Nazorat savollari:
Ta’limda tarmoq kommunikasiyalari va servislarining xususiyatlarini izohlang.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va uning servislaridan taʻlimda foydalanish imkoniyatlarini izohlang.
25 - MA’RUZA.
ZAMONAVIY TAʻLIM MUHITIDA ANʻANAVIY VA “RAQAMLI” PEDAGOGIKA. (2 SOAT)
REJA:
An’anaviy va zamonaviy AKT muhitida tashkil etilgan ta’limning xususiyatlari.
Anʻanaviy va “raqamli” pedagogika tushunchasi. Tahlili.
Elektron pedagogikaning asosiy maqsadi shundan iboratki, zamonaviy AKT muhitda o’qitish-ta’lim jarayonini samarali tashkil etish. Elektron pedagogikaning predmeti pedagogik tizim hisoblanadi. Pedagogik tizim qo’yidagi komponentlarni o’z ichiga oladi: o’qituvchi, o’quvchi, ta’limning maqsad va vazifalari, o’qitish mazmuni, o’qitish shakl, usul va vositalari. Zamonaviy AKT ushbu barcha komponentlariga o’zini hissasini qo’shib kelmoqda.
An’anaviy va zamonaviy AKT muhitida tashkil etilgan ta’limni qiyosiy tahlili
Do'stlaringiz bilan baham: |