Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


MUNDARIJA II. Ma’ruza mashg’ulotlari



Download 7,95 Mb.
bet2/93
Sana31.12.2021
Hajmi7,95 Mb.
#277226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
Bog'liq
Maruza

MUNDARIJA

II. Ma’ruza mashg’ulotlari


t/r

Ma’ruzalar mavzulari

Sahifalar




6 – semestr




1.

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʻlim tizimini 2030 yilgacha rviojlantirish konsepsiyasi. Konsepsiyadan kelib chiqadigan vazifalar va masalalar.

5




2.

Oliy taʻlim axborot muhitining zamonaviy rivojlanish tendensiyalari.

11




3.

Taʻlim texnologiyalari tushunchasi. Taʻlim texnologiyalari klassifikasiyasi.

24




4.

Innovatsion taʻlim texnologiyalari (IT): taʻrifi, mohiyati, paydo boʻlishi va rivojlanish tarixi.

29




5.

Raqamli taʻlim texnologiyalari: xorijiy mamlakatlar tajribasi. (Janubiy Koreya, Rossiya, Germaniya, Qozogʻiston).

32




6

Mobil taʻlim (ISpring, 3D book). Mobil oʻqitish: M-learning. Mobil telefon. Mobil oʻqitish vositalari.

39




7.

Oliy taʻlim muassasalarida ijtimoiy media tarmoqlaridan foydalanish. (Facebook, Twitter, mobil chatlar va h.k.).

46




8.

Smart kitob tushunchasi. OTM oʻquv jarayonida Smart kitoblardan foydalanish asoslari.

54




9.

Ommaviy ochiq onlayn kurslar (Massive online open kourse - MOOK).

59




10.

Yagona taʻlim axborot muhiti (YTAM): umumiy maʻlumotlar va loyihalashga yondashuvlar.Yagona taʻlim axborot muhitini yaratish va rivojlantirish tamoyillari.

67




11.

Raqamli taʻlim resurslari (RTR): taʻrifi, didaktik tamoyillari, yaratish usullari.

71




12.

Raqamli taʻlim resurslarini qoʻllashning psixologik xususiyatlari.

76




13.

RTR klassifikatsiyasi va tipologiyasi. RTRda didaktik vositalar klassifikatsiyasi.

81




14.

Raqamli taʻlim resurslarini dasturiy taʻminotlarning ahamiyati. RTR ishlab chiqishning instrumental vositalari. Raqamli kontent tushunchasi. Raqamli kontentni yaratish.

88




15.

Raqamli taʻlim resurslarini loyihalash (RTR).

96




16.

Oʻqitishni namoyish qiluvchi vositalari. Namoyish qiluvchi dasturlar tahlili.

104




17.

Audiovizual vositalar tahlili. Qo’llash prinsiplari. Turkumlari.

110

18.

Ovozni yozish, kuchaytirish va qayta tiklash qurilmalari klassifikasiyasi va qo’llanilishi.

123

19.

Interaktiv doska imkoniyatlari. Interfeysi. Turlari. ID dan foydalanish yo’riqnomasi. Smart-Notebook ning funksional imkoniyatlari.

117

20.

Ipad planshetlarning turlari va xususiyatlari. Interfeysi bilan tanishish.

123

21.

eReader turlari va xususiyatlari.

130

22.

Oʻqitishni vizual vositalari klassifikasiyasi va qo’llanilishi.

136

23.

Oʻqitishni vizual vositalari klassifikasiyasi va qo’llanilishi.

140

24.

Ta’limda tarmoq kommunikasiyalari va servislari.

144

25.

Anʻanaviy va “raqamli” pedagogika tushunchasi. Tahlili.

149

26.

Taʻlim texnologiyalari tushunchasi. Bulut texnologiyalaridan ta’limda foydalanish afzalliklari. Elektron taʻlim resurslarini (ETR) ishlab chiqishda bulut servislaridan foydalanish bosqichlari.

154

27.

Adobe Prezenter dasturi interfeysi bilan tanishish. Adobe Prezenter dasturida vositalar va oʻquv metodik materiallarni tayyorlash usullari. Tarqatma materiallarni tayyorlash bosqichlari.

161

28.

Multimediyali taqdimotlar tushunchasi. Multimediyali taqdimotlarning taʻlimdagi oʻrni va roli. Online testlarni yaratishga qo’yiladigan talablar. LMS tizimida online testlar yaratish metodologiyasi.

165

29.

Powtoon va Prezi dasturi interfeysi bilan tanishish. Powtoon va Prezi dasturida koʻrgazmali vositalar va oʻquv metodik materiallarni tayyorlash usullari. Tanlangan taʻlim sohasi fanlari boʻyicha turli metodik ishlanmalar tayyorlash bosqichlari.

170

30.

Pedagog portfoliosini yaratish qo’yiladigan talablar va uni yaratish bosqichlari. Pedagog portfoliosi tuzilmasini yaratish. Taʻlimiy sayt mavzusi haqida axborotlarni tahlil qilish va annotasiya yozish uslubi.

174

Glossariylar

179




Adabiyotlar

180




MA’RUZA MASHG’ULOTLARI

1-MA’RUZA.
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʻLIM TIZIMINI 2030 YILGACHA RVIOJLANTIRISH KONSEPSIYASI.

KONSEPSIYADAN KELIB CHIQADIGAN VAZIFALAR VA MASALALAR.
REJA:

1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʻlim tizimini 2030 yilgacha rviojlantirish konsepsiyasi.

2. Oliy ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan konsepsiya muhokamasi.
Ta'limda raqamli texnologiyalarini (TRT) - bu o'quv jarayonini amalga oshirishda ishlatiladigan elektron vositalar va ularni ishlatish usullarining yig’indisi sifatida ta'riflanadi. Elektron vositalar tarkibiga qo'llanilishi TRT metodik qo'llanmalarida ko'rsatiladigan apparat, dasturiy va axborot komponentlari kiradi.

O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi 4 bob va 9 paragrafdan iborat:



  • 1-bob. Umumiy qoidalar

  • 2-bob. Oliy ta'lim tizimining joriy holati va mavjud muammolar

  • 3-bob. Oliy ta'lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo'nalishlari

  • 4-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar

Quyidagilar oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari hisoblanadi:

  • mamlakatni modernizasiya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, inson kapitalini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirish;

  • oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma’naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoit yaratish;

  • sohada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, uning jozibadorligini oshirish, jahon miqyosidagi raqobatbardoshligini ta’minlash.

Uzoq istiqboldagi maqsadli vazifalardan kelib chiqib, oliy ta’lim tizimini rivojlantirish quyidagi ustuvor yo‘nalishlar asosida amalga oshiriladi:

  • mamlakatni modernizatsiya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, inson kapitalini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirish;

  • oliy ta'lim bilan qamrov darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida yu?ori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma'naviy barkamol shahs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoit yaratish;

  • sohada sog’lom raqobat muhitini shakllantirish, uning jozibadorligini oshirish, jahon miqyosidagi raqobatbardoshligini ta'minlash.

Uzoq istiqboldagi maqsadli vazifalardan kelib chiqib, oliy ta'lim tizimini rivojlantirish quyidagi ustuvor yo'nalishlar asosida amalga oshiriladi:

  • oliy ta'lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish;

  • ta'lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish;

  • oliy ta'lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish;

  • ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar ta'sirchanligini oshirish;

Oliy ta'lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo'nalishlari:

  • yuqori malakali mutahassislar tayyorlash jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini faol jalb etish;

  • oliy ta'lim muassasalarining moliyaviy musta?illigi va barqarorligini ta'minlash, moddiy-tehnik ta'minotini mustahkamlash;

  • oliy ta'lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirish;

  • korrupsiyaga qarshi kurashish, shaffoflikni ta'minlashning ta'sirchan mehanizmlarini joriy etish;

  • oliy ta'lim tizimining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosida tanilishi va raqobatbardoshligini ta'minlash.

  • sohada davlat-hususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda oliy ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta'lim bilan qamrov darajasini 50%dan oshirish, sohada sog’lom raqobat muhitini yaratish;

  • oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modulь tizimiga o'tkazish;

  • halqaro standartlar va milliy an'analar uyg’unligida yuqori malakali, zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan, vatanparvar, professional kadrlarni tayyorlovchi, etakchi ta'lim va ilm-fan markazi – Prezident universitetini tashkil etish;

  • horijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, talaba-yoshlarning akademik faoliyati, muammolari va turmush tarzi, o'quv jarayoni hamda yaratilgan sharoitlar bo'yicha talabalar fikr-mulohazalarini o'rganish maqsadida ular o'rtasida har yili respublika miqyosida milliy so'rov o'tkazish;

Ta'lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish:

  • Milliy elektron ta'lim resurslari yaratilishini jadallashtirish, horijiy elektron ta'lim resurslarini tarjima qilish ishlarini tashkil etish, ta'lim jarayonida elektron resurslar salmoqini bosqichma-bosqich oshirib borish, elektron o'quv adabiyotlar yaratish, ularni mobil qurilmalarga yuklab olish ma?sadida kutubhonalarda QR-kod yordamida elektron resurslar haqidagi axborotlarni joylashtirish tizimini yaratish;

  • Oliy ta'lim muassasalarida boshqaruv tizimi, o'quv jarayonlari, kutubxona va hujjatlar aylanmasini elektronlashtirish, turli hisobot va ma'lumotlar sonini keskin kamaytirish, ularni tayyorlashning qog’oz shaklidan voz kechishni ta'minlovchi “Elektron universitet” platformasiga joriy qilish belgilandi.

  • Ma'ruza va amaliy mashg’ulotlar, seminarlarni onlayn kuzatish va o'zlashtirish imkonini beruvchi, shuningdek ularni elektron ahborot saqlovchilarga yuklovchi “Е-MINBAR” platformasini amaliyotga joriy etish, ta'lim jarayonlarida “bulutli tehnologiyalar”dan foydalanish, ta'lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, masofaviy ta'lim hizmatlarini rivojlantirish, vebinar (leksiyani boshqa o'quv honasidan yoki oliy ta'lim muassasasidan onlayn o'zlashtirish), “blended learning” (avvaldan yozilgan leksiya va seminar mashg’ulotlarini uyda o'zlashtirish) va “flipped classroom” (leksiyani uyda o'zlashtirish, seminar mashg’ulotini oliy ta'lim muassasasida bajarish) texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish nazarda tutildi.

Oliy ta'lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovacion infratuzilmasini shakllantirish:

  • Ta'lim, fan, innovatsiya va ilmiy-tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirishning uzviy bog’liqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish;

  • Texnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlarini tashkil etish, ularni sohalar rivojlanishini tadqiq qiluvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy muassasa darajasiga olib chiqish;

  • Nufuzli xalqaro ilmiy jurnallardagi maqolalarga iqtiboslik ko'rsatkichlari oshishi, respublika ilmiy jurnallarini xalqaro ilmiy-texnik ma'lumotlar bazasiga kiritilishini ta'minlash;

  • ilm-fan sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, mentorlik modeli asosida nufuzli xorijiy oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan etakchi mahalliy oliy ta'lim muassasalari hamkorligini yo'lga qo'yish;

  • Startap loyihalari asosida tijoratlashtirish salohiyati yuqori bo'lgan yangi maxsulotlar va texnologiyalarni yaratish orqali oliy ta'lim muassasalari negizida ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish hamda ularni tijoratlashtirish bilan shug’ullanuvchi “spin-off” ва “spin-out” korxonalarini tashkil etish belgilandi;

  • Oliy ta'lim muassasalari hududida ishlab chiqarish korhonalarini joylashtirish va klaster usulida faoliyat yuritishini tashkil etish, ishlab chiqarish rivojlangan hududlar, shu jumladan iqtisodiy zonalarda oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yo'lga qo'yish belgilandi;

  • Innovacion infratuzilmani yahshilash maqsadida “Hujayra va molekulyar biotexnologiya”, “Tibbiy genetika”, “Ekofiziologiya”, “Materialshunoslik”, “Energiya tejovchi tehnologiyalar, nazorat-o'lchov va avtomatlashtirilgan tizimlar”, “qurilish materiallari” hamda “Oziq-ovqat mahsulotlari va tehnologiyasi” yo'nalishlari bo'yicha 7 ta oliy ta'lim muassasalariaro ilmiy-tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish ko'zda tutiladi.

Oliy ta'lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshharuv faoliyatini takomillashtirish:

  • Ilmiy-tadqiqotlar hamda kadrlar tayyorlash sifati va ko'lamini inobatga olgan holda oliy ta'lim muassasalarini quyidagi toifalarga ajratish va rivojlantirish strategiyalarini belgilash ko'zda tutildi:

  • birinchi toifa – flagman universitetlar (O'zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universiteti);

  • ikkinchi toifa – ilm-fan va innovatsion markaz funksiyasini bajaruvchi hududiy oliy ta'lim muassasalari;

  • uchinchi toifa – sohalar uchun ta'lim va ilm-fan bo'yicha tayanch muassasa rolini bajaruvchi tarmoq oliy ta'lim muassasalari.

Korrupsiyaga qаrshi kurashish va shaffoflikni ta'minlashning ta'sirchan mexanizmlarini joriy etish:

  • oliy ta'lim sohasida “korrupsiyasiz soha” loyihasini izchil davom ettirish, korrupciyaning har handay ko'rinishiga barham berish;

  • professor-o'qituvchilar bilan talabalar o'rtasidagi byurokratik omillarni bartaraf etish, baholash mezonlaridagi shaffoflikni kuchaytirish, talabalar bilimini baholashda adolatni ta'minlash;

  • malaka oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini tayyorlash va amaliyotga tatbiq etish, nazorat-monitoring, hodimlarni ishga qabul qilish va lavozimga tayinlash, oliy ta'lim muassasalari faoliyatini o'rganish va tizimdagi boshqa jarayonlarda shaffoflikni ta'minlash;

  • professor-o'qituvchilarning o'quv yuklamalarini optimallashtirish, kasbiy faoliyatga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish asosida oliy ta'lim tizimi hodimlarining mehnat unumdorligini oshirish;

Oliy ta'lim tizimining investisiyaviy jozibadorligini oshirish, halqaro miqyosda tanilishi va raqobatbardoshligini ta'minlash:

  • 2030 yilga qadar kamida 10 ta oliy ta'lim muassasasini nufuzli reytinglarda (QS, THE yoki QS, THE ёки ARWU) 1000 talikka, O'zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini 500 talikka kiritish;

  • “Study in Uzbekistan” (“O'zbekistonda tahsil ol”) loyihasini amalga oshirish, mamlakat ta'lim jozibadorligini targ’ib qiluvchi mahsus veb-portal yaratish va uni barcha oliy ta'lim muassasalari bo'yicha batafsil va ishonchli ma'lumotlar bilan to'ldirib borish;

  • xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda qo'shma ta'lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash faoliyatini kengaytirish, hamkorlikda o'tkaziladigan ilmiy konferensiyalar va seminarlar sonini ko'paytirish, halqaro ilmiy va ta'lim loyihalarini amalga oshirish;

  • Ta'limda brendlar, ilmiy an'analar tizimini yaratish asosida respublika oliy ta'lim tizimi va oliy ta'lim muassasalari imijini shakllantirish strategiyasi bo'yicha dastur qabul qilish belgilandi.

Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar:

  • oliy ta'lim sohasida davlat-hususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasasalari, shu jumladan nufuzli horijiy oliy ta'lim muassasalari filiallari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta'lim bilan qamrov darajasining 50 foizdan yuqori bo'lishi ta'minlanadi, sohada raqobat muhiti yaratiladi;

  • O'zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalarining flagmaniga aylantiriladi;

  • oliy ta'lim muassasalarida ta'lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish faoliyatining uzviy bog’liqligini nazarda tutuvchi “Universitet 3.0” konsepsiyasi bosqichma-bosqich joriy etiladi;

  • oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari, doktorantlari, bakalavriat va magistratura talabalarining yuqori impakt-faktorga ega nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishi, maqolalarga iqtiboslik ko'rsatkichlari oshishi, shuningdek respublika ilmiy jurnallari xalqaro ilmiy-tehnik ma'lumotlar bazasiga bosqichma-bosqich kiritilishi ta'minlanadi;

O'zbekiston oliy ta'lim tizimi Markaziy Osiyoda halqaro ta'lim dasturlarini amalga oshiruvchi “hab”ga aylantiriladi:

  • talaba-yoshlar ta'lim-tarbiyasi uchun qo'shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o'z ichiga olgan beshta tashabbus asosida rivojlantiriladi;

  • halqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta'limning ilg’or standartlari joriy etiladi, jumladan o'quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo'naltirilgan ta'limdan amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim tizimiga bosqichma-bosqich o'tiladi;

  • horijiy investisiyalarni keng jalb qilish, pullik hizmatlar ko'lamini kengaytirish va boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar hisobiga oliy ta'lim muassasalarida tehnopark, forsayt, texnologiyalar transferi, startap, akselerator markazlari tashkil etiladi hamda ular tegishli tarmoq, soqa va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tadqiq etuvchi va prognozlashtiruvchi ilmiy-amaliy muassasalar darajasiga olib chiqiladi;

  • oliy ta'lim muassasalari infratuzilmasi va moddiy-tehnik bazasi, shu jumladan halharo moliya institutlarining imtiyozli mablag’larini keng jalb ?ilish ?isobiga yahshilanadi, ularni bosqichma-bosqich o'zini o'zi moliyalashtirish tizimiga o'tkaziladi va moliyaviy barqarorligi ta'minlanadi;

  • oliy ta'limning investisiyaviy jozibadorligi oshiriladi, xorijiy ta'lim va ilm-fan tehnologiyalari jalb etiladi;

  • ta'limning ishlab chiqarish korxonalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o'zaro manfaatli hamkorligi yo'lga qo'yiladi;

  • aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shahslarning oliy ta'lim bilan qamrov darajasi oshiriladi, ular uchun infratuzilmaga oid sharoitlar yahshilanadi.



Download 7,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish