabiat  obyektlari,  jarayonlari, 

sharoitlaridir.  

Mexnat  zahiralari  -  jamiyatda  ishlash  uchun  umumiy  ma‟lumot  va  kasbiy 

bilimlarga ega kishilardir.  



Moliyaviy  zahiralar  -  davlat  yoki  tijorat  tuzilmalari  ixtiyorida  bo‟lgan  pul 

mablag‟laridir. 



Energetika  zahiralari  -  energiya  quvvati  mavjud  mahsulotlar,  masalan, 

ko‟mir, neft, mahsulotlari, gaz, gidroenergiya, elektr energiyasi va hokazolar. 

Kibernetika,  so‟ngra  hisoblash  texnikasi  va  axborotlashtirishning  paydo 

bo‟lishi  va  rivojlanishi  bilan  axborot  so‟zi  o‟zining  dastlabki  ma‟nosini  saqlab 

qolgan bo‟lsada, ayni paytda bir qator yangi ma‟nolarga ham ega bo‟ldi. Axborot 



16 

 

deganda  biz  qandaydir  bir  tizim  haqida  ma‟lumotlar,  dalillar,  bilimlar  yigindisini 



tushunamiz. Tizim haqidagi axborot yoki kuzatish yo‟li bilan yoki ham tabiiy, ham 

modelli tajribalar natijasida yoki mavhum gipotetik tizimlarni o‟rganish - mantiqiy 

xulosa chiqarish asosida olinishi mumkin.  

Hozirgi  paytda  axborotni  qanday  tushunish  haqida  quyidagicha  nuqtai 

nazarlar yuzaga kelgan: 

Axborot  -  xalq  xo`jaligining  barcha  tarmoqlari  iste‟mol  etuvchi  zahira 

bo`lib, energetika yoki foydali qazilmalar zahiralari kabi ahamiyatga ega. Jamiyat 

rivojlangani sari  iqtisodiyot, fan,  texnika, texnologiya,  madaniyat, san‟at, tibbiyot 

kabilarning  turli  masalalari  haqidagi  mavjud  ma‟lumotlar,  axborot  zahiralaridan 

foydalanishni  tashkil  etish  intellektual  va  iqtisodiy  hayotga  tobora  ko`proq  ta‟sir 

ko`rsatmoqda. 



Axborot  -  fan  va  texnika  rivojlanishi  natijalari  haqidagi  fan-texnika 

ma‟lumotlari,  bilimlari  yig`indisidir.  Boshqacha  aytganda,  axborot,  mazkur 

talqinga  binoan,  fan-texnika  faoliyati  axborot  xizmati  tizimining  ma‟lumot  

mahsuli va “xom-ashyo”sidir.  



Axborot  -  axborot    xizmati  tizimlarida  fan-texnika  faoliyati  va  turli 

sohalarda  kadrlar  tayyorlashni  shakllantiruvchi  mahsulotlar  yig`indisidir,  ya‟ni 

axborot    zahiralarini  ishlab  chiqarish  va  iste‟mol  etish  faqat  jamiyatning 

intellektual hayoti bilan cheklanadi. 

Ko`rinib  turibdiki,  bu  talqinlardan  birinchisi  eng  to`liq,  axborot  jarayonlari 

ko`p  qirraligini  qamrab  oluvchi  tushunchani  bermoqda.  Chindan  ham,  axborot 

jamiyat va inson faoliyatining barcha sohalariga kirib bormoqda. 

XXI asr – axborotlashtirilgan jamiyat  asrida axborot texnologiyalarning roli 

va  o„rni  kundan  –  kunga  o„sib  boraveradi,  hamda  har  bir  jabhaning  ajralmas 

qismiga  aylanib  boradi.  Bugungi  kunda  hayotimizni  axborot-kommunikatsiya 

texnologiyalarisiz tassavur etib bo„lmaydi. O„zbekistonda ta'lim jarayonida AKTni 

qo„llash  bo„yicha  keng  qamrovli  ishlar  olib  borilmoqda  va  uning  huquqiy  va 

me'yoriy asoslari yaratilgan. 



17 

 

O„zbekistonda  axborotlashtirish  jarayonida  uning  ham  jamiyat,  ham 



shaxsning  o„rni  beqiyosdir.  Axborotlashtirish  har  bir  istagan  sohasini  tubdan 

o„zgartirish  qobiliyatiga  ega.  Bunday  sharoitda  jamiyatdagi  har  bir  shaxsning 

barkamollik  sari  intilishlari  ro„yobga  chiqadi.  Chunki  kerakli  axborotlarni  o„z 

vaqtida  olish  bilan birga  ulardan  to„g„ri  foydalana  olish  insonni ijtimoiy  jihatdan 

rivojlanishiga sabab bo„ladi. 

Respublikamiz  Xalq  ta'limi  vazirligi  tomonidan  shahar  va  tumanlardagi 

barcha  maktab  va  maktabgacha  ta'lim  muassasalari,  maxsus  maktab-internatlarda 

zamonaviy  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalaridan  foydalanish  keng  joriy 

etilmoqda. Maktablarda zamonaviy o„quv kompyuter tarmoqlari tashkil etilmoqda. 

Shuningdek,  maktablar  “ZiyoNeT”  jamoat  ta'lim  axborot  tarmog„iga  ulangan 

bo„lib,  tarbiyachi  va  bolalar  undan  samarali  foydalanish  uchun  sharoitlar 

yaratilgan.  

Ta'lim  jarayoniga  axborot  texnologiyalarini  olib  kirish  zarurati  70-80 

yillardan  boshlab  (bolalarning  mashg„ulotlarga  qiziqishi  pasayib  ketgach) 

mashg`ulot  metodlarini,  shakl  va  metodlarini  o„zgartirish,  yangilik  kiritishdan 

boshlandi.  Nostandart  (ular  40-50  tadan  oshdi)  mashg`ulotlarga  axborot 

texnologiyasini  (kompyuter,  filmoskop,  kodoskop  va  h.k)  va  pedagogik 

texnologiyalarni qo„llash bilan takomillashtirib borilmoqda.  

Globallashuv  jarayoni  ta'limda  axborot-kommunikatsiya  texnologiyalari 

(AKT)  dan  keng  foydalanishni  talab  etadi.  O„qitishning  zamonaviy  usullari  va 

axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini  qo„llamasdan  turib,  tarbiyachi  o„z 

kasbiy  faoliyatida  samarali  natijalarga  erisha  olmaydi.  Ammo  bunda  ta'limning 

maqsad va mazmuni, usul va vositalari hamda tashkiliy shakllarini to„g„ri tanlash 

muhim  ahamiyatga  ega.  Hozirgi  kunda  kompyuterlar  ta‟lim  tizimida  asosan  to‟rt 

yo‟nalishda foydalanilmoqda:  

-o‟rganish ob‟ekti sifatida;  

- o‟qitishning texnik vositalari sifatida;  

- ta‟limni boshqarishda;  

- ilmiy-pedagogik izlanishda. 



18 

 

Kompyuterli o‟qitishning afzalliklari juda ko‟p: bolalarda ma‟lum malakalarni 



shakllantirish  vaqti  qisqaradi;  mashq  qilinadigan  topshiriqlar  soni  oshadi; 

bolalarning  ishlash  sur‟ati  jadallashadi;  kompyuter  tomonidan  faol  boshqarishni 

talab  qilinishi  natijasida  bola  ta‟lim  subyektiga  aylanadi;  bolalar  kuzatishi, 

mushohada qilishi qiyin bo‟lgan jarayonlarni modellashtirish va bevosita namoyish 

qilish  imkoniyati  hosil  bo‟ladi;  kommunikatsiya  vositalaridan  foydalangan  holda 

mashg`ulotni  uzoqdagi  manbalar  bilan  ta‟minlash  imkoniyati  hosil  bo‟ladi; 

kompyuter  bilan  muloqot  didaktik  o‟yin  xarakterini  oladi  va  bu  bilan  bolalarda 

o‟quv faoliyatiga motivatsiya kuchayadi va hokazo. 

Kompyuterli  ta‟lim  jarayonida  ta‟lim  bola  va  kompyuter  orasidagi 

munosabatlarga ko‟ra tashkil etiladi, boshqariladi, nazorat qilinadi.  

Kompyuterli  ta‟limni  tashkil  etish  –  bola  bilan  o‟quv  materiali  o‟rtasidagi 

bog`lanishni  kompyuter  vositasida  yo‟lga  qo‟yish.  Bola  bilan  o‟quv  materiali 

o‟rtasidagi bog`lanishni tashkil etish uchun ta‟lim loyihalanadi. Bolalarning o‟quv 

ishlarini  tashkil  etish,  ular  faoliyatini  rag`batlantirish  tegishli  vositalar  asosida 

modellashtiriladi. 

Ta‟lim  jarayonida  foydalanishga  mo‟ljallangan  ko‟plab  elektron  o‟quv 

materiallari  yaratilganki,  unga  elektron  mashg`ulotlik,  elektron  o‟quv  qo‟llanma, 

o‟rgatuvchi  dastur  vositalari  kabilarni  misol  qilib  ko‟rsatish  mumkin.  Ular  o‟zida 

boshqarilish  imkoniyati,  interfaol  uslublar,  sun‟iy  intellekt  elementlari,  hissiy 

moslashuvchanlik  kabi  xususiyatlar  muvjudligiga  ko‟ra  ta‟limda  ma‟lum 

samaradorlikni ta‟minlaydi. 

Axborot texnologiyalari qo„llanadigan mashg`ulotlarning qulayligi shundaki, 

unda bolaning o„quv materiallarini o„zlashtirib olayotganligini doimiy ketma – ket 

kuzatishga,  nazorat  olib  borishga,  kerak  holarda  tuzatishlar  kiritib  borishga 

imkoniyat yaratiladi.  

Shuning  uchun  ham  axborot  texnologiyalari  asosidagi  mashg`ulotlarda 

qiziqish,  o„zini  -  o„zi  boshqarish,  yangi  bilimlarni  o„zlashtirib  borishga  intilish 

mashg`ulot  oxirigacha  saqlanib  qoladi.  Bunday  mashg`ulotlarda  bolaning  bilim 

olish motivatsiyasi oshib boradi. 



19 

 

Axborot  texnologiyalarining  ta'lim  jarayoniga  kirib  kelishi  bilan  “Inson  va 



kompyuter”  muammosi  markaziy  muammolardan  biri  bo„lib  qolmoqda.  Ta'lim 

jarayoni - axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo„lmish bilimlarni ishlab chiqarish, 

saqlash,  qayta  ishlash  va  amalga  oshirish  jarayonidir.  Bu  jarayonning  to„g„ri, 

maqsadli tamonga qaratilgan yo„nalish, imkoniyatlarini topishga to„g„ri keladi. 

O„quv  jarayoni  axborotni  taqdim  qilishdek  alohida  va  muhim  funksiyani 

bajarishi lozim. Bu jarayonda “Inson – inson” va “Inson – kompyuter” o„rtasidagi 

aloqa  bog„lovchi  vosita  “axborot”  hisoblanadi.  Ta'lim  sohasining  asosiy  resursi  – 

axborotdir, shuning uchun axborot tushunchasiga kengroq to„xtalib o„tamiz. 

Ta'lim  tizimi  oldida  keng  bolalar  ommasini  axborot  olish  va  qayta  ishlash 

madaniyatini  o„stirish  va  shakllantirishdek  vazifalar  turibdi.  Pedagog  bolalarga 

axborot  uzatish  jarayonida  ularga  ta'limiy  va  tarbiyaviy  ta'sir  etib  boradi.  Bu 

jarayonning  muvaffaqqiyatli  kechishida  tarbiyachining  o„zi  tobora  maslahatchiga, 

yo„l–yo„riq    ko„rsatuvchiga,  o„quv  jarayonining  boshqaruvchisiga  aylanib  boradi. 

Tarbiyachi  axborot  egasi,  tarqatuvchi  funksiyalarni  axborot  texnologiyalari 

zimmasiga  yuklab  boradi.  Bunda  bosh  masala  bilimlar  olamiga  kirish,  u  bu 

olamning  resurslaridan  qanday  foydalana  olish  va  o„zlashtira  olishiga  bog„liq 

bo„lib  qoladi.  Bola  axborot  ummonida  yangicha  qoidalarni  o„rganishi,  barcha 

o„quv fanlari kesimida axborot olishi, uni qayta ishlay olishi zarur bo„ladi. 

Ta'limda  o„qitishning  va  bilimlarni  o„zlashtirishrishning  nutq,  so„z,  tovush 

bilan  bog„langan  usullari  ikkinchi  navbatga  o„tib,  o„qitishning  tasavvurlar, 

shakllar,  rang,  tasviriy  ko„rsatuvlar  bilan  bog„liq  usullari  birinchi  o„ringa  o„ta 

boshlaydi.  

Global  kompyuter  tarmoqlarining  vujudga  kelishi  kishilar  muloqotining 

kitob,  gazeta  va  televideniedan  farq  qiluvchi  yangi  o„ziga  xos  usul  va  shakllarini 

vujudga keltirmoqda.  

Axborotlar  ustida  ish  olib  borish,  ularni  uzatish  va  foydalanuvchiga 

axborotlarni  yetkazish  axborot  –  kommunikatsiya  texnologiyalari  orqali  amalga 

oshiriladi. Bunda kompyuter va inson o„rtasida o„zro kommunikatsiya o„rnatiladi. 




20 

 

Shuni  ta'kidlab  o„tish  lozimki,  pedagogik  jarayonda  kommunikatsiya  ushbu 



jarayonning eng muhim tashkil etuvchi qismi hisoblanadi.  

Ta'lim  jarayoni  –  bu  avvalo  axborot  almashinish  jarayonidir.  Tarbiyachi 

bolaga  bilimlarni  ma'lum  qiladi  (tegishli  axborot  beradi)  va  o„z  navbatida  teskari 

aloqa  tarzida  undan  bayon  qilingan  bilimlar  qanday  o„zlashtirilganligi  haqida 

tasavvur  hosil  qiladigan  axborot  oladi.  Bu  axborot  bolalarning  diqqat  bilan 

o„tirishlarida,  tarbiyachiga  qarab  turishlarida,  yuz  ifodalarida  o„z  aksini  topadi. 

Agar  teskari  aloqa  bo„lmaganda  edi,  tarbiyachi  bergan  axborotining  bolalar 

tomonidan  qanday  qabul  qilinayotganini  bilmagan  bo„lar  edi.  Teskari  aloqa 

tarbiyachiga  o„z  nutqini  davom  ettirish  yoki  to„xtatish,  ish  turini  o„zgartirish, 

umuman, faoliyatini korrektura qilish imkonini beradi. 

 


Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish